NIMESULID MBF 0,1 granuli N5

NIMESULID MBF 0,1 granuli N5 o'xshash dorilari


NIMESULID MBF 0,1 granuli N5 qo'llanmasi
So'rilishi. Ichga qabul qilinganda absorbsiya - yuqori (ovqat qabul qilish absorbsiya tezligini pasaytiradi, uning darajasiga ta'sir qilmaydi). Maksimal konsentratsiyaga erishish vaqti (TSmax) - 1.5 - 2.5 soat. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi - 95 %, eritrotsitlar bilan -2 %, lipoproteinlar bilan - 1 %, kislotali alfa1-glikoproteinlar bilan - 1 %. Dozaning o'zgarishi bog'lanish darajasiga ta'sir qilmaydi.
Taqsimlanishi. Maksimal konsentratsiya - 3.5 - 6.5 mg/l. Taqsimlanish hajmi - 0.19 - 0.35 l/kg. Ayollar jinsiy organlari to'qimalariga kirib boradi, u yerda bir marta qabul qilingandan so'ng uning konsentratsiyasi plazmadagi konsentratsiyaning taxminan 40 % ini tashkil qiladi. Yallig'lanish o'chog'ining kislotali muhitiga (40 %), sinovial suyuqlikka (43 %) yaxshi kirib boradi. Gistoematik to'siqlar orqali oson o'tadi.
Metabolizmi. Jigarda to'qima monooksigenazalari tomonidan metabolizmga uchraydi. Asosiy metabolit - 4-gidroksinimesulid (25 %), o'xshash farmakologik faollikka ega, ammo molekulalar o'lchamining kichrayishi tufayli siklooksigenaza-2 ning gidrofob kanali bo'ylab metil guruhining faol bog'lanish markaziga tez diffuziyalanishga qodir. 4-Gidroksinimesulid suvda eruvchan birikma bo'lib, uning chiqarilishi uchun glutation va metabolizmning II fazasi (sulfatlanish, glyukuronlanish va h.k.) kon'yugatsiya reaksiyalari talab etilmaydi.
Chiqarilishi. Nimesulidning yarim chiqarilish davri - 1.56 - 4.95 soat, 4-gidroksi-nimesulidniki - 2.89 - 4.78 soat.
4-Gidroksinimesulid buyraklar orqali (65 %) va safro bilan (35 %) chiqariladi, enterogepatik retsirkulyatsiyaga uchraydi.
Og'riq qoldiruvchi Yallig'lanishga qarshi
Tezlik Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti tavsiyalariga muvofiq ruknlar bo‘yicha, uchrash tezligiga qarab tasniflanadi: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100,
Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: anemiya, eozinofiliya, gemorragiyalar;
Juda kam hollarda: trombotsitopeniya, pantsitopeniya, trombotsitopenik purpura.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari;
Juda kam hollarda: anafilaktoid reaksiyalar.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: qichishish, teri toshmasi, ko‘p terlash;
Kam hollarda: eritema, dermatit;
Juda kam hollarda: eshakemi, angionevrotik shish, yuz shishi, poliform eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi).
Asab tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: bosh aylanishi;
Juda kam hollarda: bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, entsefalopatiya (Reye sindromi).
Ruhiyat buzilishlari
Kam hollarda: qo‘rquv hissi, asabiylik, tungi «dahshatli» tush ko‘rishlar.
Ko‘rish a’zosi tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: ko‘rish noaniqligi;
Juda kam hollarda: ko‘rishning buzilishi.
Eshitish a’zosi tomonidan va labirint buzilishlari
Juda kam hollarda: vertigo.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: arterial bosimning oshishi;
Kam hollarda: taxikardiya, arterial bosimning o‘zgaruvchanligi, yuz terisiga qon «oqib kelish», yurak urishini his qilish.
Nafas olish tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: hansirash;
Juda kam hollarda: bronxial astma zo‘rayishi, bronxospazm.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez: diareya, ko‘ngil aynishi, qusish;
Tez-tez emas: qabziyat, meteorizm, gastrit, me’da-ichakdan qon ketishi, me’da yoki o‘n ikki barmoqli ichak yarasi va/yoki perforatsiyasi;
Juda kam hollarda: qorinda og‘riq, dispepsiya, stomatit, qora axlat.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez: "jigar" fermentlari faolligining oshishi;
Juda kam hollarda: gepatit, yashin tezligidagi (fulminant) gepatit (shu jumladan o‘lim bilan yakunlanuvchi), sariqlik, xolestaz.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: dizuriya, gematuriya, siydik tutilishi;
Juda kam hollarda: buyrak yetishmovchiligi, oliguriya, interstitsial nefrit.
Suv-elektrolit almashinuvi tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: giperkaliemiya.
Boshqalar
Tez-tez emas: periferik shishlar;
Kam hollarda: holsizlik, asteniya;
Juda kam hollarda: gipotermiya.
Noxush nojo'ya ta'sirlarni og'riq sindromini bartaraf etish uchun zarur bo'lgan minimal davomiylikda preparatni minimal samarali dozada qo'llash orqali minimal darajaga tushirish mumkin.
Nimesulid saqlagan preparatlarni qo'llash bilan bog'liq jigar tomonidan jiddiy reaktsiyalar, shu jumladan o'lim holatlari juda kam hollarda yuzaga kelishi haqida ma'lumotlar mavjud. Jigar shikastlanishi belgilariga o'xshash simptomlar (anoreksiya, teri qichishishi, teri qoplamalari sarg'ayishi, ko'ngil aynishi, qusish, qorinda og'riq, siydikning to'q rangga kirishi, "jigar" transaminazalari faolligining oshishi) paydo bo'lganda, Nimesulid - MBF preparatini qo'llashni darhol to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak. Bunday bemorlarda Nimesulid - MBF preparatini takroriy qo'llash mumkin emas.
Ko'pchilik hollarda preparat qisqa muddat qo'llanilganda qaytuvchan xarakterga ega bo'lgan jigar tomonidan reaktsiyalar haqida xabar beriladi.
Nimesulid - MBF preparatini qo'llash vaqtida bemor boshqa analgetiklarni, shu jumladan NYQP (sh.j. selektiv TSOG-2 ingibitorlari) qabul qilishdan saqlanishi kerak.
Nimesulid - MBF preparatini anamnezida oshqozon-ichak kasalliklari (yarali kolit, Kron kasalligi) bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak, chunki ushbu kasalliklar zo'rayishi mumkin.
Oshqozon-ichakdan qon ketish, peptik yara/oshqozon yoki o'n ikki barmoqli ichak perforatsiyasi yuzaga kelishi xavfi anamnezida OIT yarali shikastlanishi (yarali kolit, Kron kasalligi) bo'lgan bemorlarda, shuningdek keksa bemorlarda NYQP dozasi oshirilishi bilan ortadi, shuning uchun davolashni eng kichik mumkin bo'lgan dozadan boshlash kerak. Bunday bemorlarga, shuningdek atsetilsalitsil kislotasining past dozalarini yoki oshqozon-ichak trakti tomonidan asoratlar yuzaga kelishi xavfini oshiruvchi boshqa vositalarni bir vaqtda qo'llash talab etiladigan bemorlarga qo'shimcha ravishda gastroprotektorlar (mizoprostol yoki proton pompasi blokatorlari) qabul qilishni tayinlash tavsiya etiladi. Anamnezida OIT kasalliklari bo'lgan bemorlar, ayniqsa keksa bemorlar shifokorga OIT tomonidan yangi paydo bo'lgan simptomlar (ayniqsa ehtimoliy oshqozon-ichakdan qon ketishidan dalolat beruvchi simptomlar) haqida xabar berishlari kerak.
Nimesulid - MBF preparatini yaralanish yoki qon ketish xavfini oshiruvchi preparatlar (peroral kortikosteroidlar, antikoagulyantlar, masalan, varfarin, serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari yoki antitrombotsitar agentlar, masalan, atsetilsalitsil kislotasi) qabul qilayotgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak.
Nimesulid - MBF preparatini qabul qilayotgan bemorlarda oshqozon-ichakdan qon ketish yoki OIT yarali shikastlanishi yuzaga kelgan taqdirda, preparat bilan davolashni darhol to'xtatish kerak.
Boshqa NYQP qabul qilgan bemorlarda ko'rish buzilishlari haqidagi xabarlarni hisobga olib, har qanday ko'rish buzilishi paydo bo'lganda Nimesulid - MBF preparatini qo'llash darhol to'xtatilishi va oftalmologik tekshiruv o'tkazilishi kerak.
Preparat suyuqlik tutilishini chaqirishi mumkin, shuning uchun arterial gipertenziyasi, buyrak va/yoki yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda Nimesulid - MBF preparatini o'ta ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Ahvol yomonlashganda Nimesulid - MBF preparati bilan davolashni to'xtatish kerak.
Klinik tadqiqotlar va epidemiologik ma'lumotlar shuni xulosa qilishga imkon beradiki, NYQP, ayniqsa yuqori dozalarda va uzoq muddat qo'llanilganda, miokard infarkti yoki insult yuzaga kelishining arzimas xavfiga olib kelishi mumkin. Nimesulid qo'llanilganda bunday hodisalar yuzaga kelishi xavfini istisno qilish uchun ma'lumotlar yetarli emas.
Preparat organizmda suyuqlik tutilishini chaqirishi mumkin.
Arterial gipertenziyasi, buyrak va/yoki yurak yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi, periferik arteriyalar kasalligi va/yoki tserebrovaskulyar kasalliklari bo'lgan, yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavf omillari (masalan: giperlipidemiya, qandli diabet, chekuvchilarda) bo'lgan bemorlarga Nimesulid - MBF preparatini o'ta ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Ahvol yomonlashganda Nimesulid - MBF preparati bilan davolashni to'xtatish kerak.
Preparat tarkibiga saxaroza kiradi, buni qandli diabet bilan og'rigan bemorlar (100 mg preparatga 0,15 - 0,18 Non Birligi) va past kaloriyali dietaga rioya qiluvchi shaxslar hisobga olishlari kerak. Nimesulid - MBF preparatini fruktozani o'zlashtiraolmaslik, saxaroza-izomaltoza tanqisligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi sindromi bo'lgan bemorlarga tayinlash tavsiya etilmaydi.
Nimesulid - MBF preparatini qo'llash jarayonida «shamollash» yoki o'tkir respirator-virusli infektsiya belgilari yuzaga kelganda preparatni qabul qilish to'xtatilishi kerak.
Nimesulid trombotsitlar xususiyatlarini o'zgartirishi mumkin, shuning uchun preparatni gemorragik diatezi bo'lgan shaxslarda qo'llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, biroq preparat yurak-qon tomir kasalliklarida atsetilsalitsil kislotasining profilaktik ta'sirini o'rnini bosmaydi.
Keksa bemorlar NYQP ga noxush reaktsiyalarga, shu jumladan bemor hayotiga xavf soluvchi oshqozon-ichakdan qon ketishlar va perforatsiyalar yuzaga kelishi xavfiga, buyrak, jigar va yurak funktsiyalari pasayishiga ayniqsa moyil bo'ladilar. Nimesulid - MBF preparati qabul qilinganda ushbu toifadagi bemorlar uchun tegishli klinik nazorat zarur.
NYQP, shu jumladan nimesulid ham qabul qilinganda kamdan-kam teri reaktsiyalari (eksfoliativ dermatit, Stivens-Jonson sindromi, toksik epidermal nekroliz kabi) yuzaga kelishi haqida ma'lumotlar mavjud. Teri toshmasining birinchi belgilari, shilliq qavatlar shikastlanishi yoki allergik reaktsiyaning boshqa belgilari paydo bo'lganda Nimesulid - MBF preparatini qabul qilishni darhol to'xtatish kerak.
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Nimesulid - MBF preparatining transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri o'rganilmagan, shuning uchun Nimesulid - MBF preparatini qo'llash davrida avtotransportni boshqarishda va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
- nimesulidga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- anamnezda atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa NYQP, shu jumladan nimesulidni qo'llash bilan bog'liq giperergik reaktsiyalar (bronxospazm, rinit, eshakemi);
- bronxial astma, burun yoki burun yondosh bo'shliqlarining qaytalanuvchi polipozi bilan atsetilsalitsil kislotasi va boshqa NYQPlarni o'zlashtira olmaslikning to'liq yoki to'liq bo'lmagan kombinatsiyasi (shu jumladan anamnezda);
- anamnezda nimesulidga gepatotoksik reaktsiyalar;
- potentsial gepatotoksiklikka ega bo'lgan boshqa dori vositalari (masalan, boshqa NYQP) bilan bir vaqtda qo'llash;
- ichakning surunkali yallig'lanish kasalliklari (Kron kasalligi, yarali kolit) zo'rayish fazasida;
- aortokoronar shuntlash o'tkazilgandan keyingi davr;
- shamollash va o'tkir respirator-virusli infektsiyalarda isitma sindromi;
- o'tkir jarrohlik patologiyaga shubha;
- zo'rayish bosqichidagi me'da yoki o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi; oshqozon-ichak traktining eroziv-yarali shikastlanishi; anamnezda perforatsiyalar yoki oshqozon-ichakdan qon ketishlar;
- anamnezda serebrovaskulyar qon ketishlar yoki yuqori qon ketish bilan kechadigan boshqa kasalliklar;
- qon ivishining og'ir buzilishlari;
- og'ir yurak yetishmovchiligi;
- og'ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi < 30 ml/min);
- jigar yetishmovchiligi yoki har qanday faol jigar kasalligi;
- 12 yoshgacha bo'lgan bolalar;
- homiladorlik va ko'krak suti bilan emizish davri;
- alkogolizm, giyohvandlik qaramligi;
- irsiy fruktozani o'zlashtira olmaslik, saxaraza-izomaltaza yetishmovchiligi va glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi sindromi;
- irsiy laktozani o'zlashtira olmaslik, glyukoza-galaktoza so'rilishining buzilishi, laktaza yetishmovchiligi.
Ehtiyotkorlik bilan
Arterial gipertenziya, qandli diabet, kompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi, serebrovaskulyar kasalliklar, dislipidemiya/giperlipidemiya, periferik arteriyalar kasalliklari, gemorragik diatiz, chekish, kreatinin klirensi 30- 60 ml/min.
Anamnezda oshqozon-ichak traktining yarali shikastlanishi; anamnezda Helicobacter pylori chaqirgan infektsiya; keksa yosh; uzoq muddat oldingi NYQP qo'llash; og'ir somatik kasalliklar.
Quyidagi preparatlar bilan bir vaqtda qo'llash: antikoagulyantlar (masalan, varfarin), antiagregantlar (masalan, atsetilsalitsil kislotasi, klopidogrel), peroral glyukokortikosteroidlar (masalan, prednizolon), serotoninni qayta qamrab oluvchi selektiv ingibitorlar (masalan, tsitalopram, fluoksetin, paroksetin, sertralin).
Homiladorlik va ko'krak suti bilan emizish davrida qo'llanilishi
Preparatni qo'llash ayollar fertilligiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin va homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarga tavsiya etilmaydi. Homiladorlikda mumkin emas. Davolash vaqtida ko'krak suti bilan emizishni to'xtatish kerak.
Glyukokortikosteroidlar me'da-ichak yarasi yoki qon ketishi xavfini oshiradi.
Antitrombotsitar vositalar va serotoninni qayta qamrab olishning selektiv ingibitorlari (SSIs), masalan, fluoksetin, me'da-ichakdan qon ketish xavfini oshiradi.
NYQV varfarin kabi antikoagulyantlarning ta'sirini kuchaytirishi mumkin. Qon ketish xavfi ortishi sababli, bunday kombinatsiya tavsiya etilmaydi va og'ir koagulyatsiya buzilishlari bo'lgan bemorlarga qarshi ko'rsatmalarga ega. Agar kombinatsiyalangan terapiyadan qochib bo'lmasa, qon ivish ko'rsatkichlarini diqqat bilan nazorat qilish kerak.
Diuretiklar
NYQV diuretiklarning ta'sirini kamaytirishi mumkin.
Sog'lom ko'ngillilarda nimesulid vaqtincha furosemid ta'siri ostida natriy chiqarilishini kamaytiradi, kamroq darajada - kaliy chiqarilishini va diuretik ta'sirning o'zini kamaytiradi.
Nimesulid va furosemidni bir vaqtda qo'llash "konsentratsiya - vaqt" egri chizig'i ostidagi maydonning (AUC) kamayishiga (taxminan 20% ga) va furosemidning buyrak klirensi o'zgarmasdan kümülatif ekskretsiyasining pasayishiga olib keladi.
Furosemid va nimesulidni bir vaqtda qo'llash buyrak yoki yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlikni talab qiladi.
APF ingibitorlari va angiotenzin-II retseptorlari antagonistlari
NYQV gipotenziv preparatlarning ta'sirini kamaytirishi mumkin. Yengil va o'rtacha og'irlikdagi buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda (kreatinin klirensi 30-80 ml/min) APF ingibitorlari, angiotenzin II retseptorlari antagonistlari va siklooksigenaza tizimini bostiruvchi vositalar (NYQV, antiagregantlar) bir vaqtda qo'llanilganda buyrak funksiyasining yanada yomonlashishi va o'tkir buyrak yetishmovchiligi yuzaga kelishi mumkin, bu odatda qaytuvchan bo'ladi. Ushbu o'zaro ta'sirlar nimesulidni APF ingibitorlari yoki angiotenzin II retseptorlari antagonistlari bilan birgalikda qabul qilayotgan bemorlarda hisobga olinishi kerak. Shuning uchun ushbu preparatlarni bir vaqtda qo'llash ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak, ayniqsa keksa bemorlarda. Bemorlar yetarli miqdorda suyuqlik olishlari kerak va bir vaqtda qo'llash boshlangandan keyin buyrak funksiyasini diqqat bilan nazorat qilish kerak.
Mifepriston
Nazariy jihatdan, NYQV (shu jumladan atsetilsalitsil kislotasi) bilan bir vaqtda qo'llanilganda ularning antiprostaglandin ta'siri hisobiga mifepriston va prostaglandin analoglarining samaradorligi pasayishi mumkin. Cheklangan ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, prostaglandin analogi qo'llaniladigan kunda NYQV qo'llash mifepriston yoki prostaglandin analogining bachadon bo'yni ochilishi, bachadon qisqaruvchanligiga ta'siriga salbiy ta'sir ko'rsatmaydi va homiladorlikni dori vositalari bilan to'xtatishning klinik samaradorligini kamaytirmaydi.
NYQV litiy klirensini kamaytirishi haqida ma'lumotlar mavjud, bu qon plazmasida litiy konsentratsiyasining oshishiga va uning toksikligiga olib keladi. Litiy preparatlari bilan terapiya olayotgan bemorlarda nimesulid qo'llanilganda qon plazmasidagi litiy konsentratsiyasini muntazam nazorat qilish kerak.
Glibenklamid, teofillin, digoksin, simetidin va antatsid preparatlar (masalan, alyuminiy va magniy gidroksidlari kombinatsiyasi) bilan klinik ahamiyatga ega o'zaro ta'sirlar kuzatilmagan.
Nimesulid CYP2C9 izofermenti faolligini bostiradi. Nimesulid bilan bir vaqtda ushbu fermentning substratlari bo'lgan preparatlar qo'llanilganda, ularning plazmadagi konsentratsiyasi oshishi mumkin.
Nimesulid metotreksat qo'llanilishidan 24 soat oldin yoki keyin buyurilganda ehtiyotkorlik talab etiladi, chunki bunday hollarda qon plazmasida metotreksat konsentratsiyasi va, mos ravishda, toksik ta'sirlar oshishi mumkin.
Buyrak prostaglandinlariga ta'siri tufayli prostaglandinlar sintezi ingibitorlari, nimesulid shular jumlasidandir, siklosporinlarning nefrotoksikligini oshirishi mumkin.
Tayyorlangan eritma saqlanmaydi.
Nimesulid - MBF preparati faqat 12 yoshdan oshgan bemorlarni davolash uchun qo'llaniladi.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga: 1 paketchadan sutkasiga ikki marta ovqatdan keyin.
Keksa yoshdagi bemorlar: keksa bemorlarni davolashda sutkalik dozani to'g'irlash zarurati shifokor tomonidan boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'sir ehtimolidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar: yengil va o'rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 30 - 60 ml/min) bo'lgan bemorlarda dozani to'g'irlash talab etilmaydi, ayni paytda og'ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi < 30 ml/min) bo'lgan bemorlarga Nimesulid-MBF preparati qo'llash mumkin emas.
Jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar. Nimesulid - MBF preparatini jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda qo'llash mumkin emas.
Nojo'ya samaralar rivojlanish ehtimolini kamaytirish uchun minimal samarali dozani maksimal qisqa vaqt davomida qabul qilish tavsiya etiladi.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun maksimal sutkalik doza 200 mg ni tashkil qiladi.
Davolash kursining maksimal davomiyligi - 15 kun.Dozani oshirib yuborishBelgilari: apatiya, uyquchanlik, ko'ngil aynishi, qusish, epigastral sohada og'riq. Bu simptomlar odatda simptomatik va tutib turuvchi terapiya o'tkazilganda qaytuvchan. Arterial qon bosimining oshishi, oshqozon-ichakdan qon ketishi, o'tkir buyrak yetishmovchiligi, nafas olishning susayishi, koma, anafilaktoid reaksiyalar yuzaga kelishi mumkin.
Davolash: simptomatik va tutib turuvchi terapiya. Maxsus antidot yo'q. Agar dozani oshirib yuborish oxirgi 4 soat ichida sodir bo'lgan bo'lsa, qusishni chaqirish va/yoki faollashtirilgan ko'mir (kattalar uchun 60 dan 100 g gacha) va/yoki osmotik surgi vositasini qabul qilishni ta'minlash kerak. Jadallashtirilgan diurez, gemodializ, gemoperfuziya, siydikni ishqoriylashtirish nimesulidning qon plazmasi oqsillari bilan yuqori darajada bog'lanishi (97,5 % gacha) tufayli samarasiz. Buyrak va jigar funksiyasi holatini nazorat qilish zarur.
Nimesulid boshqa chiqarish shakllari

























