IBUPROFEN kapsulalar 400mg N10
IBUPROFEN kapsulalar 400mg N10 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganda ibuprofen MITYdan deyarli to'liq so'riladi. Bir vaqtning o'zida ovqat qabul qilish so'rilish tezligini sekinlashtiradi. Jigarda metabollanadi (90%). T 2-3 soatni tashkil qiladi.
Farmakologik ta'siri
NYAQV, fenilpropion kislotasi hosilasi. Yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Ta’sir mexanizmi TsOG - yallig‘lanish, og‘riq va isitma patogenezida muhim rol o‘ynovchi prostaglandinlar o‘tmishdoshi bo‘lgan araxidon kislotasi metabolizmining asosiy fermenti faolligini bostirish bilan bog‘liq. Og‘riq qoldiruvchi ta’siri ham periferik (bilvosita, prostaglandinlar sintezini bostirish orqali), ham markaziy mexanizm (markaziy va periferik nerv tizimida prostaglandinlar sintezini ingibitsiya qilish) bilan bog‘liq. Trombotsitlar agregatsiyasini bostiradi.
Sirtga qo‘llanilganda yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Ertalabki qotib qolishni kamaytiradi, bo‘g‘imlarda harakat hajmini oshirishga yordam beradi.
Nojo'ya samaralari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez - ko'ngil aynishi, anoreksiya, qusish, epigastriyada noqulaylik hissi, diareya; MITY eroziv-yarali shikastlanishlari rivojlanishi mumkin; kamdan-kam hollarda - MITY dan qon ketishlar; uzoq muddat qo'llanilganda jigar funksiyasining buzilishi mumkin.
MNS va periferik asab tizimi tomonidan: tez-tez - bosh og'rig'i, bosh aylanishi, uyqu buzilishi, qo'zg'alish, ko'rishning buzilishi.
Qon yaratish tizimi tomonidan: uzoq muddat qo'llanilganda anemiya, trombotsitopeniya, agranulotsitoz bo'lishi mumkin.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: uzoq muddat qo'llanilganda buyrak funksiyasining buzilishi mumkin.
Allergik reaksiyalar: tez-tez - teri toshmasi, Kvinke shishi; kamdan-kam hollarda - aseptik meningit (ko'pincha autoimmun kasalliklari bo'lgan bemorlarda), bronxospastik sindrom.
Mahalliy reaksiyalar: sirtqi qo'llanilganda teri giperemiyasi, achishish yoki sanchish hissi bo'lishi mumkin.
Maxsus saqlash sharoitlari
Jigar va buyrakning yo'ldosh kasalliklarida, surunkali yurak yetishmovchiligida, davolash boshlanishidan oldin dispeptik simptomlarda, jarrohlik aralashuvlari o'tkazilgandan so'ng darhol, anamnezda OIT dan qon ketishlar va OIT kasalliklari, NYQP qabul qilish bilan bog'liq allergik reaksiyalar ko'rsatilganda ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.
Davolash jarayonida jigar va buyrak funksiyalarini, periferik qon manzarasini tizimli nazorat qilish zarur.
Shikastlangan teri sohalariga sirtqi qo'llash mumkin emas.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Zo'rayish bosqichidagi MIO eroziv-yarali shikastlanishlari, ko'ruv nervi kasalliklari, "aspirinli triada", qon yaratishning buzilishi, buyrak va/yoki jigar funksiyasining yaqqol buzilishlari; homiladorlikning III trimestri; ibuprofenga yuqori sezuvchanlik.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Bir vaqtda qo‘llanilganda ibuprofen antigipertenziv vositalar (AOF ingibitorlari, beta-adrenoblokatorlar), diuretiklar (furosemid, gidroxlorotiazid) ta’sirini kamaytiradi.
Antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda ularning ta’siri kuchayishi mumkin.
GKS bilan bir vaqtda qo‘llanilganda OIT tomonidan nojo‘ya ta’sir rivojlanish xavfi ortadi.
Bir vaqtda qo‘llanilganda ibuprofen bilvosita antikoagulyantlar (atsenokumarol), gidantoin hosilalari (fenitoin), peroral gipoglikemik preparatlar sulfanilkarbamid hosilalarini qon plazmasi oqsillari bilan birikmalardan siqib chiqarishi mumkin.
Amlodipin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda amlodipinning antigipertenziv ta’sirining biroz kamayishi mumkin; atsetilsalitsil kislotasi bilan – qon plazmasida ibuprofen konsentratsiyasi kamayadi; baklofen bilan – baklofen toksik ta’sirining kuchayishi holati tasvirlangan.
Varfarin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda qon ketish vaqtining uzayishi mumkin, shuningdek mikrogematuriya, gematomalar kuzatilgan; kaptopril bilan – kaptoprilning antigipertenziv ta’sirining kamayishi mumkin; kolestiramin bilan – ibuprofen so‘rilishining o‘rtacha darajada kamayishi.
Litiy karbonati bilan bir vaqtda qo‘llanilganda qon plazmasida litiy konsentratsiyasi oshadi.
Magniy gidroksidi bilan bir vaqtda qo‘llanilganda ibuprofenning boshlang‘ich so‘rilishi oshadi; metotreksat bilan – metotreksat toksikligi oshadi.
Dozirovkasi
Muayyan preparatni qo'llash usuli va dozalash rejimi uning chiqarilish shakli va boshqa omillarga bog'liq. Optimal dozalash rejimini shifokor belgilaydi. Qo'llanilayotgan preparatning dori shakli foydalanish ko'rsatmalariga va dozalash rejimiga qat'iy mos kelishiga rioya qilish kerak.
Hajm/og'irlik
IBUPROFEN kapsulalar 400mg N10 o'xshash dorilari



Ibuprofen boshqa chiqarish shakllari






IBUPROFEN kapsulalar 400mg N10 analoglari







{
"data": {
"id": 60544,
"stores_apteka_id": 346065,
"slug": "ibuprofen-kapsuly-400-mg-10sht",
"stores_apteka_slug": "ibuprofen-kaps-400mg-n10",
"name": "IBUPROFEN kapsulalar 400mg N10",
"brand_name": "IBUPROFEN",
"image": null,
"atx_code": "M01AE01",
"drug_form_id": 3,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "non_prescription",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Nika Pharm, DXO",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 491,
"slug": "protivovospalitelnye",
"name": "Yallig'lanishga qarshi",
"external_link_title": "",
"external_link": ""
},
"drug_group": {
"id": 6628,
"slug": "ibuprofen",
"name": "Ibuprofen"
},
"is_purchasable": false,
"country": {
"id": 1,
"slug": "uzbekistan",
"name": "O'zbekiston"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 7254,
"slug": "ibuprofen",
"name": "Ibuprofen"
}
],
"tags": []
}
}












