METROGIL gel 30g 1%

METROGIL gel 30g 1% o'xshash dorilari

METROGIL gel 30g 1% qo'llanmasi
5 g Metrogil® bir marta intravaginal kiritilgandan so'ng qon zardobidagi preparatning o'rtacha maksimal konsentratsiyasi - 237 ng/ml, bu 500 mg dozada ichga qabul qilinganda metronidazolning o'rtacha maksimal konsentratsiyasining 2% ini tashkil qiladi. Maksimal konsentratsiyaga erishish vaqti bir martalik doza 5 g intravaginal qo'llanilgandan so'ng 6-12 soatni tashkil qiladi.
Intravaginal kiritilgandan so'ng preparat tizimli absorbsiyaga uchraydi (taxminan 56%). Ko'krak suti va ko'pchilik to'qimalarga kirib boradi, gematoensefalik to'siq va yo'ldosh orqali o'tadi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi - 20% dan kam. Jigarda gidroksillanish, oksidlanish va glyukuronlanish yo'li bilan metabolizmga uchraydi. Asosiy metabolit (2-oksimetronidazol) faolligi - dastlabki birikma faolligining 30% i.
Vaginal gelning nisbiy biokiraolishligi metronidazol vaginal tabletkalarining bir martalik dozasi (500 mg) biokiraolishligidan 2 baravar yuqori, bu preparatning qin suyuqligiga yuqori kirib borish qobiliyati bilan bog'liq. Shuning uchun intravaginal kiritilgandan so'ng terapevtik samaraga metronidazolning past konsentratsiyalarida ham erishiladi.
Mahalliy reaksiyalar: achishish hissi yoki tez-tez siydik chiqarish, vulvit; jinsiy sherikda - jinsiy olatning achishish hissi yoki ta’sirlanishi.
Preparat bekor qilingandan so‘ng - qin kandidozi rivojlanishi.
Tizimli effektlar rivojlanishi mumkin: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, og‘iz qurishi, ta’m sezishning o‘zgarishi, shu jumladan «metall» ta’mi, ko‘ngil aynishi, qusish, ishtaha pasayishi, qorin bo‘shlig‘ida spastik og‘riqlar, qabziyat yoki diareya, siydikning to‘q rangga bo‘yalishi, leykopeniya yoki leykotsitoz.
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, eshakemi.
Har qanday nomaqbul nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lganda davolashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish zarur!
Jinsiy sheriklarni bir vaqtda davolash tavsiya etiladi.
Davolash kursi davomida jinsiy hayotdan saqlanish zarur.
Trichomonas vaginalis chaqirgan vaginitda jinsiy sherikni ichga qabul qilish uchun metronidazol bilan bir vaqtda davolash maqsadga muvofiqdir.
Preparat ichga qabul qilish uchun metronidazol bilan birga qo'llanilganda, ayniqsa takroriy kursda, periferik qon manzarasini nazorat qilish zarur (leykopeniya xavfi).
Davolash davrida alkogol qabul qilish mumkin emas (disulfiramsimon reaktsiya rivojlanishi mumkin: spazmatik og'riqlar, ko'ngil aynishi, qusish, bosh og'rig'i, yuzga qonning to'satdan quyilishi).
Metrogil® treponemalarni immobilizatsiya qilishi va Nelson testining soxta musbat natijasiga olib kelishi mumkin.
Gipersezuvchanlik (shu jumladan nitroimidazol hosilalariga), leykopeniya (shu jumladan anamnezda), harakatlar koordinatsiyasining buzilishi, markaziy asab tizimining organik shikastlanishlari (shu jumladan epilepsiya), jigar yetishmovchiligi.
Homiladorlik - I trimestr, laktatsiya davri.
Homiladorlik va laktatsiya:
Homiladorlikning II va III trimestrlarida - ona uchun potentsial foyda va homila uchun mumkin bo'lgan xavfni taqqoslagan holda, faqat hayotiy ko'rsatmalar bo'yicha.
Faqat intravaginal qo'llash uchun!
Disulfiramga o'xshab etanolni ko'tara olmaslikni chaqiradi.
Bevosita bo'lmagan antikoagulyantlar ta'sirini kuchaytiradi, nodepolyarizatsiyalovchi miorelaksantlar (vekuroniy bromid) bilan kombinatsiya qilish tavsiya etilmaydi.
Litiy preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilinganda qon plazmasida litiy kontsentratsiyasi oshishi mumkin.
Fenobarbital jigar mikrosomal fermentlari induktsiyasi hisobiga metronidazol metabolizmini tezlashtiradi, simetidin - pasaytiradi, bu uning qon zardobidagi kontsentratsiyasi oshishiga va nojo'ya ta'sirlar rivojlanish xavfi oshishiga olib kelishi mumkin.
DozalashIntravaginal tavsiya etilgan doza kuniga 2 marta (ertalab va kechqurun) 5 g (bitta to'liq aplikator) ni tashkil qiladi.
Davolash kursi - 5 kun.Dozani oshirib yuborishUshbu yuborish usulida preparat dozasini oshirib yuborish holatlari qayd etilmagan.
Xususiyatlar METROGIL gel 30g 1%
Metrogil boshqa chiqarish shakllari









METROGIL gel 30g 1% analoglari

















