Apteka.uz
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Yurak-qon tomir  / PENTOKSIFILLIN SR ZENTIVA 0,4 tabletkalari N20

PENTOKSIFILLIN SR ZENTIVA 0,4 tabletkalari N20

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Slovakiya
Kategoriya:Yurak-qon tomir
Faol modda:Pentoksifillin
Ishlab chiqaruvchi:Saneka Farmasyutikals a.s.
Teglar:Qon aylanishi
ATX kodi:C04AD03 Пентоксифиллин
Barcha Pentoksifillin dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

PENTOKSIFILLIN SR ZENTIVA 0,4 tabletkalari N20 haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

So'rilishi

Ichga qabul qilingandan so'ng pentoksifillin me'da-ichak yo'llaridan deyarli to'liq so'riladi.

Taqsimlanishi va metabolizmi

Pentoksifillin jigar orqali "birinchi o'tish" samarasiga uchraydi va 2 ta asosiy farmakologik faol metabolitlar hosil bo'ladi: 1-5-gidroksigeksil-3,7-dimetilksantin (metabolit I) va 1-3-karboksipropil-3,7-dimetilksantin (metabolit V). Metabolit I va V ning plazmadagi kontsentratsiyasi pentoksifillinga qaraganda mos ravishda 5 va 8 baravar yuqori. Metabolit I pentoksifillin bilan qaytar biokimyoviy redoks-muvozanatda bo'ladi. Shuning uchun pentoksifillin va metabolit I birgalikda faol birlik sifatida ko'rib chiqiladi. Shuning hisobiga faol substantsiyaning o'zlashtirilishi ancha yuqori.

Ko'krak sutiga o'tadi.

Chiqarilishi

T1/2 - 1,6 soatni tashkil qiladi. Pentoksifillin asosan buyraklar orqali – 94% metabolitlar ko'rinishida (asosan metabolit V), ichak orqali – 4% chiqariladi, dastlabki 4 soat ichida dozaning 90% gachasi chiqariladi.

Maxsus klinik holatlarda farmakokinetikasi

Buyrak funktsiyasi og'ir buzilgan hollarda metabolitlarning chiqarilishi sekinlashadi.

Jigar funktsiyasi buzilganda T1/2 uzayishi va biokiraolishligi oshishi kuzatiladi.

Nojo'ya samaralari

Pentoksifillin SR Zentiva preparati qo‘llanilganda quyida ko‘rsatilgan nojo‘ya effektlar paydo bo‘lishi mumkin, ular MedDRA tasnifiga muvofiq tizim-a’zolar sinflari bo‘yicha taqsimlangan. Nojo‘ya effektlar uchrash tezligini JSST tasnifiga muvofiq aniqlash: juda tez-tez (?10%); tez-tez (?1% va
Asab tizimi tomonidan: tezligi noma’lum - bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tirishishlar, aseptik meningit.

Ruhiyat tomonidan: tezligi noma’lum - ajitatsiya, uyqu buzilishlari, xavotirlik.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tezligi noma’lum - taxikardiya, aritmiya, stenokardiya, AB pasayishi, teri qoplamalariga qon "oqib kelishi", qon ketishlar (sh.j. teri tomirlari, shilliq qavatlardan qon ketishlar, me’da-ichakdan qon ketishlar, burun qonashlari).

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: tezligi noma’lum - qichishish, eritema (teri qizarishi), eshakemi, shishlar, tirnoqlar sinuvchanligining oshishi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tezligi noma’lum - anoreksiya, ichak atoniyasi, epigastral sohada diskomfort, qorin dam bo‘lishi (me’da to‘lib ketish hissi), ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, og‘iz qurishi, jigar ichi xolestazi, ALT va ACT, IF faolligining oshishi.

Ko‘rish a’zosi tomonidan: tezligi noma’lum - ko‘rish buzilishi, skotoma.

Qon yaratish tizimi tomonidan: tezligi noma’lum - trombotsitopeniya, leykopeniya, pantsitopeniya, gipofibrinogenemiya.

Immun tizimi tomonidan: tezligi noma’lum - anafilaktik/anafilaktoid reaksiyalar, angionevrotik shish, anafilaktik shok, bronxospazm.

Maxsus saqlash sharoitlari

Past va beqaror AB ga ega bemorlarda Pentoksifillin SR Zentiva preparati dozasini individual tanlash kerak.

Davolash AB nazorati ostida o‘tkazilishi kerak.

Qandli diabeti bo‘lgan, gipoglikemik vositalarni qabul qilayotgan bemorlarda Pentoksifillin SR Zentiva preparatini yuqori dozalarda qabul qilish gipoglikemiyani chaqirishi mumkin (dozani to‘g‘irlash talab etiladi).

Pentoksifillin SR Zentiva preparatini antikoagulyantlar bilan bir vaqtda tayinlanganda qon ivish tizimi ko‘rsatkichlarini sinchkovlik bilan kuzatish zarur.

Yaqinda jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan bemorlarda gemoglobin va gematokrit konsentratsiyasini muntazam nazorat qilish zarur.

Keksa yoshdagi bemorlarda dozani kamaytirish talab qilinishi mumkin (biokiraolishlikning oshishi va chiqarilish tezligining pasayishi).

Jigar funksiyasining og‘ir darajali buzilishi bo‘lgan bemorlarda va buyrak funksiyasining yaqqol buzilishlari (KK 30 ml/daq dan past) bo‘lgan bemorlarda Pentoksifillin SR Zentiva preparatini ehtiyotkorlik bilan va sinchkov shifokor nazorati ostida qo‘llash kerak.

Agar preparatni qo‘llash davrida bemorlarda ko‘zning to‘r pardasiga qon quyilishlar yuzaga kelsa, preparatni darhol bekor qiladilar.

Chekish preparatning terapevtik samaradorligini pasaytirishi mumkin.

Pediatriyada qo‘llanilishi

Pentoksifillin SR Zentiva preparatini 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas. Ushbu yosh guruhida Pentoksifillin SR Zentiva preparatini qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

— o‘tkir miokard infarkti;

— massiv qon ketishlar (qon ketishining kuchayishi xavfi);

— ko‘z to‘r pardasiga qon quyilishi (qon ketishining kuchayishi xavfi);

— o‘tkir gemorragik insult;

— homiladorlik;

— emizish davri;

— 18 yoshgacha bo‘lganlar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan);

— pentoksifillinga, boshqa metilksantin hosilalariga yoki preparat tarkibiga kiruvchi boshqa komponentlarga yuqori sezuvchanlik.

Ehtiyotkorlik bilan preparatni AQB yaqqol pasayishi (AQB yanada pasayish xavfi) va gemodinamik ahamiyatli yurak ritmi buzilishlari bo‘lgan; surunkali yurak yetishmovchiligi (SYuE); jigar funksiyasining yaqqol buzilishlari (kumulyatsiya xavfi va nojo‘ya ta’sirlar rivojlanish xavfi ortishi); KK 30 ml/daq dan kam bo‘lgan buyrak funksiyasi buzilishlari (kumulyatsiya xavfi va nojo‘ya ta’sirlar rivojlanish xavfi ortishi); me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi; qonashga yuqori moyillik, masalan, bilvosita antikoagulyantlarni [K vitamini antagonistlari] qo‘llash natijasida yoki qon ivish tizimidagi buzilishlarda (yanada og‘ir qon ketishlar rivojlanish xavfi); yaqinda o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan keyin (qon ketish xavfi); proliferativ diabetik retinopatiya; gipoglikemik vositalar (insulin va ichga qabul qilish uchun gipoglikemik vositalar) va siprofloksatsin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Pentoksifillin SR Zentiva preparatini homiladorlikda qo‘llash mumkin emas.

Pentoksifillin SR Zentiva preparatini emizish davrida qo‘llash mumkin emas, chunki faol modda ko‘krak suti bilan ajraladi. Preparatni qabul qilish zarurati tug‘ilganda emizishdan saqlanish kerak.

Jigar funksiyasi buzilishlarida qo‘llanishi

Ehtiyotkorlik bilan: jigar yetishmovchiligi.

Buyrak funksiyasi buzilishlarida qo‘llanishi

Surunkali buyrak yetishmovchiligi (KK 30 ml/daq dan kam) bo‘lgan bemorlarda - 400 mg dan 1-2 tabletka. Buyrak funksiyasi yaqqol buzilgan bemorlar Agapurin SR qabul qilishda shifokorning sinchkov nazoratiga muhtoj.

Bolalarda qo‘llanishi

Qo‘llash mumkin emas: 18 yoshgacha bo‘lganlar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan).

Keksa pasientlarda qo‘llanishi

Keksa odamlarda dozani kamaytirish talab qilinishi mumkin (biodostuplik oshishi va chiqarilish tezligi pasayishi).

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Pentoksifillin SR Zentiva gipotenziv vositalar (masalan, APF ingibitorlari) yoki potensial gipotenziv samaraga ega boshqa dori vositalari (masalan, nitratlar) bilan bir vaqtda qo'llanilganda AQB pasayishini kuchaytirishi mumkin.

Pentoksifillin SR Zentiva qon ivish tizimiga ta'sir qiluvchi dori vositalari (bevosita va bilvosita antikoagulyantlar, trombolitiklar, sefalosporinlar kabi antibiotiklar) ta'sirini kuchaytirishi mumkin. Pentoksifillin va bilvosita antikoagulyantlarni (K vitamini antagonistlari) birga qo'llashda postmarketing tadqiqotlarda antikoagulyant ta'sirning kuchayishi (qon ketishlar rivojlanishi xavfi) holatlari qayd etilgan. Shuning uchun pentoksifillin qabul qilish boshlanganda yoki uning dozasi o'zgartirilganda ushbu preparatlar kombinatsiyasini qabul qilayotgan bemorlarda antikoagulyant ta'sirning yaqqollik darajasini nazorat qilish (masalan, muntazam ravishda XNN nazoratini o'tkazish) tavsiya etiladi.

Simetidin qon plazmasida pentoksifillin konsentratsiyasini oshirishi mumkin (nojo'ya reaksiyalar paydo bo'lishi xavfi).

Boshqa ksantinlar bilan birga buyurish asabning haddan tashqari qo'zg'alishiga olib kelishi mumkin.

Insulin yoki ichga qabul qilish uchun gipoglikemik vositalarning gipoglikemik ta'siri Pentoksifillin SR Zentiva preparati bir vaqtda qo'llanilganda kuchayishi mumkin (gipoglikemiya rivojlanishi xavfi yuqori). Bunday bemorlarning holatini qat'iy nazorat qilish, shu jumladan muntazam glikemik nazorat zarur.

Birga qo'llanilganda Pentoksifillin SR Zentiva valproat kislotasi ta'sirini kuchaytirishi mumkin.

Ba'zi bemorlarda Pentoksifillin SR Zentiva preparati va teofillin bir vaqtda qo'llanilganda qon plazmasida teofillin konsentratsiyasining oshishi kuzatiladi. Keyinchalik bu teofillin bilan bog'liq nojo'ya reaksiyalar paydo bo'lishi chastotasining oshishiga olib kelishi mumkin.

Ba'zi bemorlarda Pentoksifillin SR Zentiva preparati va siprofloksatsin bir vaqtda qo'llanilganda qon plazmasida pentoksifillin konsentratsiyasining oshishi kuzatiladi. Keyinchalik bu ushbu kombinatsiyani qo'llash bilan bog'liq nojo'ya reaksiyalar kuchayishiga yoki oshishiga olib kelishi mumkin.

Dozirovkasi

DozalashTabletkalar ichga, chaynamasdan, muntazam ravishda, bir vaqtning o'zida, afzalrog'i ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin, yetarli miqdordagi suv bilan va chaynamasdan qabul qilinadi.

Serebrovaskulyar kasallik: Pentoksifillin SR Zentiva 400 mg dan sutkasiga 2-3 marta yoki 600 mg dan sutkasiga 1-2 marta tayinlanadi.

Periferik arteriyalarning okklyuzion kasalligi II bosqichi (o'zgaruvchan oqsoqlik): Pentoksifillin SR Zentiva 400 mg dan sutkasiga 3 marta yoki 600 mg dan sutkasiga 2 marta tayinlanadi. Sutkalik doza 1200 mg ni tashkil qiladi.

Arterial yoki venoz mikrosirkulyatsiya buzilishi oqibatida to'qimalarning trofik buzilishlari: Pentoksifillin SR Zentiva 400 mg dan sutkasiga 2-3 marta yoki 600 mg dan sutkasiga 1-2 marta tayinlanadi. Maksimal sutkalik doza 1200 mg ni tashkil qiladi.

Pentoksifillin SR Zentiva preparati bilan davolash davomiyligi va dozalash rejimi davolovchi shifokor tomonidan kasallikning klinik manzarasi va terapevtik samaraga qarab individual belgilanadi.

Pentoksifillin SR Zentiva preparatini og'ir darajadagi jigar funksiyasi buzilishi bo'lgan bemorlarda qo'llashda ehtiyotkorlik zarur, preparatning individual o'zlashtirilishiga qarab dozani kamaytirish talab qilinishi mumkin.

Pentoksifillin SR Zentiva preparatini KK 30 ml/daq dan kam bo'lganda buyrak funksiyasi buzilishi bo'lgan bemorlarda qo'llashda ehtiyotkorlik zarur. Preparat dozasini 50-70% ga kamaytirish talab qilinishi mumkin.Dozani oshirib yuborishSimptomlari: bosh aylanishi, ko'ngil aynishi, "kofe quyqasi" turidagi qusish, AB ning yaqqol pasayishi, taxikardiya, aritmiya, teri qoplamalarining qizarishi, hushni yo'qotish, titroq, arefleksiya, tonik-klonik talvasalar.

Yuqorida tavsiflangan buzilishlar yuzaga kelganda bemor zudlik bilan shifokorga murojaat qilishi kerak.

Davolash: simptomatik terapiya o'tkazish. Dozani oshirib yuborishning birinchi belgilari (terlash, ko'ngil aynishi, sianoz) paydo bo'lganda preparatni qabul qilishni darhol to'xtatadilar. Agar preparat yaqinda qabul qilingan bo'lsa, preparatning chiqarilishi (oshqozonni yuvish) yoki so'rilishini sekinlashtirish (masalan, faollashtirilgan ko'mir qabul qilish) yo'li bilan uning keyingi so'rilishini oldini olish choralarini ko'rish kerak. AB va nafas olish funksiyasini ushlab turishga alohida e'tibor qaratilishi kerak. Talvasa xurujlarida diazepam yuboriladi. Maxsus antidoti noma'lum.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. PENTOKSIFILLIN SR ZENTIVA 0,4 tabletkalari N20 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

PENTOKSIFILLIN SR ZENTIVA 0,4 tabletkalari N20 o'xshash dorilari

LORISTA ND tabletkalari 100mg/25mg N28
Retseptli
LORISTA ND tabletkalari 100mg/25mg N28
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA d.d.
Narxi
24 000 so'm dan
ROKSERA tabletkalari 30mg N30
Retseptli
ROKSERA tabletkalari 30mg N30
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA d.d.
•92 ta dorixonada bor
Narxi
119 900 so'm dan
L LIZINA ESSINAT eritma 5ml 1mg/ml N10
L LIZINA ESSINAT eritma 5ml 1mg/ml N10
Ukraina
Vakil:
Arterium
Ishlab chiqaruvchi:
GALICHFARM, AO
•96 ta dorixonada bor
Narxi
101 000 so'm dan
KO PRENESSA tabletkalari 8mg/2,5mg N30
Retseptli
KO PRENESSA tabletkalari 8mg/2,5mg N30
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA, d.d.
Narxi
94 900 so'm dan

PENTOKSIFILLIN SR ZENTIVA 0,4 tabletkalari N20 xususiyatlari

Pentoksifillin boshqa chiqarish shakllari

PENTOKSIFILLIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2% N5
Retseptli
PENTOKSIFILLIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2% N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Novopharma plus, SP OOO
•2 ta dorixonada bor
Narxi
12 000 so'm dan

PENTOKSIFILLIN SR ZENTIVA 0,4 tabletkalari N20 analoglari

VAZONIT tabletkalari 600mg N20
VAZONIT tabletkalari 600mg N20
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
G.L.Farma GmbX
•98 ta dorixonada bor
Narxi
54 000 so'm dan
VAZONIT tabletkalari 600mg N20
Retseptli
VAZONIT tabletkalari 600mg N20
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
Valeant, OOO, Rossiya proizvedeno: G.L. Pharma GmbH
•98 ta dorixonada bor
Narxi
54 000 so'm dan
LATREN eritma 200ml 0,5mg/ml
Retseptli
LATREN eritma 200ml 0,5mg/ml
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Yuriya-Farm, OOO
•81 ta dorixonada bor
Narxi
44 800 so'm dan
TRENTAL 400 tabletkalari 400mg N20
Retseptli
TRENTAL 400 tabletkalari 400mg N20
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi-Aventis Groupe, Fransiya proizvedeno: Sanofi India Limited
•4 ta dorixonada bor
Narxi
123 000 so'm dan
TRENTAL tabletkalari 100mg N60
Retseptli
TRENTAL tabletkalari 100mg N60
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi-Aventis Groupe, Fransiya proizvedeno: Sanofi India Limited
•5 ta dorixonada bor
Narxi
59 000 so'm dan
PENTOKSIFILLIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2% N5
Retseptli
PENTOKSIFILLIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2% N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Novopharma plus, SP OOO
•2 ta dorixonada bor
Narxi
12 000 so'm dan

PENTOKSIFILLIN SR ZENTIVA 0,4 tabletkalari N20 haqida savollar

PENTOKSIFILLIN SR ZENTIVA 0,4 tabletkalari N20 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil