Apteka.uz
SavatKirish

BLOKIUM V12 tabletkalari N15

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Argentina
Faol modda:Diklofenak
Ishlab chiqaruvchi:Laboratorios Casasco S.A.I.C.
Yetkazib beruvchi:Murad Pharm Group MChJ
ATX kodi:M01AB55
Barcha BLOKIUM dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

BLOKIUM V12 tabletkalari N15 haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

Ovqat diklofenakning so'rilishini sekinlashtiradi, uning plazmadagi kontsentratsiyasi cho'qqilarini pasaytiradi. U plazma oqsillari bilan 99% ga qaytar bog'lanadi. Diklofenak jigarda metabolizmga uchraydi; uning sulfatlar va glyukuronidlar bilan konyugatsiyalangan metabolitlari siydik (65%) va safro (35%) bilan ekskretsiya qilinadi. Keksa yoshdagi bemorlarda, jigar va buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda farmakokinetikaning hech qanday o'zgarishlari aniqlanmagan.
Betametazon me'da-ichak traktidan yaxshi so'riladi. U jigarda «birinchi o'tish» effektiga uchraydi, biologik kira olishligi 72%. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi - 64% ga, uning yarim parchalanish davri 5,6 soatni tashkil qiladi.
Vitamin B 12 Kastlning ichki omili bilan bog'lanadi, bu uning so'rilishi uchun zarurdir. Vitamin B 12 - Kastlning ichki omili kompleksi yonbosh ichakka tashiladi, u yerda shilliq qavatdagi maxsus retseptorlar bilan o'zaro ta'sirlashib, uning so'rilishini ta'minlaydi. Shundan so'ng vitamin B 12 transkobalamin II bilan bog'lanib, uni to'qimalarga tashiydi, bunda tez plazma eliminatsiyasi kuzatiladi. Vitamin B 12 asosan jigar parenximasida taqsimlanadi, bu uning asosiy saqlanish joyi hisoblanadi.

Farmakologik ta'siri

Diklofenak - NYQV. U COX fermenti faolligini va natijada prostaglandinlar sintezini tormozlaydi. Prostaglandinlar sintezini bloklab, diklofenak yallig'lanish belgilarini, masalan, tinch holatda va harakat paytida og'riq, ertalabki qotib qolish, bo'g'imlar shishini bartaraf etadi va ko'p jihatdan kamaytiradi.
Betametazon - glyukokortikoid preparat, yallig'lanish jarayonini bir nechta ta'sir mexanizmlari yordamida susaytiradi: yallig'lanishning turli mediatorlari, jumladan vazoaktiv va xemotaksik omillar ishlab chiqarilishini ingibitsiya qiladi; lipolitik va proteolitik fermentlar sekretsiyasini bostiradi; shikastlangan joylarga leykotsitlar transsudatsiyasini bostiradi va fibrozni kamaytiradi.
Vitamin B 12 hujayralarning o'sishi va replikatsiyasi uchun hayotiy muhim hisoblanadi. Ikki koferment shakliga ega - metilkobalamin va dezoksiadenozilkobalamin. Uning asosiy vazifasi - metil guruhlarini tashish (transmetillash). Oqsillar va nuklein kislotalar almashinuvida (metionin, dezoksiribonukleotidlar sintezi) ishtirok etadi, foliy kislotasi metabolizmida muhim rol o'ynaydi.
Vitamin B 12 tanqisligi asab tizimida neyronning progressiv shishishi, demielinizatsiyasi va neyron o'limigacha bo'lgan qaytarilmas o'zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Nojo'ya samaralari

Ushbu preparatni qabul qilish quyidagi ko'rinishdagi nojo'ya ta'sirlarni chaqirishi mumkin:
- epigastriyada og'riqlar;
- ko'ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda spazmlar;
- dispepsiya, oshqozon-ichakdan qon ketishlar;
- oshqozon va ichak yaralari;
- glossit, stomatit, qizilo'ngach shilliq qavatining shikastlanishi;
- ichak bitishmalari, vertigo;
- qabziyatlar, pankreatit, transaminazalar darajasining oshishi;
- bosh og'riqlari, uyquchanlik, xavotirlik, tungi dahshatlar, soch to'kilishi;
- teri toshmalari, eshakemi, ekzema, ko'p shaklli eritema;
- shishlar, buyrak yetishmovchiligi, gematuriya, nefrotik sindrom, papillyar nekroz;
- gepatit, agranulotsitoz, trombotsitopeniya, leykopeniya, anemiya;
- taxikardiya, ko'krak qafasida og'riqlar, arterial bosimning pasayishi.

Maxsus ko‘rsatmalari

Betametazon infektsiyalar belgilarini niqoblashi mumkin. Davolash vaqtida bemorlarga immun javobning o'zgarishi mumkinligi sababli immunizatsiya o'tkazmaslik kerak. Uni shuningdek Strongyloides chaqirgan infektsiyalarga shubha qilingan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak, chunki infektsiya tarqalishini qo'zg'atish va hayot uchun xavf tug'diruvchi holatni chaqirish mumkin. Latent sil kasalligi yoki tuberkulinga yuqori reaktivligi bo'lgan bemorlar shifokor nazorati ostida bo'lishlari kerak, chunki kasallik qo'zg'alishi mumkin.
Kortikosteroidlar bilan 2 haftadan ortiq davolash AKTG ajralib chiqishini ingibirlash natijasida kortikoadrenal yetishmovchilik rivojlanishini chaqirishi mumkin, bu buyrak usti bezlari atrofiyasini chaqiradi. Bunday hollarda adrenal yetishmovchilik stressli vaziyatlar (jarrohlik aralashuvi, og'ir jarohatlar, og'ir infektsiyalar) yoki kortikosteroidlarni keskin bekor qilish oqibatida faollashishi mumkin.
Blokium B12 diklofenak saqlaydi, shuning uchun uni yurak-qon tomir tizimi, buyrak va jigar buzilishlari bo'lgan bemorlarga, jarrohlik aralashuvi o'tkazilgan bemorlarga yoki tomir ichki hajmi kamaygan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak. Diklofenak jigar porfiriyasi va bronxial astmasi bo'lgan bemorlarda kasallik zo'rayishi holatlarini chaqirishi mumkin.
Diklofenak saqlovchi Blokium B12 ni kardiovaskulyar hodisalar xavf omillari (gipertoniya, giperlipidimiya, qandli diabet, chekish kabi) mavjud bo'lgan bemorlarga faqat sinchkov klinik baholashdan keyin tayinlash mumkin. Diklofenakning kardiovaskulyar xavflari doza va davolash davomiyligi oshishi bilan ortishi mumkinligi sababli, uni imkon qadar qisqa muddat va eng samarali dozada qo'llash kerak. Simptomlarni yengillashtirish uchun bemorning diklofenak qo'llashga bo'lgan ehtiyojini va terapiyaga javobini vaqti-vaqti bilan qayta ko'rib chiqish kerak.
Blokium B12 gemostatik buzilishlar, diverkulit, ichakning yangi anastomozi, me'da yarasi, yarali kolit, abstsess yoki boshqa yiringli infektsiyalar, gipertoniya kasalligi, osteoporoz va miasteniya gravis bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan tayinlanishi kerak. Ko'z gerpesi, emotsional beqarorlik yoki psixotik moyillik va gipotireoidizmda preparatni ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak.
Blokium B12 bilan uzoq muddatli terapiyada gematologik ko'rsatkichlar, buyrak va jigar funksiyasini kuzatib borish zarur.
65 yoshdan katta bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.
Markaziy asab tizimi tomonidan nojo'ya hodisalar (bosh aylanishi, uyquchanlik), shuningdek ko'rish a'zosi tomonidan nojo'ya hodisalar yuzaga kelganda bemorlar davolash davrida transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlashdan voz kechishlari kerak.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Bemorda diklofenak kaliyga yoki ushbu preparat tarkibiga kiruvchi boshqa ingredientlarga allergiya bo'lsa, shuningdek boshqa nosteroid preparatlarni (masalan, ibuprofen) qabul qilish astma xurujlarini, eshakemi yoki o'tkir rinitni keltirib chiqarsa, ushbu preparatni qabul qilish mumkin emas.
Shuningdek, bemorda quyidagilar mavjud bo'lsa, ushbu dori vositasini qabul qilmaslik kerak:
- me'da va/yoki 12-barmoqli ichak yarasi;
- buyrak yetishmovchiligi;
- me'da-ichak, boshqa qon ketishlar;
- gemorragik diatez;
- bemor antikoagulyantlar bilan davolanayotgan bo'lsa;
- stenokardiya bilan kechuvchi ishemiya;
- osteoporoz;
- qandli diabet;
- periferik arteriyalar kasalliklari;
- insultdan keyingi tserebral buzilishlar.
Tasdiqlangan yurak-qon tomir kasalliklari yoki arterial gipertenziyada qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Pediatriyada (14 yoshgacha) qo'llanilmaydi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Blokium B12 boshqa tizimli NYQP bilan bir vaqtda tayinlanganda nojo'ya samaralar yuzaga kelish tez-tezligi oshadi. Peroral antikoagulyantlar bilan davolanayotgan bemorlarda koagulyatsiyani qat'iy nazorat qilish tavsiya etiladi, chunki kortikosteroidlar va diklofenak qon ketish xavfini oshiradi.
Blokium B12 diuretiklarning farmakologik ta'sirini ingibitsiya qilishi mumkin. U shuningdek kaliy tejovchi diuretiklar bilan tayinlanganda qon zardobida kaliy darajasining oshishiga olib kelishi mumkin.
Blokium B12 metotreksat qabul qilishdan 24 soat oldin va keyin tayinlanganda qonda oxirgisining darajasi va uning toksikligi oshishi mumkin.
Blokium B12 va litiy preparatlari bir vaqtda qabul qilinganda oxirgisining darajasi doza oshirib yuborilishining ko'rinadigan belgilarisiz oshishi mumkin.
Blokium B12 o'z tarkibida steroid gormon (betametazon) saqlashi sababli, quyidagilarni e'tiborga olish lozim.
Preparat eritromitsin, astemizol, bepridil, galofantrin, pentamidin, terfenadin, sultoprid, vikamin, amiodaron, bretilium, dispopiramid, guinidin, solatolol bilan bir vaqtda qabul qilinganda ikki yo'nalishli urchu simmon qorinchalar taxikardiyasi rivojlanish xavfi yuzaga keladi (gipokaliemiya, bradikardiya va QT-intervalning uzayishi aritmiya rivojlanish xavfini oshiradi).

Qo'llashda ehtiyotkorlikni talab etuvchi kombinatsiyalar
Insulin, metformin, qand miqdorini pasaytiruvchi sulfanilamidlar: bemorga kortikosteroidlar bilan davolash davomida va undan keyin glikemiya o'z-o'zini nazoratini kuchaytirish va diabetga qarshi vositalar dozasini to'g'irlash tavsiya etilgan.
Izoniazid: kortikosteroidlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda qon plazmasida izoniazid darajasi pasayadi, shuning uchun klinik va mikrobiologik nazorat zarur.
Fenobarbital, fenitoin, primidon, karbamazepin, ribafurin, rifampitsin fermentativ induktorlar hisoblanadi, ular kortikosteroidlar samaradorligini pasaytiradi. Shuning uchun ushbu preparatlar bilan davolash davomida va undan keyin preparat dozasini to'g'irlash tavsiya etiladi.
Asetilsalisil kislotasi: kortikosteroidlar salisilatlar eliminatsiyasini tezlashtiradi, shuning uchun kortikosteroidlar bilan davolashdagi tanaffusdan keyin salisilatlar dozasini oshirib yuborish xavfi mavjud. Kortikosteroidlar bilan davolash to'xtatilganda salisilatlar dozasini to'g'irlash tavsiya etiladi.

E'tiborga olish zarur bo'lgan o'zaro ta'sirlar
Antigipertenziv preparatlar: kortikosteroidlar gipotenziv preparatlarning terapevtik samaralarini kamaytiradi.
Alfa-interferon: kortikosteroidlar uning terapevtik ta'sirini ingibitsiya qilishi mumkin.
Kuchsizlantirilgan mikroorganizmli vaksinalar: o'limga olib kelishi mumkin bo'lgan tizimli kasalliklar rivojlanish xavfi mavjud. Xavf asosan immunodepressiv holatdagi bemorlarda oshadi. Inaktivatsiyalangan mikroorganizmli vaksinalardan foydalanish afzalroq.

Dozirovkasi

Blokium B12 preparatini qabul qilish ovqatdan keyin, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan amalga oshiriladi.
Ushbu preparat har 8-12 soatda 1 tabletkadan qabul qilinadi. Kuniga maksimal 3 tabletkadan ko'p bo'lmagan miqdorda qabul qilish mumkin.
Ushbu preparatni qabul qilish birinchi simptomlar paydo bo'lganda boshlanadi va simptomatika dinamikasini hisobga olgan holda bir necha kun davom etadi. Biroq eng kam dozani imkon qadar qisqa vaqt ichida qabul qilish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga aniq dozalash va davolash davomiyligi davolovchi shifokor tomonidan individual tartibda belgilanadi.
Keksa yoshdagi va jigar va/yoki buyrak faoliyatining engil yoki o'rtacha darajadagi buzilishlaridan aziyat chekadigan bemorlar dozani to'g'irlashga muhtoj emas. 65 yoshdan katta yoshda ehtiyotkorlik bilan qabul qilinadi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. BLOKIUM V12 tabletkalari N15 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

BLOKIUM V12 tabletkalari N15 o'xshash dorilari

Aviten kukuni 20mg N1
Aviten kukuni 20mg N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Montage Laboratories Pvt. Ltd
•4 ta dorixonada bor
Narxi
54 999 so'm dan
NUROFEN tabletkalari 200mg N10
Retseptsiz
NUROFEN tabletkalari 200mg N10
Buyuk Britaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Rekitt Benkizer Xelsker Interneshnl Ltd
•99 ta dorixonada bor
Narxi
22 000 so'm dan
KETONAL DUO kapsulalar  150mg N30
Retseptli
KETONAL DUO kapsulalar 150mg N30
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Lek d.d.
•112 ta dorixonada bor
Narxi
51 100 so'm dan

BLOKIUM V12 tabletkalari N15 analoglari

VOLTAREN EMUL gel 20g 1%
VOLTAREN EMUL gel 20g 1%
Shveytsariya
Ishlab chiqaruvchi:
GSK Konsyumer Xelsker S.A.
•93 ta dorixonada bor
Narxi
32 000 so'm dan
DIKLOVIT suppozitorii 50mg №10
DIKLOVIT suppozitorii 50mg №10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm, AO
•7 ta dorixonada bor
Narxi
35 100 so'm dan
DIKLOBERL RETARD kapsulalar  100mg N20
Retseptli
DIKLOBERL RETARD kapsulalar 100mg N20
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Germaniya proizvedeno: Menarini-Von Heyden GmbH
•118 ta dorixonada bor
Narxi
43 900 so'm dan
DIKLOVIT kapsulalar  N30
Retseptli
DIKLOVIT kapsulalar N30
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
•9 ta dorixonada bor
Narxi
53 000 so'm dan
FANIGAN FAST gel 30g
FANIGAN FAST gel 30g
Hindiston
Vakil:
Kusum
Ishlab chiqaruvchi:
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
•107 ta dorixonada bor
Narxi
21 080 so'm dan
DIKLOBERL inyeksiya uchun eritma 75mg/3ml N75
Retseptli
DIKLOBERL inyeksiya uchun eritma 75mg/3ml N75
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Germaniya proizvedeno: A.Menarini Manufacturing Logistics and Services s.r.l.
•43 ta dorixonada bor
Narxi
15 200 so'm dan
XELPODIK inyeksiya uchun eritma 3ml 75mg/3ml N5
Retseptli
XELPODIK inyeksiya uchun eritma 3ml 75mg/3ml N5
Gretsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Help S.A.
•10 ta dorixonada bor
Narxi
31 679 so'm dan
DIKLOBRAUN inyeksiya uchun eritma 3ml 25mg/ml N5
Retseptli
DIKLOBRAUN inyeksiya uchun eritma 3ml 25mg/ml N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Brawn Laboratories Limited
•1 ta dorixonada bor
Narxi
32 300 so'm dan
DISTOFEN gel 25g
Retseptsiz
DISTOFEN gel 25g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
SR Medicare Pvt. Ltd., Indiya proizvedeno: Brassica Pharma Pvt. Ltd
•3 ta dorixonada bor
Narxi
32 000 so'm dan
KLODIFEN inyeksiya uchun eritma 3ml 75mg/3ml N5
Retseptsiz
KLODIFEN inyeksiya uchun eritma 3ml 75mg/3ml N5
Misr
Ishlab chiqaruvchi:
World Medicine Limited, Velikobritaniya proizvedeno: E.I.P.I.Co.
•21 ta dorixonada bor
Narxi
49 000 so'm dan
NAKLOFEN inyeksiya uchun eritma 75mg/3ml N5
Retseptli
NAKLOFEN inyeksiya uchun eritma 75mg/3ml N5
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
•123 ta dorixonada bor
Narxi
25 000 so'm dan
Bolnol DF eritmasi 3ml 75mg / 3ml N10
Bolnol DF eritmasi 3ml 75mg / 3ml N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Parenteral Ltd.
•4 ta dorixonada bor
Narxi
33 600 so'm dan

BLOKIUM V12 tabletkalari N15 haqida savollar

BLOKIUM V12 tabletkalari N15 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil