Ташкент
logo
SavatKirish

TENIKAM LIOFILIZIROVANNIY poroshok 20mg

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Gruziya
Faol modda:Tenoksikam
Ishlab chiqaruvchi:GM Pharmaceuticals Ltd.
Vakil:GMP
ATX kodi:M01AC02
Barcha Tenikam dorilari
110 ta dorixonada bor
Narxi 51 800 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 110 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

TENIKAM LIOFILIZIROVANNIY poroshok 20mg o'xshash dorilari

FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•59 ta dorixonada bor
Narxi
45 000 so'm dan
NIMEFAST poroshok dlya suspenzii so vkusom apelsina 100mg N30
NIMEFAST poroshok dlya suspenzii so vkusom apelsina 100mg N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio pharmaceuticals LTD.
•26 ta dorixonada bor
Narxi
90 000 so'm dan
P ZERO gel 30g
Retseptsiz
P ZERO gel 30g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd., Indiya proizvedeno: Nucleus Formulation Pvt. Ltd.
Narxi
35 000 so'm dan

TENIKAM LIOFILIZIROVANNIY poroshok 20mg qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Har bir flakon saqlaydi:

Faol modda: tenoksikam 20 mg.

Yordamchi moddalar: mannitol, natriy gidroksidi, trometamol, natriy metabisulfiti, dinatriy edetati.

Xar bir ampula 2 ml inyeksiya uchun suv saqlaydi.

Farmakologik ta'siri

Nosteroid yalligʻlanishga qarshi vosita (NYAQV). Oksikamlar guruhiga mansub.

Tenoksikam yaqqol va davomli ogʻriqni qoldiruvchi, yalligʻlanishga qarshi, shuningdek isitmani tushiruvchi taʼsir koʻrsatadi.

Taʼsir mexanizmi siklooksigenaza fermentini ingibitsiya qilishi bilan bogʻliq (SOG-1 va SOG-2 faolligini susaytiradi), bu araxidon kislotasining metabolizmini buzilishiga va yalligʻlanish oʻchogʻida, shuningdek organizmning boshqa toʻqimalarida prostaglandinlar sintezini buzilishiga olib keladi. Bundan tashqari, tenoksikam yalligʻlanish oʻchogʻida leykotsitlarni yigʻilishini kamaytiradi.

Revmatik kasalliklarda boʻgʻimlarda tinch holat va harakatdagi ogʻriqlarni susaytiradi, ertalabki tanglik va shishni kamaytiradi.

Tenoksikamning oʻziga xos farq qiluvchi xususiyati uning katta taʼsir davomiyligidir.

Preparat meʼda-ichak yoʻllarida tez va toʻliq soʻriladi. Biokiraolishligi - 100%. Smax ga 2 soat oʻtgach erishiladi. Plazma oqsillari bilan 99% ga bogʻlanadi.

Jigarda gidroksillanadi. Gistogematik toʻsiqlardan oson oʻtadi.

Yarim chiqarilish davri - T1/2 60-75 soat. Asosiy qismi siydik bilan faol boʻlmagan metabolitlari koʻrinishida, qolgani – safro bilan chiqariladi.

Nojo'ya samaralari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – meʼda-ichak yoʻllarini eroziv-yarali shikastlanishlari (shu jumladan meʼda shilliq qavatida prostaglandinlar sintezini buzilishi bilan bogʻliq boʻlgan ulserogen taʼsiri), diareya, qorinda ogʻriqlar, koʻngil aynishi, qusish, meteorizm, gastrit, ezofagit, eroziyalar, yaralardan qon ketishi, shuningdek rektal va gemorroidal qon ketishlari.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, tremor, qoʻzgʻalish, uyqusizlik yoki uyquchanlik yuz berishi mumkin.

Koʻrish aʼzosi tomonidan: koʻzlarni taʼsirlanishi va shishi kuzatilishi mumkin

Allergik reaksiyalar: eshakemi, qichishish, krapivnitsa, Layell sindromi, Stivens-Djonson sindromi boʻlishi mumkin.

Dermatologik reaksiyalar: alopetsiya, fotosensibilizatsiya, tirnoqlarni oʻzgarishi kuzatilishi mumkin.

Maxsus saqlash sharoitlari

Tenikamni qoʻllaganda ovqat hazm qilish tizimining holatini sinchiklab kuzatish kerak. Ulserogenezning yoki meʼda-ichakdan qon ketishining birinchi belgilari aniqlanganida, preparatni darhol bekor qilish kerak.

Buyrak faoliyatini buzilishlari boʻlgan patsiyentlarda (shu jumladan diabetik nefropatida) va jigar faoliyatini buzilishlari, nefrotik sindromi, dimlangan yurak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda, diuretiklar yoki potensial nefrotoksik preparatlarni qabul qilayotgan patsiyentlarda, shuningdek bevosita jarrohlik aralashuvlaridan keyin ehtiyotkorlik bilan qoʻllash kerak.

Buyrak yetishmovchiligida kreatinin klirensi minutiga 25 ml dan ortiq patsiyentlarda dozalash tartibiga tuzatish kiritmasdan sinchkov shifokor nazorati kerak. Kreatinin klirensi minutiga 25 ml dan kamroq patsiyentlarda, bunday patsiyentlarda tenoksikamni ishlatish boʻyicha yetarli maʼlumot yoʻqligi tufayli, ehtiyotkorlik bilan qoʻllash kerak.

Jigar faoliyatini buzilishlari boʻlgan patsiyentlarda tenoksikam ehtiyotkorlik bilan qoʻllanadi.

Tenikam organizmda kaliy, natriy, litiy ionlarini, shuningdek suvni tutib qolish xususiyatiga ega, bu shish chaqiradi. Shu boisdan arterial gipertenziyasi yoki yurak yetishmovchiligi boʻlgan shaxslarda, tenoksikam koʻrsatilgan kasalliklarni kechishini yomonlashtirishi mumkin.

Tenoksikamni buyurganda nazorat qilib boʻlmaydigan gipertenziyasi, yurak yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi, periferik arteriyalarning kasalliklari va/yoki serebrovaskulyar kasalliklari boʻlgan patsiyentlarni, shuningdek arterial gipertenziya, giperlipidemiya, qandli diabet, chekish kabi kardiovaskulyar kasalliklarning xavf omillari boʻlgan patsiyentlarning holatini uzoq muddatli davolashni boshlashdan oldin nazorat qilish lozim.

Tenikam trombotsitlar agregatsiyasini pasaytiradi va qon ketishi vaqtini oshiradi, buni oʻtkazilmoqchi boʻlgan operativ aralashuvlarda koʻzda tutish kerak.

Tenikamni ayniqsa keksa yoshli shaxslarda ehtiyotkorlik bilan qoʻllash kerak, chunki yoʻldosh davolash yoki buyrak, jigar yoki yurak-qon tomir tizimining faoliyatini buzilishlari fonida, yoshroq patsiyentlar bilan solishtirganda, nojoʻya samaralarini paydo boʻlish ehtimoli oshadi.

Tenoksikamni salitsilatlar bilan majmuada qoʻllash tavsiya qilinmaydi.

Pediatriyada preparatni, tenoksikamni bolalarda qoʻllash toʻgʻrisida yetarli maʼlumotlar yoʻqligi tufapyli, ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak



Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

Tenoksikam avtotransportni haydash va boshqa potensial xavfli faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga taʼsir qilmaydi.

Qo'llanilishi

Tayanch-harakat apparatining quyidagi yalligʻlanishli va degenerativ kasalliklarini:

osteoartroz, revmatoid artrit, ankilozlovchi spondiloartrit
ogʻriq sindromi: tendinit, bursit, radikulit, periartrit, miozit;
osteoxondroz, umurtqa pogʻonasida ogʻriq;
nevralgiya, mialgiya;
jarohatlarda ogʻriq sindromi;
oʻtkir podagrik artritda ogʻriqni bartaraf etish;
algodisminoreyada simptomatik davolash uchun qoʻllaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

meʼda-ichak yoʻllarining eroziv-yarali shikastlanishlari (shu jumladan anamnezdagi);
meʼda-ichakdan qon ketishlari (shu jumladan anamnezdagi);
ogʻir kechuvchi gastrit;
bronxial astma, burunning va burun oldi boʻshliqlarining qaytalanuvchi polipozi va atsetilsalitsil kislotasini yoki boshqa nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalarini oʻzlashtiraolmaslikni toʻliq yoki toʻliq boʻlmagan qoʻshilishi (shu jumladan anamnezdagi);
gemofiliya;
gipokoagulyatsiya;
buyrak yetishmovchiligi;
jigar yetishmovchiligi;
buyrakning avj olib boruvchi kasalliklari, jigarning faol kasalligi;
aorta-koronar shuntlash oʻtkazilganidan keyingi holat;
tasdiqlangan giperkalsiyemiya;
eshitishni pasayishi, vestibulyar apparatining patologiyasi;
homiladorlik, laktatsiya davri;
tenoksikamga va boshqa nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalariga yuqori sezuvchanlikda qoʻllash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Antatsidlar tenoksikamning soʻrilish tezligini pasaytiradi, lekin uning soʻrilish darajasiga taʼsir qilmaydi.

Simetidin, pastmolekulyar geparin, parenteral penitsillinlar va oltin preparatlari bilan bir vaqtda qoʻllanganida klinik ahamiyatli oʻzaro taʼsiri aniqlanmagan.

Tenoksikam zardob albumini bilan yaxshi bogʻlanadi va boshqa NYAQV kabi, varfarin va boshqa antikoagulyantlarning samarasini kuchaytirishi mumkin. Tenoksikam bilan davolash antikoagulyantlar va peroral gipoglikemik preparatlar bilan birga oʻtkazilganida, ayniqsa boshlangʻich davrida, patsiyentlarni sinchiklab kuzatish tavsiya qilinadi.

Digoksin bilan oʻzaro taʼsiri aniqlanmagan.

Tenoksikam boshqa NYAQV kabi, antigipertenziv preparatlarning samaradorligini pasaytiradi. Yurak glikozidlari bilan birga qoʻllanganida NYAQV yurak yetishmovchiligini yomonlashtirishi, buyrak kalavasi filtratsiyasi tezligini pasaytirishi, plazmada yurak glikozidlarining darajasini oshirishi mumkin.

Preparatni quyidagilar bilan birga ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak:

siklosporin bilan (nefrotoksiklik xavfi oshadi);
ftorxinolonlar bilan (tirishishlarni rivojlanish xavfi oshadi);
litiy preparatlari bilan (litiy bilan intoksikatsiya xavfi oshadi), biroq agar tenoksikamni bunday majmuani qoʻllash lozim boʻlsa, unda organizmda litiy konsentratsiyasini nazorati tez-tezligini oshirish va patsiyentni organizmga yetarli miqdorda suyuqlik kiritilishi kerakligi va intoksikatsiya simptomlari haqida ogohlantirish kerak;
diuretiklar bilan (diuretiklarning samarasi pasayadi, NYAQV nefrotoksiklik xavfi oshadi);
metotreksat bilan (intoksikatsiya xavfi oshadi, chunki NYAQV metotreksatning eliminatsiyasini pasaytiradi);
kortikosteroidlar bilan (meʼda-ichakdan qon ketishlari xavfi oshadi).
Nojoʻya reaksiyalari (ayniqsa meʼda-ichak yoʻllari tomonidan) xavfini oshishi tufayli, bir vaqtda ikki va koʻproq NYAQV qoʻllashdan saqlanish kerak.

Tenikamni salitsilatlar bilan qoʻllash, ularni oqsillar bilan bogʻlanishda tenoksikamning oʻrnini bosish qobiliyatiga ega ekanliklari va shu bilan tenoksikamning klirensi va taqsimlanish hajmini oshirishlari, shuningdek nojoʻya reaksiyalarining xavfini yuqoriligi tufayli (ayniqsa meʼda-ichak yoʻllari tomonidan) maqsadga muvofiq emas.

Mifepriston qabul qilgandan keyin 8-12 kun davomida NYAQV ni ishlatmaslik kerak, chunki ular mifepristonning samaradorligini pasaytirishi mumkin.

Dozirovkasi

Tenikam mushak ichiga (m/i) va vena ichiga (v/i) inyeksiya qilish uchun eritma tayyorlash uchun moʻljallangan.

Podagraning oʻtkir xurujlarida: 20 mg dan sutkada 1-2-marta 2-3 kun davomida v/i yoki m/i, soʻngra ichga 20 mg (1 tabletka) dan kuniga 1-marta 5 kun davomida buyuriladi.

Revmatoid artritda yoki biriktiruvchi toʻqimaning yalligʻlanish va degenerativ kasalliklarida: preparat 20 mg dan sutkada 1-marta 2 kun davomida v/i yoki m/i, soʻngra ichga 20 mg (1 tabletka) dan kuniga 1-marta bir oy davomida buyuriladi.

Ogʻriq sindromida: 20-40 mg dan (parenteral yoki ichga) sutkada 1-marta ogʻriqlar toʻxtagunicha buyuriladi.

Algodismenoreyada - 20 mg (1 tabletka) dan kuniga 1-marta hayz koʻrish sikli boshlangunicha yoki hayz koʻrish sikli vaqtida buyuriladi.

Tayanch-harakat apparatining oʻtkir kasalliklarini davolash odatda 7 kundan oshmaydi. Kamdan-kam hollarda davolash davomiyligi 14 kungacha uzaytirilishi mumkin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasini oshirib yuborilishi boʻyicha klinik tajriba yoʻq. Zarurat tugʻilgan hollarda preparpatni qabul qilishni toʻxtatish, samarani bir maromda ushlab turuvchi va simptomatik davolashni oʻtkazish kerak.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Preparatni homiladorlik davrida qoʻllash mumkin emas, chunki homiladorlik muddatini uzayishi, tugʻruqni kechikishi va tugʻruq faoliyati kuchsiz (miometriyning ritmik qisqaruvchanlik faolligini ragʻbatlantiruvchi prostaglandinlarning sintezini pasayishi natijasida) boʻlishi mumkin. Preparatni laktatsiya davrida qoʻllash zarurati boʻlganida emizishni toʻxtatish kerak.

TENIKAM LIOFILIZIROVANNIY poroshok 20mg analoglari

ARTOKSAN gel 45g 1%
ARTOKSAN gel 45g 1%
Turkiya
Vakil:
Rotapharm
Ishlab chiqaruvchi:
Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi
•124 ta dorixonada bor
Narxi
55 500 so'm dan
ARTOKSAN poroshok 20mg N3
ARTOKSAN poroshok 20mg N3
Misr
Ishlab chiqaruvchi:
Rotapharm Limited, Velikobritaniya proizvedeno: E.I.P.I.Co.
•125 ta dorixonada bor
Narxi
118 700 so'm dan
ARTOKSAN suppozitorii 20mg N5
ARTOKSAN suppozitorii 20mg N5
Misr
Vakil:
Rotapharm
Ishlab chiqaruvchi:
Rotapharm, Velikobritaniya proizvedeno: Global Napi Farmasyutikalz
•114 ta dorixonada bor
Narxi
50 000 so'm dan
ARTOKSAN tabletkalari 20mg N10
ARTOKSAN tabletkalari 20mg N10
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Tursiya proizvedeno: World Medicine Ilas San. Ve Tic. A.S.
•121 ta dorixonada bor
Narxi
50 000 so'm dan
ARTOKSAN kapsulalar  20mg N10
ARTOKSAN kapsulalar 20mg N10
Misr
Ishlab chiqaruvchi:
Rotapharm Limited, Velikobritaniya proizvedeno: Global Napi Pharmaceuticals
•121 ta dorixonada bor
Narxi
50 000 so'm dan
OKSITEN poroshok 20mg N1
OKSITEN poroshok 20mg N1
Gretsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Grand Medical Group AG, Shveysariya proizvedeno: Anfarm Hellas S.A.
OKSITEN tabletkalari 20mg N10
Retseptli
OKSITEN tabletkalari 20mg N10
Gretsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Grand Medical Group AG, Shveysariya proizvedeno: Anfarm Hellas S.A.
•38 ta dorixonada bor
Narxi
45 600 so'm dan
TEKSIVEL poroshok 20mg N1
Retseptli
TEKSIVEL poroshok 20mg N1
Ruminiya
Vakil:
WELFAR VST
Ishlab chiqaruvchi:
Arena Group S.A.
•33 ta dorixonada bor
Narxi
48 799 so'm dan
Aviten kukuni 20mg N1
Aviten kukuni 20mg N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Montage Laboratories Pvt. Ltd
•2 ta dorixonada bor
Narxi
62 000 so'm dan
TENOVIKS eritma 20mg N3
Retseptli
TENOVIKS eritma 20mg N3
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
NITIN LIFESCIENCES LTD.
•107 ta dorixonada bor
Narxi
90 000 so'm dan
REVIANOKS kukuni 20mg N3
REVIANOKS kukuni 20mg N3
Hindiston
Vakil:
VEGAPHARM
Ishlab chiqaruvchi:
BELINDA LABORATORIES PVT. LTD.,

TENIKAM LIOFILIZIROVANNIY poroshok 20mg savollari

TENIKAM LIOFILIZIROVANNIY poroshok 20mg fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil