×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SITRAMON P tabletkalari N6

Kategoriya:
- Og'riq qoldiruvchi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya Federatsiyasi
Faol modda:
Парацетамол, Кофеин, Ацетилсалициловая кислота
Qadoqda soni:
- 6
Ishlab chiqaruvchi:
- УралБиоФарм,ОАО
ATX kodi:
- N02BA71
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 176 ta dorixonasida topildi

ico 2 300 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 1 700 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

PENTALGIN tabletkalari N24 ОАО «Фармстандарт-Лексредства» Rossiya
30 000 s`om dan
24 000 s`om dan
SEFEKON N rektal suppozitorialar 50mg+75mg+600mg №10 Нижфарм-Stada CIS Rossiya Federatsiyasi
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SITRAMON P tabletkalari N6 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SITRAMON P

CITRAMON P

 

Preparatning savdo nomi: Sitramon P

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): asetilsalisil  kislotasi, parasetamol, kofein.

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: 

faol moddalar: asetilsalisil  kislotasi – 0,24 g, parasetamol – 0,18 g,  kofein – 0,03 g.

yordamchi moddalar: kakao, limon kislotasi, kartoshka kraxmali, kalsiy stearati yoki magniy stearati yoki stearin kislotasi.

Ta‘rifi: och jigarrang rangli, dog‘lari bo‘lgan, kakao hidli tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi:  Analgetik-antipiretiklar.

Kod ATX: N02BA71

 

Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy preparat.

Asetilsalisil kislotasi isitmani tushiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta‘sirga ega, og‘riqni susaytiradi, ayniqsa yallig‘lanish jarayoni chaqirgan og‘riqni susaytiradi, shuningdek trombositlar agregasiyasini o‘rtacha susaytiradi, yallig‘lanish o‘chog‘ida mikrosirkulyasiyani yaxshilaydi.

Kofein orqa miyaning reflektor qo‘zg‘aluvchanligini oshiradi, nafas va qon tomirlarni xarakatlantiruvchi markazlarni qo‘zg‘atadi, skelet mushaklari, bosh miya, yurak, buyrakning qon tomirlarini kengaytiradi, trombositlar agregasiyasini susaytiradi; uyquchanlik, charchoqlik xissini kamaytiradi. Ushbu majmuada kofein kichik dozada amalda markaziy nerv tizimiga rag‘batlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatmaydi, lekin bosh miya qon tomirlarining tonusini boshqarilishiga yordam beradi.

Parasetamol analgetik, isitmani tushiruvchi va kuchsiz yallig‘lanishga qarshi ta‘sirga ega, bu uning gipotalamusdagi termoregulyasiya markaziga ta‘siri va kuchsiz ifodalangan periferik to‘qimalarda prostaglandinlar (Pg) sintezini ingibisiya qilish xususiyati bilan bog‘liq.

Qo‘llanilishi

Kuchsiz va o‘rtacha yaqqollikdagi (turli genezli) og‘riq sindromi: bosh og‘rig‘i, migren, tish og‘rig‘i, nevralgiya, mialgiya, artralgiya, algodismenoreya. Isitma sindromi: o‘tkir respirator kasalliklar (O‘RK), grippda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparatni 5 kundan ortiq og‘riqsizlantiruvchi vosita sifatida va 3 kundan ortiq isitmani tushiruvchi vosita sifatida (shifokorning tavsiyasi va nazoratisiz) qabul qilish mumkin emas.

Ichga (ovqat vaqtida yoki undan keyin), 1 tabletkadan xar 4 soatda, og‘riq sindromida – 1-2 tabletka buyuriladi; o‘rtacha sutkalik doza – 3-4 tabletkani, maksimal sutkalik doza – 8 tabletkani tashkil qiladi.

Davolash kursi – 3-5 kundan oshmasligi kerak.

Me‘da-ichak yo‘llariga ta‘sirlovchi ta‘sirini kamaytirish uchun tabletkani sut yoki ishqoriy mineral suv bilan ichish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirilari

Asetilsalisil kislotasi, parasetamol va kofeinga xos bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalar kuzatilishi mumkin.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, gastralgiya, me‘da-ichak yo‘li va o‘n ikki barmoq ichakni eroziv-yarali shikastlanishi, me‘da-ichakdan qon ketishlari;

Siydik chiqarilish yo‘llari va buyrak tomonidan buzilishlar: interstisial nefrit, qonda kreatinin miqdorini oshishi va giperkalsiemiya bilan kechuvchi prerenal azotemiya, papillyar nekroz, buyrak yetishmovchiligi; nefrotik sindrom;

Jigar va safro chiqarilish yo‘llari tomonidan buzilishlar: qonda aminotransferazalar darajasini oshishi, jigar yetishmovchiligi;

Yurak va qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar: taxikardiya, arterial qon bosimini oshishi, dimlangan yurak yetishmovchiligi siptomlarini kuchayshi;

Qon (qon yaratish, gemostaz) tizimi tomonidan buzilishlar: qon kasalliklari, trombositlar  agregasiyasini susayishi, trombositopeniya, anemiya, leykopeniya;

Markaziy nerv tizimi tomonidan buzilishlar: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, quloqlarni shang‘illashi, eshitish qobiliyatini pasayishi, ko‘rishni buzilishlari, aseptik meningit, shishlar;

Immun tizimi tomonidan buzilishlar: allergik o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (bronxospazm, hiqildoq shishi va eshakemi), «aspirin»li bronxial astma, eozinofil rinit, qaytalanuvchi burun polipozi, giperplastik sinusit, ko‘p shaklli eksudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

  • Zo‘rayish bosqichidagi me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi.
  • Me‘da-ichakdan qon ketishlari (shu jumladan anamnezdagi).
  • Jigar va/yoki buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari, podagra.
  • Gemorragik diatezlar, gipokoagulyasiya.
  • Ko‘p qon ketishi bilan birga kechuvchi xirurgik aralashuvlar.
  • Homiladaorlik (I va III uch oyliklari), laktasiya davri.
  • Glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi.
  • Glaukoma.
  • Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, asetilsalisil kislotasini

o‘zlashtirilolmaslik, asetilsalisil kislotasi, salisilatlar va boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni qabul qilish oqibatidagi bronxial astma, burun polipozi.

  • Bolalar yoshi (15 yoshgacha – gipertermiyali bolalarda virusli kasalliklar fonida Rey sindromini rivojlanish xavfi).
  • Yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, uyquni buzilishi.
  • Yurak – qon tomir tizimining organik kasalliklari (shu jumladan o‘tkir miokard infarkti, ateroskleroz).
  • Yaqqol arterial gipertenziya.
  • Portal gipertenziya.
  • K avitaminozida qo‘llash mumkin emas.

Extiyotkorlik bilan:

Yengil va o‘rtacha darajali buyrak yetishmovchiligi, transaminazalar darajasini oshishi bilan kechuvchi jigar yetishmovchiligi, yaxshi sifatli giperbilirubinemiyalar (shu jumladan Jilber sirdromi, jigarning alkogolli shikastlanishi), alkogolizm, tutqanoq va tirishish xurujlariga moyillik, keksalik yoshi, podagrada extiyotkorlik bilan qo‘llansin.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Geparin, bilvosita antikoagulyantlar, rezerpin, steroid gormonlar va gipoglikemik dori vositalarining ta‘sirini kuchaytiradi.

Boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, metotreksat bilan bir vaqtda buyurish, nojo‘ya samaralarini rivojlanish xavfini oshiradi.

Spirinolakton, furosemid, gipotenziv dori vositalari, shuningdek siydik kislotasini chiqarilishiga yordam beruvchi podagraga qarshi dori vositalarining samaradorligini kamaytiradi.

Barbituratlar, rifampisin, salisilamid, tutqanoqqa qarshi dori vositalar va mikrosomal oksidlanishning boshqa stimulyatorlari, jigar faoliyatiga ta‘sir qiluvchi parasetamolni toksik metabolitlarini xosil bo‘lishiga yordam beradi.

Metoklopramid parasetamolni so‘rilishini tezlashtiradi.

Parasetamolning ta‘siri ostida xloramfenikolni chiqarilish vaqti 5 marta oshadi.

Takroran qabul qilinganida parasetamol antikoagulyantlarning (dikumarin xosilalari) ta‘sirini kuchaytirishi mumkin. Kofein ergotaminni so‘rilishini tezlashtiradi.

Preparat va spirt saqlovchi suyuqliklar bir vaqtda qabul qilinganida, jigarni toksik shikastlanish xavfi oshadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Rey sindromini yuz berishining yuqori xavfi tufayli, preparatni 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga buyurish mumkin emas. Rey sindromi davomli qusish, o‘tkir ensefalopatiya, jigarni kattalashishi bilan nomoyon bo‘ladi.

Asetilsalisil kislotasi qon ivishini sekinlashtiradi. Agar pasientda jarroxlik aralashuvi o‘tkaziladigan bo‘lsa, shifokorni preparat qabul qilinayotgani xaqida oldindan ogoxlantirish kerak.

Siylik kislotasini to‘planishiga moyilligi bo‘lgan pasientilarda, preparatni qabul qilish podagra xurujini qo‘zg‘atishi mumkin.

Qabul qilish vaqtida alkogol iste‘mol qilishdan saqlanish kerak (me‘da-ichak qon ketishi va jigarni toksik shikastlanishi xavfini oshishi).

Asetilsalisil kislotasi xomiladarlikning I uch oyligida qo‘llanganida teratogen ta‘sirga ega; III uch oyligida tug‘uruq faoliyatini tormozlanishiga olib keladi.

Ko‘krak suti bilan chiqariladi, shuning uchun laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin..

Dozani oshirib yuborilishi

Tavsiya qilingan dozani va qo‘llashning davomiyligini oshirish kerak emas!

Simptomlari:

– yengil intoksikasiyalarda: ko‘ngil aynishi, qusish, me‘dada og‘riqlar, bosh aylanishi, quloqlarni jaranglashi;

– og‘ir intoksikasiyada: tormozlanish, uyquchanlik, kollaps, tirishishlar, nafasni qiyinlashishi, anuriya, qon ketishi kuzatiladi.

Davolash: faollangan ko‘mirni ishlatish bilan birga me‘dani yuvish, simptomatik terapiya, moddalar almashinuvining xolatiga qarab – natriy gidrokarbonatni, natriy sitratni yoki natriy laktatni yuborish kerak, bu siydikni ishqoriylanishi xisobiga asetilsalisil kislotasini chiqarilishini kuchaytiradi.

 

 

Chiqarilish shakli

Tabletkalar 0,55 g dan 6 yoki 10 donadan kontur uyali yoki uyasiz o‘ramlarda.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Yaroqlilik muddati

4 yil

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SITRAMON P tabletkalari N6 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SITRAMON P tabletkalari N6 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SITRAMON P tabletkalari N6 dori vositasi УралБиоФарм,ОАО tomonidan Rossiya Federatsiyasi mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SITRAMON P tabletkalari N6 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SITRAMON P tabletkalari N6 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
SITRAMON P tabletkalari N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Парацетамол, Кофеин, Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ирбитский ХФЗ,ОАО
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
SITRAMON P tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Парацетамол, Кофеин, Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармстандарт-Лексредства, ОАО
  • Vakil: Фармстандарт ПАО
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
SITRAMON P tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Парацетамол, Кофеин, Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ирбитский ХФЗ,ОАО
Narh: 1 000 so'mdan Batafsil
KOFISIL — PLYUS tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Парацетамол, Кофеин, Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармстандарт-Лексредства, ОАО
  • Vakil: Фармстандарт ПАО
ASKOFEN P tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Парацетамол, Кофеин, Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармстандарт-Лексредства, ОАО
  • Vakil: Фармстандарт ПАО
SITRAMON P tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Парацетамол, Кофеин, Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: SAMO, OOO
SITRAMON P tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Парацетамол, Кофеин, Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: SAMO, OOO
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
SITRAMON P tabletkalari N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Парацетамол, Кофеин, Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: O'zkimyofarm, AO им. С.К. Исламбекова
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
SITRAMON P tabletkalari N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Парацетамол, Кофеин, Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
SITRAMON P tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Парацетамол, Кофеин, Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Herbal Pharm, OOO
Narh: 1 000 so'mdan Batafsil
SITRAMON P tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Парацетамол, Кофеин, Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
Narh: 1 000 so'mdan Batafsil
SITRAMON BORIMED tabletkalari N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Парацетамол, Кофеин, Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский Завод МП ОАО
Narh: 1 300 so'mdan Batafsil
ASKOFEN P tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Парацетамол, Кофеин, Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармстандарт-Лексредства, ОАО
  • Vakil: Фармстандарт ПАО
SITRAMON P tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Tatariston Respublikasi
  • Faol modda: Парацетамол, Кофеин, Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Татхимфармпрепараты, ОАО
Narh: 1 000 so'mdan Batafsil
SITRAMON P tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Парацетамол, Кофеин, Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Медисорб, АО
Narh: 1 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ALLOXOL UBF tabletkalari N24
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: УралБиоФарм,ОАО
KALSIYA GLYUKONAT 0,5 tabletkalari N50
KALSIYA GLYUKONAT 0,5 tabletkalari N30
KALSIYA GLYUKONAT 0,5 tabletkalari N20
KALSIYA GLYUKONAT 0,5 tabletkalari N10
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9