Apteka.uz
SavatKirish

NIMESULID 0,1 tabletkalari N20

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Faol modda:Nimesulid
Ishlab chiqaruvchi:OZON FARM, OOO
Teglar:Og'riqdan
ATX kodi:M01AX17
Barcha Nimesulid dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

NIMESULID 0,1 tabletkalari N20 haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

Nimesulid me'da-ichak yo'lidan tez va deyarli to'liq so'riladi. Ovqat qabul qilish so'rilish tezligini pasaytiradi, uning darajasiga ta'sir qilmaydi. 100 mg 1 tabletka qabul qilingandan so'ng qon plazmasidagi maksimal konsentratsiyaga (Smax) (taxminan 4 mkg/ml) 2-3 soat ichida erishiladi. Preparat dozasi bog'lanish darajasiga ta'sir qilmaydi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi - 95% dan ortiq. Taqsimlanish hajmi - 0,18 va 0,39 l/kg orasida. Peroral qo'llanilgandan so'ng sinovial membrana orqali o'tadi va bo'g'im atrofidagi suyuqlikda plazmadagidan yuqori konsentratsiyaga 3 dan 12 soatgacha bo'lgan muddatda erishadi.

1 tabletka (100 mg) qabul qilingandan so'ng ayollar reproduktiv organlaridagi nimesulid konsentratsiyasi uning plazma konsentratsiyasining 35- 50% iga yetadi. Plazma oqsillari bilan bog'lanish buyrak va jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda pasayadi.

Nimesulid jigarda to'qima monooksigenazalari tomonidan metabolizmga uchraydi, deyarli to'liq faol metabolitgacha (4- gidroksinimesulid) metabolizmga uchraydi.

Nimesulidning yarim chiqarilish davri (Т1/2) 2-5 soatni, faol metabolitniki esa - 3 - 6 soatni tashkil qiladi.

Buyraklar orqali erkin yoki kon'yugatsiyalangan metabolit shaklida (50-71%) va safro bilan (21-29%) chiqariladi.

Farmakologik ta'siri

Og'riq qoldiruvchi Yallig'lanishga qarshi

Nojo'ya samaralari

Nojo‘ya effektlar paydo bo‘lish tezligi quyidagicha taqsimlangan: tez-tez - 1- 10%; tez-tez emas - 0.1-1%; kam hollarda - 0.01-0.1%; juda kam hollarda - 0.001% dan kam, shu jumladan alohida holatlar.

Markaziy asab tizimi tomonidan: tez-tez emas - bosh aylanishi; kam hollarda - qo‘rquv, asabiylik, "dahshatli" tush ko‘rishlar; juda kam hollarda - bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, Reye sindromi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas - arterial bosimning pasayishi; kam hollarda - taxikardiya, yuz va tana yuqori yarmiga qon "oqib kelish".

Siydik-tanosil tizimi tomonidan: tez-tez emas - shishlar; kam hollarda - dizuriya, gematuriya, siydik tutilishi; juda kam hollarda - buyrak yetishmovchiligi, oliguriya, interstitsial nefrit.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez - diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, "jigar" transaminazalari faolligining oshishi; tez-tez emas - qabziyat, meteorizm, gastrit; juda kam hollarda - qorinda og‘riq, stomatit, qora axlat, me’da-ichak yo‘llaridan qon ketishi, me’da yoki 12 barmoqli ichak yarasi va/yoki perforatsiyasi, gepatit, sh.j. yashin tezligidagi, sariqlik, xolestaz.

Teri qoplamalari tomonidan: tez-tez emas - qichishish, toshma, terlashning kuchayishi; kam hollarda - eritema, dermatit; juda kam hollarda - eshakemi, angionevrotik shish, yuz shishi, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, sh.j. Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi).

Qon yaratish a’zolari tomonidan: kam hollarda - anemiya, eozinofiliya; juda kam hollarda - trombotsitopeniya, pantsitopeniya, purpura, gemorragiyalar, qon ketish vaqtining uzayishi. Nafas olish tizimi tomonidan: tez-tez emas - hansirash; juda kam hollarda - mavjud bronxial astmaning zo‘rayishi, bronxospazm.

Sezgi a’zolari tomonidan: kam hollarda - ko‘rish noaniqligi.

Allergik reaksiyalar: kam hollarda - o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari; juda kam hollarda - anafilaktoid reaksiyalar.

Boshqalar: tez-tez emas - giperkaliemiya; kam hollarda - umumiy holsizlik; juda kam hollarda - gipotermiya.

Maxsus saqlash sharoitlari

Har 2 haftada jigar funktsional sinamalarini nazorat qilish kerak. Jigar shikastlanishi belgilari (teri qichishishi, sariqlik, ko'ngil aynishi, qusish, qorinda og'riq, siydikning to'q rangga kirishi, "jigar" transaminazalari faolligining oshishi) paydo bo'lganda preparat qabul qilishni darhol to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak. Boshqa NYQP qabul qilgan bemorlarda ko'rish buzilishlari haqidagi xabarlarni hisobga olib, har qanday ko'rish buzilishi paydo bo'lganda davolash darhol to'xtatilishi va oftalmologik tekshiruv o'tkazilishi kerak. Preparat suyuqlik tutilishini chaqirishi mumkin, shuning uchun yuqori arterial qon bosimi va yurak kasalliklari bo'lgan bemorlarda nimesulidni o'ta ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Agar bemorlar nimesulid bilan bir qatorda oshqozon-ichak traktiga ta'siri xos bo'lgan dori vositalarini qabul qilsalar, ular muntazam shifokor nazoratidan o'tishlari kerak. Preparatni boshqa NYQP bilan bir vaqtda qo'llamaslik kerak. Nimesulid trombotsitlar agregatsiyasini pasaytirishi mumkin, biroq u yurak-qon tomir kasalliklarida antiagregantlarning (shu jumladan atsetilsalitsil kislotasi, klopidogrel, tiklopidin) profilaktik ta'sirini o'rnini bosmaydi. Preparatni qo'llash ayollar fertilligiga salbiy ta'sir qilishi mumkin va homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarga tavsiya etilmaydi.

Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:

Preparatni qabul qilish davrida transport vositalarini boshqarishda va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Gipersezuvchanlik, bronxial astma, burun shilliq qavati yoki burun yondosh bo'shliqlarining qaytalanuvchi polipozi to'liq yoki to'liq bo'lmagan kombinatsiyasi.

Atsetilsalitsil kislotasi va boshqa NYQPlarni o'zlashtira olmaslik (shu jumladan anamnezda). Oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak shilliq qavatining eroziv-yarali shikastlanishlari, faol oshqozon-ichakdan qon ketish, serebrovaskulyar yoki boshqa qon ketish, ichakning yallig'lanish kasalliklari (Kron kasalligi, yarali kolit) zo'rayish fazasida.

Gemofiliya va qon ivishining boshqa buzilishlari, dekompensatsiyalangan surunkali yurak yetishmovchiligi (SYuE).

Jigar yetishmovchiligi yoki har qanday faol jigar kasalligi, anamnezda nimesulidni qo'llashda gepatotoksik reaktsiyalar, alkogolizm, giyohvandlik, boshqa gepatotoksik dori vositalarini bir vaqtda qabul qilish.

Yaqqol surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBE) (kreatinin klirensi 30 ml/min dan kam), buyrak kasalliklarining zo'rayishi, tasdiqlangan giperkaliemiya.

Aortokoronar shuntlash o'tkazilgandan keyingi davr, homiladorlik, ko'krak suti bilan emizish davri, 12 yoshgacha bo'lgan bolalar.

Laktozani o'zlashtira olmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi.

Ehtiyotkorlik bilan:

Yurak ishemik kasalligi (YIK), serebrovaskulyar kasalliklar, surunkali yurak yetishmovchiligi (SYuE), periferik arteriyalar kasalliklari. Dislipidemiya/giperlipidemiya, M IT yarali shikastlanishi rivojlanishi haqida anamnestik ma'lumotlar, Helicobacter pylori infektsiyasi mavjudligi. NYQPni uzoq vaqt qo'llash, antikoagulyantlar (shu jumladan varfarin), antiagregantlar (shu jumladan atsetilsalitsil kislotasi, klopidogrel), peroral glyukokortikoidlar, serotoninni qayta qamrab oluvchi selektiv ingibitorlarni (shu jumladan tsitalopram, fluoksetin, paroksetin, sertralin) bir vaqtda qabul qilish.

Buyrak yetishmovchiligi (KK 30-60 ml/min), qandli diabet, og'ir somatik kasalliklar, keksa yosh, chekish.



Homiladorlik va laktatsiya:

Homiladorlik

Homiladorlik vaqtida nimesulid mumkin emas (bachadon atoniyasi va homilada arterial yo'lning muddatidan oldin yopilish xavfi).

Ko'krak suti bilan emizish

Nimesulid ko'krak suti bilan ajralib chiqadi. Preparat bilan davolash zarur bo'lsa, ko'krak suti bilan emizishni to'xtatish kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Salitsilatlar yoki boshqa NYQV - me'da-ichak traktida yaralar hosil bo'lishi xavfi ortishi sababli nimesulid bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi. Nimesulid salitsil kislotasini plazma proteinlari bilan bog'lanishidan siqib chiqaradi.

Peroral antikoagulyantlar - nimesulid va atsenokumarol bilan bir vaqtda davolashda qon ketishlar paydo bo'lishi xavfi yuqori. Davolashning dastlabki kunlarida protrombin vaqtini nazorat qilish zarur.

Metotreksat - bir vaqtda qo'llanilganda nimesulid nojo'ya ta'sirlar rivojlanishi imkoniyatini oshirishi mumkin.

Geparin (parenteral) - qon ketishlar xavfi ortadi.

Litiy - bir vaqtda qo'llanilganda nimesulid qon plazmasida litiy konsentratsiyasini oshiradi. Litiy toksikligi bilan bog'liq nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lishi xavfi ortadi.

Furosemid va tiazidli diuretiklar - NYQV natriyuretik ta'sirni pasaytiradi. Nimesulid va furosemid bilan bir vaqtda davolashda suv-tuz balansi va furosemidning diuretik ta'sirini kuzatish zarur.

APF ingibitorlari - NYQV antigipertenziv ta'sirni kamaytiradi. Kombinatsiyalangan davolash zarur bo'lganda, ushbu o'zaro ta'sirni hisobga olish kerak. Tiklopidin - sinergik antiagregant ta'sir tufayli qon ketishlar xavfi ortadi.

Beta-blokatorlar - nimesulid bilan bir vaqtda qo'llanilganda ularning antigipertenziv ta'siri kamayadi.

Siklosporin - nimesulid bilan bir vaqtda qo'llanilganda, ayniqsa keksa yoshdagi bemorlarda nefrotoksik ta'sir kuchayishi xavfi yuqori.

Dozirovkasi

DozalashKattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga ichga, yetarli miqdordagi suv bilan, afzalrog'i ovqatdan keyin. Minimal samarali dozani minimal mumkin bo'lgan qisqa kurs bilan qo'llash kerak. Kattalarga ichga 1 tabletkadan sutkasiga 2 marta. Oshqozon-ichak trakti kasalliklari mavjud bo'lganda preparatni ovqatlanish oxirida yoki ovqatdan keyin qabul qilish maqsadga muvofiq. Kattalar uchun maksimal sutkalik doza - 200 mg. Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga sutkalik dozani 100 mg gacha kamaytirish talab etiladi.Dozani oshirib yuborishBelgilari: apatiya, uyquchanlik, ko'ngil aynishi, qusish, oshqozon-ichak traktidan qon ketishi, arterial qon bosimining oshishi, o'tkir buyrak yetishmovchiligi, nafas olishning susayishi.

Davolash: simptomatik va tutib turuvchi terapiya. Maxsus antidot yo'q. Dozani oshirib yuborishdan keyingi dastlabki 4 soat ichida quyidagilar tavsiya etiladi: qusishni chaqirish, faollashtirilgan ko'mir qabul qilish (1 g/kg tana vazni). Jadallashtirilgan diurez, gemodializ samarasiz.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. NIMESULID 0,1 tabletkalari N20 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

NIMESULID 0,1 tabletkalari N20 o'xshash dorilari

KETONAL kapsulalar  50mg N25
Retseptli
KETONAL kapsulalar 50mg N25
Sloveniya/Rossiya
Ishlab chiqaruvchi:
Sandoz Pharmaceuticals d.d., Sloveniya proizvedeno: Lek d.d.
•104 ta dorixonada bor
Narxi
26 900 so'm dan
NUROFEN DLYA DETEY suspenziya so vkusom klubniki 150ml 100mg/5ml
Retseptsiz
NUROFEN DLYA DETEY suspenziya so vkusom klubniki 150ml 100mg/5ml
Buyuk Britaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Rekitt Benkizer Xelsker (Velikobritaniya) Limited
•101 ta dorixonada bor
Narxi
45 000 so'm dan
XONDROKSID gel 30g 5%
Retseptsiz
XONDROKSID gel 30g 5%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm, AO
Narxi
45 000 so'm dan
NUROFEN tabletkalari 200mg N10
Retseptsiz
NUROFEN tabletkalari 200mg N10
Buyuk Britaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Rekitt Benkizer Xelsker Interneshnl Ltd
•101 ta dorixonada bor
Narxi
22 000 so'm dan

NIMESULID 0,1 tabletkalari N20 xususiyatlari

NIMESULID 0,1 tabletkalari N20 analoglari

NAYZ gel 50 g 1%
NAYZ gel 50 g 1%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
D-r Reddi s Laboratoris Ltd
•4 ta dorixonada bor
Narxi
62 600 so'm dan
NAYZ gel 20 g 1%
NAYZ gel 20 g 1%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
D-r Reddi s Laboratoris Ltd
•123 ta dorixonada bor
Narxi
25 800 so'm dan
NIMULID gel 30 g 1%
Retseptli
NIMULID gel 30 g 1%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Panacea Biotec Ltd
•22 ta dorixonada bor
Narxi
27 000 so'm dan
NAYZ tabletkalari 100mg N20
Retseptli
NAYZ tabletkalari 100mg N20
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Dr.Reddy's Laboratories Ltd
•125 ta dorixonada bor
Narxi
32 800 so'm dan
NIMID tabletkalari 100mg N10
Retseptli
NIMID tabletkalari 100mg N10
Hindiston
Vakil:
Kusum
Ishlab chiqaruvchi:
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
•3 ta dorixonada bor
Narxi
15 000 so'm dan
SUARON poroshok 100mg N10
Retseptsiz
SUARON poroshok 100mg N10
Gruziya
Vakil:
GMP
Ishlab chiqaruvchi:
GM Pharmaceuticals Ltd.
•1 ta dorixonada bor
Narxi
25 000 so'm dan
SUARON tabletkalari 100mg N20
SUARON tabletkalari 100mg N20
Gruziya
Vakil:
GMP
Ishlab chiqaruvchi:
GM Pharmaceuticals Ltd.
•21 ta dorixonada bor
Narxi
30 000 so'm dan
NIMID gel 30 g 10 mg/g
NIMID gel 30 g 10 mg/g
Hindiston
Vakil:
Kusum
Ishlab chiqaruvchi:
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
•5 ta dorixonada bor
Narxi
30 000 so'm dan
NAYZ gel 20g 1%
Retseptli
NAYZ gel 20g 1%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Dr.Reddy's Laboratories Ltd
•123 ta dorixonada bor
Narxi
25 800 so'm dan
NIMESIL granuli 100mg N30
Retseptli
NIMESIL granuli 100mg N30
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Laboratori Guidotti S.p.A. (Menarini Group), Italiya proizvedeno: Fine Foods Pharmaceuticals N.T.M. S.p.A.
•112 ta dorixonada bor
Narxi
105 000 so'm dan
NIMID tabletkalari 100mg N100
Retseptli
NIMID tabletkalari 100mg N100
Hindiston
Vakil:
Kusum
Ishlab chiqaruvchi:
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
•45 ta dorixonada bor
Narxi
68 530 so'm dan
FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•59 ta dorixonada bor
Narxi
45 000 so'm dan

NIMESULID 0,1 tabletkalari N20 haqida savollar

NIMESULID 0,1 tabletkalari N20 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil