NIMESULID 0,1 tabletkalari N20

NIMESULID 0,1 tabletkalari N20 o'xshash dorilari


NIMESULID 0,1 tabletkalari N20 qo'llanmasi
Ichga qabul qilingandan so'ng nimesulid MIY dan yaxshi so'riladi, qon plazmasida Cmax ga 1-2 soatdan keyin erishiladi.
Oqsillar bilan bog'lanishi 99% ni tashkil qiladi. 100 mg bir martalik doza ichga qabul qilingandan so'ng nimesulid ayollar jinsiy organlari to'qimalarida plazmadagi konsentratsiyaning 40% ini tashkil qiluvchi konsentratsiyada mavjud bo'ladi.
Jigarda metabolizmga uchraydi, asosiy metabolit gidroksinimesulid farmakologik faollikka ega.
Plazmadan T1/2 2-3 soatni tashkil qiladi.
Organizmdan asosan siydik bilan chiqariladi, dozaning taxminan 98% 24 soat ichida chiqariladi. Uzoq muddatli davolashda nimesulidning kumulyatsiyasi kuzatilmaydi.
Og'riq qoldiruvchi Yallig'lanishga qarshi
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: zarda, ko‘ngil aynishi, me’dada og‘riqlar; alohida hollarda - qora axlat, melena (qon ketishlar va MITYning eroziv-yarali shikastlanishlari bilan bog‘liq).
MNS tomonidan: kam hollarda - bosh og‘riqlari, bosh aylanishi, uyquchanlik.
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, eritema, eshakemi.
Boshqalar: kam hollarda - oliguriya, organizmda suyuqlik tutilishi, mahalliy yoki tizimli shishlar; alohida hollarda - trombotsitopenik purpura.
Ichga qabul qilinganda buyrak funktsiyasi buzilishi bo'lgan bemorlarda, arterial gipertenziyada, yurak faoliyati buzilishlarida, ko'rish buzilishlarida ehtiyotkorlik bilan qo'llanilishi kerak.
Sirtga qo'llanilganda buyrak, jigar funktsiyasi buzilishlari, dimlangan yurak yetishmovchiligi bo'lgan keksa yoshdagi bemorlar holati ustidan shifokor nazorati talab etiladi.
Pediatriyada qo'llanilganda bolalar uchun mo'ljallangan dori shakllaridan foydalanish kerak. 6 yoshgacha bo'lgan bolalarda nimesulid sirtga qo'llanilganda shifokor nazorati talab etiladi.
Avtotransportni boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Nimesulid ichga qabul qilinganda bosh aylanishi va uyquchanlikni chaqirishi mumkinligi sababli, uni diqqatni yuqori jamlashni va tezkor psixomotor reaktsiyalarni talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanuvchi bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Zo'rayish bosqichidagi me'da va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi, M IT dan o'tkir qon ketish, o'rtacha va yaqqol jigar yetishmovchiligi, buyrak yetishmovchiligi (KK 30 ml/min dan kam), homiladorlik, laktatsiya; nimesulidga va boshqa NYQV larga (shu jumladan atsetilsalitsil kislotasiga) yuqori sezuvchanlik.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi
Nimesulidni homiladorlikda va laktatsiya davrida qo'llash mumkin emas.
Nimesulidning embriotoksik va tokolitik ta'siriga bevosita ko'rsatmalar yo'q.
Pediatriyada qo'llanilganda bolalar uchun mo'ljallangan dori shakllaridan foydalanish kerak. 6 yoshgacha bo'lgan bolalarda nimesulid sirtga qo'llanilganda shifokor nazorati talab etiladi.
Nimesulid digoksin, fenitoin, litiy preparatlari, diuretiklar, antigipertenziv preparatlar, boshqa NYQV, antikoagulyantlar, siklosporin, metotreksat, peroral gipoglikemik vositalar bilan bir vaqtda ichga qabul qilinganda dori o'zaro ta'siri namoyon bo'lishi mumkin.
Bolalar uchun maksimal doza - 5 mg/kg/sut 2-3 qabulda.
Xususiyatlar NIMESULID 0,1 tabletkalari N20
Nimesulid boshqa chiqarish shakllari
























