Apteka.uz
SavatKirish

SELESTODERM V maz 30g 0,1%

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Belgiya
Kategoriya:Dermatologik
Faol modda:Betametazon
Farmakoterapevtik guruh:

Dermatologiyada qoʼllash uchun kortikosteroidlar. Yuqori faol kortikosteroidlar (III guruhi).

Ishlab chiqaruvchi:Schering-Plough Sentral East AG, Shveysariya proizvedeno: Schering-Plough Labo N.V.
ATX kodi:D07AC01
Barcha Selektoderm dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

SELESTODERM V maz 30g 0,1% haqida qo'llanma

Saqlash shartlari

25°С dan yuqori boʼlmagan haroratda, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Sotish shartlari

Retseptsiz.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi:
1 g surtma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 1,0 mg betametazon (betametazon 17-valerati koʼrinishida 1,22 mg);
yordamchi moddalar: oq yumshoq parafin, mineral moyi.

Chiqarilish shakli 
30 g dan membranali alyumin tubalarda, ichki laklangan qoplam va germetik ximoya xalqasi bilan, yuqori zichlikdagi polietilenli buraladigan qalpoqcha membranani teshish uchun uchli bigizcha bilan.
1 tuba dan tibbiyotda qoʼllanilishiga doir yoʼriqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Farmakodinamikasi

Betametazon valerati – maxalliy qoʼllash uchun sintetik glyukokortikosteroid, yuqori glyukokortikoid faollikka va minimal mineralokortikoid samaraga ega.
Selestoderm-V® surtmasi mahalliy yalligʼlanishga qarshi, qichishishga qarshi, antiekssudativ va tomirlarni toraytiruvchi taʼsirga ega.

Farmakokinetikasi

Selestoderm-V® preparatining farmakokinetikasini oʼrganish boʼyicha tadqiqotlar oʼtkazilmagan. Mahalliy kortikosteroidlar qoʼllagandan keyin, ayniqsa shikastlangan teriga yoki okklyuzion bogʼlov ostiga surtilganda tizimli soʼrilishi mumkin.

Farmakoterapevtik guruh

Dermatologiyada qoʼllash uchun kortikosteroidlar. Yuqori faol kortikosteroidlar (III guruhi).

Nojo'ya samaralari

Noxush reaktsiyalar aʼzolar tizim tasnifi va paydo boʼlish tez-tezligiga muvofiq berilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10000), tez-tezligi nomaʼlum (mavjud maʼlumotlar asosida baxolab boʼlmaydi).
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: 
Tez-tez – achishish xissi, qichishish, taʼsirlanish, quruqlik, follikulit, gipertrixoz, xusunbuzar toshmalar, gipopigmentatsiya, perioral dermatit, allergik kontakt dermatit.
Tez-tez emas – asosan okklyuzion bogʼlov ostiga qoʼllanganda: terini matseratsiyasi, terini atrofiyasi, striyalar, issiqlik toshmasi.
Infektsiyalar va invaziyalar: 
Tez-tez emas – ikkilamchi infektsiya (ayniqsa okklyuzion bogʼlov ostida qoʼllanganda).
Аyniqsa yuz terisi, sochli qoplamali teri yuzasi va jinsiy aʼzolar terisi mahalliy nojoʼya reaktsiyalarning rivojlanishiga sezuvchandir.
Dermatozlarni davolash uchun uzoq muddat qoʼllagandan keyin kuchli taʼsirga ega boʼlgan topik kortikosteroidlarni bekor qilish, Selestoderm-V® xam ularga kiradi, kasallik belgilari va simptomlarini ogʼirlashtirishi va topik kortikosteroidlarga qaramlikni paydo boʼlishiga olib kelishi mumkin.
Tizimli taʼsirga ega boʼlgan glyukokortikoidlar buyurilganda qayd etilgan barcha noxush koʼrinishlar, shu jumladan gipotalamo-gipofizar tizimi faoliyatini susayishi, mahalliy qoʼllash uchun moʼljallangan kuchli taʼsir qiluvchi glyukokortikoidlar buyurilganida xam rivojlanishi mumkin. 
Shuningdek mahalliy kortikosteroidlarni qoʼllanganda tizimli nojoʼya reaktsiyalar toʼgʼrisida xabar berilgan, masalan koʼrishni noaniqligi.

Maxsus ko‘rsatmalari

Selestoderm-V® ni qoʼllash bilan bogʼliq boʼlgan terining taʼsirlanishi yoki yuqori sezuvchanlik belgilari paydo boʼlganida, davolashni toʼxtatish va bemorga adekvat davolashni buyurish kerak. Infektsiya majmualigida muvofiq zamburugʼlarga qarshi yoki antibakterial vositalarni buyurish kerak. Аgar bunda kutilgan samaraga tez erishilmasa, infektsiya belgilari bartaraf etilgunigacha kortikosteroidlarni qoʼllashni toʼxtatish kerak.
Topik kortikosteroidlarni kasallikni qaytalanishi, tolerantlikni rivojlanishi, pustulyoz psoriazning tarqalishini xavfi va bir necha hollarda xabar berilganidek terining toʼsiq faoliyatini buzilishi oqibatida mahalliy yoki tizimli toksiklik rivojlanishi ehtimolining mavjudligi tufayli, psoriazi boʼlgan patsientlarda ehtiyotkorlik bilan qoʼllash lozim. Topik kortikosteroidlar qoʼllangan hollarda psoriazi boʼlgan patsientlarni diqqat bilan nazorat qilish kerak.
Kuchli taʼsir qiluvchi kortikosteroidlarni uzoq muddat qoʼllash, ayniqsa yuz terisida va terining boshqa sezuvchan sohalarida atrofik oʼzgarishlar rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Psoriaz, ogʼir ekzema kabi kasalliklarni davolashda ushbu holatni hisobga olish lozim.
Glyukokortikoidlar asosidagi xamma boshqa kuchli taʼsir qiluvchi preparatlar kabi, Selestorderm-V® ni uzoq muddat davomida terining katta sohalariga, shuningdek yuzga va teri burmalariga qoʼllashdan saqlanish kerak. Preparatni jarohatlar va shilliq qavatlarga tushishidan saqlanish kerak.
Selestorderm-V® ni oftalьmologiyada qoʼllash, shuningdek glaukoma yoki subkapsulyar kataraktaning rivojlanishi xavfi tufayli qovoqlarga surtish mumkin emas.
Glyukokortikoidlar terining shikastlanishlarining ayrim turlarini tashqi koʼrinishini oʼzgartirishi mumkin, bu esa tashxis qoʼyishni qiyinlashtiradi.
Glyukokortikoidlarni tizimli qoʼllashda uchraydigan har qanday nojoʼya koʼrinishlar, shu jumladan buyrak usti bezlari poʼstlogʼining supressiyasi, ular mahalliy qoʼllanganida ham paydo boʼlishi mumkin.
Mahalliy kortikosteroidlarning tizimli soʼrilishi, ular uzoq muddat davomida qoʼllanganida, tananing katta yuzalarini davolashda yoki okklyuzion bogʼlovlar ishlatilganida oshadi.
Tarkibida oq yumshoq parafin saqlanishi tufayli, yirtilishga chidamlilik kamayishi mumkin, demak lateksli prezervativlarni qoʼllash xavfsizligini surtma genital va anal soxalarga qoʼllaganda xisobga olish kerak.
Tizimli va maxalliy taʼsir etuvchi (jumladan intranazal, ingalyatsion va koʼz ichiga yuborishlar) kortikosteroidlarni qoʼllanganda koʼrish buzilishlari paydo boʼlishi mumkin. Аgar koʼrishni noaniqligi yoki koʼrish aʼzolari tomonidan boʼlgan buzilishlar kabi bunday simptomlar paydo boʼlsa, patsient katarakta, glaukoma yoki markaziy seroz xorioretinopatiya kabi kam uchraydigan kasalliklarni oʼz ichiga olgan koʼrish buzilishlarini mumkin boʼlgan sabablarini baholash uchun oftalьmolog koʼrigidan oʼtishi kerakligi toʼgʼrisida tizimli va mahalliy taʼsir etuvchi kortikosteroidlarni qoʼllangandan keyin xabar berilgan.
Homiladorlik yoki emizish davrida qoʼllanishi
Xayvonlarda betametazon valeratini tadddqiqotlari reproduktiv toksikligi mavjudligini koʼrsatdi. Selestoderm-V® surtmasini homiladorlikning birinchi uch oyligida qoʼllash tavsiya etilmaydi.
Homiladorlarda kortikosteroidlarni mahalliy qoʼllashning xavfsizligi aniqlanmaganligi tufayli, bu preparatlarni faqat boʼlajak ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potentsial xavfdan yuqori boʼlgan hollardagina qoʼllash mumkin. Ushbu guruh preparatlarni homiladorlarda yuqori dozalarda va uzoq muddat qoʼllash mumkin emas. 
Preparatni laktatsiya davrida uzoq yoki terining katta soxalarida qoʼllash mumkin emas. Emizish davrida surtmani sut bezi soxasiga qoʼllash mumkin emas, bolani terining ishlov berilgan soxalari bilan kontaktidan saqlash kerak.
Bugungi kunda kortikosteroidlarni mahalliy qoʼllash natijasida tizimli soʼrilishi va ularni koʼkrak sutiga oʼtishi aniqlanmagan, shuning uchun emizishni toʼxtatish yoki preparatni qoʼllashni toʼxtatish masalasini xal qilishda, ona uchun oʼtkazilayotgan davolashning muhimligini hisobga olish lozim. 

Bolalar
Bolalarda preparatni qoʼllash boʼyicha klinik maʼlumotlar yoʼq, shuning uchun uni bu guruh patsientlarda qoʼllash maʼqul emas. Bolalarda yuza maydoni va tana vazni nisbati kattalardagiga qaraganda katta boʼlganligi tufayli, prepartning soʼrilishi yuqori. Topik kortikosteroidlar qoʼllaganda bolalar tizimli noxush samaralar rivojlanishi xavfiga va gipotalamo-gipofizar-buyrak usti tizimi funktsiyasini susayishiga koʼproq moyil boʼladilar.
Аvtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga taʼsir qilish qobiliyati
Odatda preparat avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga taʼsir qilmaydi.

Qo'llanilishi

Ekzema (atopik, tangasimon), kontakt dermatit, seboreyali dermatit, neyrodermit, quyosh taʼsiridagi dermatit, eksfoliativ dermatit, radiatsiya taʼsiridagi dermatit, intertriginoz dermatit, psoriaz (keng tarqalgan psoriazdan tashqari) kabi glyukokortikosteroidlar bilan davolashga sezgir boʼlgan dermatozlarning yalligʼlanishli koʼrinishlarini kamaytirish uchun qoʼllanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Terining bakteriyali infektsiyalar (masalan, piodermiya, tuberkulyoz va sifilitik jarayonlar), shuningdek virusli infektsiyalar (masalan, suvchechak, oddiy gerpes, oʼrab oluvchi gerpes, vulьgar soʼgallar (kondilomalar), kontagioz mollyusk) chaqirgan terining davolanmagan shikastlanishlari; terining zamburugʼli infektsiyalari, tarqalgan psoriaz, parazitar infektsiyalar, terining yarali shikastlanishlari, jarohatlarda qoʼllash mumkin emas.
Kortikosteroidlar qoʼllanganidan keyingi nojoʼya reaktsiyalar (masalan, perioral dermatit, striyalar) mavjudligi. Ixtioz, balogʼat yoshiga yetmaganlarda oyoq kafti dermatozi, vulьgar husnbuzarlar, pushti husnbuzarlar, teri qon tomirlari devorlarining yuqori oʼtkazuvchanligi, terining atrofiyasi, anogenital qichishishda qoʼllash mumkin emas.
Selestoderm-V® ni preparatning faol moddasiga yoki har qanday boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlikka ega boʼlgan patsientlarda qoʼllash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Oʼzaro taʼsirlar maʼlum emas.

Ta'rifi

yumshoq konsistentsiyali yot kiritmalarsiz, oq rangli bir xil surtma

Dozirovkasi

Selestoderm-V® terining shikastlangan sohalariga, holatning ogʼirligiga qarab sutkada 1-3 marta, yupqa qavat qilib surtiladi. Koʼpchilik hollarda samaraga erishish uchun sutkada 1-2 marta surtish yetarlidir. Preparatni surtishning tez-tezligi shikastlanish darajasiga muvofiq belgilanadi.
Yengil darajali shikastlanishlarda kuniga bir marta surtish mumkin, ogʼirroq shikastlanishlarda esa preparatni surtish tez-tezligini oshirish lozim.
Okklyuzion bogʼlovlar ostiga qoʼllash mumkin emas, chunki preparatning nojoʼya taʼsirlari kuchayishi mumkin.
Preparatni uzluksiz qoʼllash 4 haftadan oshmasligi kerak. Terapevtik samaraga erishilgandan keyin Selestoderm-V® preparatini qoʼllash tez-tezligini kamaytirish yoki mahalliy qoʼllash uchun kamroq faol kortikosteroidga oʼtish va preparatni asta-sekin bekor qilish bilan tutib turuvchi davolashni davom ettirish lozim. Аgar patsientning holati 2-4 haftalik davolash davomida yaxshilanmasa yoki yomonlashsa, qayta koʼrikdan oʼtkazish va davolashni qayta koʼrib chiqish lozim.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: mahalliy qoʼllash uchun kortikosteroidlarni haddan ziyod yoki uzoq vaqt qoʼllash gipofizar-adrenal tizimning faoliyatini susayishiga olib kelishi mumkin, bu buyrak usti bezlarining ikkilamchi yetishmovchiligiga va giperkortitsizm simptomlari, shu jumladan Kushing sindromini paydo boʼlishiga olib kelishi mumkin. Giperkortitsizmning oʼtkir simptomlari odatda qaytuvchandir.
Davolash: doza oshirib yuborilganida tegishli simptomatik davolashni oʼtkazish kerak. Zarurati boʼlganida elektrolit muvozanatini toʼgʼrilash oʼtkaziladi. Surunkali toksik taʼsiri holida kortikosteroidni asta-sekin bekor qilish tavsiya etiladi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Xayvonlarda betametazon valeratini tadddqiqotlari reproduktiv toksikligi mavjudligini koʼrsatdi. Selestoderm-V® surtmasini homiladorlikning birinchi uch oyligida qoʼllash tavsiya etilmaydi.
Homiladorlarda kortikosteroidlarni mahalliy qoʼllashning xavfsizligi aniqlanmaganligi tufayli, bu preparatlarni faqat boʼlajak ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potentsial xavfdan yuqori boʼlgan hollardagina qoʼllash mumkin. Ushbu guruh preparatlarni homiladorlarda yuqori dozalarda va uzoq muddat qoʼllash mumkin emas. 
Preparatni laktatsiya davrida uzoq yoki terining katta soxalarida qoʼllash mumkin emas. Emizish davrida surtmani sut bezi soxasiga qoʼllash mumkin emas, bolani terining ishlov berilgan soxalari bilan kontaktidan saqlash kerak.
Bugungi kunda kortikosteroidlarni mahalliy qoʼllash natijasida tizimli soʼrilishi va ularni koʼkrak sutiga oʼtishi aniqlanmagan, shuning uchun emizishni toʼxtatish yoki preparatni qoʼllashni toʼxtatish masalasini xal qilishda, ona uchun oʼtkazilayotgan davolashning muhimligini hisobga olish lozim.

Yaroqlilik muddati (oy)

3 yil.
Yaroqlilik muddati oʼtgach qoʼllanilmasin.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. SELESTODERM V maz 30g 0,1% preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

SELESTODERM V maz 30g 0,1% o'xshash dorilari

Psilo-balzam gel 20g
Retseptsiz
Psilo-balzam gel 20g
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
AO «Nijfarm»
Narxi
55 000 so'm dan
EKZODERIL® eritmasi 10ml 1% N1
Retseptsiz
EKZODERIL® eritmasi 10ml 1% N1
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
VLADELES REGISTRASIONNOGO UDOSTOVERENIYA I PROIZVODITEL Sandoz GmbX , Bioxemishtrasse 10, A-6250 Kundl, Avstriya; proizvedeno Globofarm farmasoytishe Produktons und Xandelsgezellshaft mbX, Avstriya
•19 ta dorixonada bor
Narxi
65 130 so'm dan
METILURASIL maz 25g 10%
METILURASIL maz 25g 10%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm, AO
Narxi
7 000 so'm dan

Selektoderm boshqa chiqarish shakllari

SELESTODERM V S GARAMISINOM krem 30g
Retseptsiz
SELESTODERM V S GARAMISINOM krem 30g
Belgiya
Ishlab chiqaruvchi:
Schering-Plough Sentral East AG, Shveysariya proizvedeno: Schering-Plough Labo N.V.
Narxi
85 000 so'm dan

SELESTODERM V maz 30g 0,1% analoglari

AKRIDERM krem 15g 0,05%
Retseptsiz
AKRIDERM krem 15g 0,05%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Akrixin, AO
•11 ta dorixonada bor
Narxi
20 000 so'm dan
SERTOSPAN suspenziya 1ml 5 mg+2 mg/ml N1
SERTOSPAN suspenziya 1ml 5 mg+2 mg/ml N1
Turkiya
Vakil:
Dr.Sertus
Ishlab chiqaruvchi:
Dr. Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Tursiya proizvedeno: Zentiva Saglik Urunleri Sanayi ve Ticaret A.S.
•71 ta dorixonada bor
Narxi
39 500 so'm dan

SELESTODERM V maz 30g 0,1% haqida savollar

SELESTODERM V maz 30g 0,1% haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil