IBUPROFEN 50,0 gel 5%

IBUPROFEN 50,0 gel 5% haqida qo'llanma
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganda ibuprofen MIY dan deyarli to'liq so'riladi. Ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish so'rilish tezligini sekinlashtiradi. Jigarda metabolizmga uchraydi (90%). T1/2 2-3 soatni tashkil qiladi.
Dozaning 80% siydik bilan asosan metabolitlar ko'rinishida (70%), 10% - o'zgarmagan holda chiqariladi; 20% ichak orqali metabolitlar ko'rinishida chiqariladi.
Farmakologik ta'siri
Og'riq qoldiruvchi Yallig'lanishga qarshi
Nojo'ya samaralari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez - ko‘ngil aynishi, anoreksiya, qusish, epigastriyada noqulaylik hissi, diareya; MIY eroziv-yarali shikastlanishlari rivojlanishi mumkin; kam hollarda - MIY dan qon ketishlar; uzoq vaqt qo‘llanilganda jigar funktsiyasining buzilishi mumkin.
MNS va periferik nerv tizimi tomonidan: tez-tez - bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquning buzilishi, qo‘zg‘alish, ko‘rishning buzilishi.
Qon yaratish tizimi tomonidan: uzoq vaqt qo‘llanilganda anemiya, trombositopeniya, agranulotsitoz bo‘lishi mumkin.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: uzoq vaqt qo‘llanilganda buyrak funktsiyasining buzilishi mumkin.
Allergik reaksiyalar: tez-tez - teri toshmasi, Kvinke shishi; kam hollarda - aseptik meningit (ko‘pincha autoimmun kasalliklari bo‘lgan bemorlarda), bronxospastik sindrom.
Mahalliy reaksiyalar: sirtga qo‘llanilganda teri giperemiyasi, achishish yoki sanchish hissi bo‘lishi mumkin
Maxsus saqlash sharoitlari
Yondosh jigar va buyrak kasalliklari, surunkali yurak yetishmovchiligi, davolash boshlanishidan oldin dispeptik simptomlar bo'lganda, jarrohlik aralashuvlari o'tkazilgandan so'ng bevosita, anamnezda J-IT dan qon ketishlar va J-IT kasalliklari, NYAQV qabul qilish bilan bog'liq allergik reaksiyalar ko'rsatilganda ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.
Davolash jarayonida jigar va buyrak funksiyalarini, periferik qon manzarasini tizimli nazorat qilish zarur.
Terining shikastlangan sohalarida sirtga qo'llash kerak emas.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
MIY eroziv-yarali shikastlanishlari zo'rayish bosqichida, ko'ruv nervi kasalliklari, "aspirin triadasi", qon yaratishning buzilishi, yaqqol jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi; ibuprofenga yuqori sezuvchanlik.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Bir vaqtda qo'llanilganda ibuprofcn antigipertenziv vositalar (AO'F ingibitorlari, beta-adrenoblokatorlar), diuretiklar (furosemid, gipotiazid) ta'sirini kamaytiradi.
Antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda ularning ta'siri kuchayishi mumkin.
GKS bilan bir vaqtda qo'llanilganda OIT tomonidan nojo'ya ta'sir rivojlanish xavfi ortadi.
Bir vaqtda qo'llanilganda ibuprofen bevosita bo'lmagan antikoagulyantlarni (atsetokumarol), gidantoin hosilalarini (fenitoin), sulfonilmoчевина hosilalari peroral gipoglikemik preparatlarni qon plazmasi oqsillari bilan birikmalaridan siqib chiqarishi mumkin.
Amlodipin bilan bir vaqtda qo'llanilganda amlodipinning antigipertenziv ta'siri biroz kamayishi mumkin; atsetilsalitsil kislotasi bilan - qon plazmasida ibuprofen kontsentratsiyasi kamayadi; baklofen bilan - baklofenning toksik ta'siri kuchayishi holati ta'riflangan.
Varfarin bilan bir vaqtda qo'llanilganda qon ketish vaqti uzayishi mumkin, shuningdek mikrogematuriya, gematomalar kuzatilgan;
Dozirovkasi
Sirtqi 2-3 hafta davomida qo'llaniladi.
Kattalar uchun ichishga yoki rektal qabul qilinganda maksimal sutkalik doza 2.4 g ni tashkil qiladi.
IBUPROFEN 50,0 gel 5% o'xshash dorilari




IBUPROFEN 50,0 gel 5% xususiyatlari
Ibuprofen boshqa chiqarish shakllari

IBUPROFEN 50,0 gel 5% analoglari









1









