Apteka.uz
SavatKirish

Analgin analoglari

Analog dorilar
BARALGIN M 0,5 tabletkalari N20
BARALGIN M 0,5 tabletkalari N20
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi Indiya Limited
BRALGET M inyeksiya uchun eritma 5ml 500mg/ml N5
Retseptli
BRALGET M inyeksiya uchun eritma 5ml 500mg/ml N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Regain Laboratories, Indiya dlya Karan Healthcare (Pvt) Ltd
ANDIPAL AVEKSIMA tabletkalari N10
Retseptsiz
ANDIPAL AVEKSIMA tabletkalari N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Aveksima Sibir OOO
BELLALGIN tabletkalari N10
BELLALGIN tabletkalari N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Tatximfarmpreparati, OAO
SEDALGIN PLYUS tabletkalari N20
SEDALGIN PLYUS tabletkalari N20
Bolgariya
Ishlab chiqaruvchi:
Balkanpharma-Dupnitsa AD
SPAZGAN tabletkalari 0,1mg N100
Retseptli
SPAZGAN tabletkalari 0,1mg N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Wockhardt Limited
SPAZMALIN tabletkalari N100
SPAZMALIN tabletkalari N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Torrent Farmasyutikals Ltd
Analoglarni taqqoslash
Taqqoslashga dori qo'shish

Analgin

Qo‘llash ko‘rsatmalari
  • Turli kelib chiqishli kuchsiz va o'rtacha ifodalangan og'riq sindromi (bosh og'rig'i, migren, tish og'rig'i, nevralgiya, mialgiya, dismenoreya. Visseral kelib chiqishli og'riqlar - buyrak, ichak va o't sanchig'ida spazmolitik vositalar bilan kombinatsiyada. Jarrohlik va diagnostik aralashuvlar, travmalar, kuyishlardan keyingi, dekompression kasallikdagi og'riqlarni kamaytirish uchun. Infektsion-yallig'lanish kasalliklarida, hasharotlar chaqishida, transfuziyadan keyingi asoratlarda isitmali holatlar. Preparatni qo'llash maqsadga muvofiqligi har bir holatda isitmaning yaqqolligi, xarakteri va o'zlashtira olinishiga qarab hal qilinadi.
Nojo'ya ta'sirlar
  • Noxush reaktsiyalar quyidagicha, JSST (Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti) tasnifiga muvofiq tasniflangan: juda tez-tez (1/10 dan katta yoki teng); tez-tez (1/100 dan katta yoki teng,
Batafsil

Retseptli

Mavjud chiqarilish shakllari
  • Tabletkalar
  • Eritma
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Og'riqdan,  Yuqori haroratda (shamollashda) 

Andipal

Qo‘llash ko‘rsatmalari

Periferik arteriyalar, oshqozon-ichak yo‘llari silliq mushaklari, bosh miya tomirlari spazmi bilan bog‘liq yengil yoki o‘rtacha og‘riq sindromi, shuningdek arterial bosim oshganda.

Nojo'ya ta'sirlar

Nojo‘ya ta’sirlar chastotasi JSST tasnifiga muvofiq keltirilgan: juda tez-tez – 10 % dan ortiq; tez-tez – 1 % dan ortiq va 10 % dan kam; tez-tez emas – 0,1 % dan ortiq va 1 % dan kam; kam hollarda – 0,01 % dan ortiq va 0,1 % dan kam; juda kam hollarda – 0,01 % dan kam, shu jumladan alohida holatlar; chastotasi noma’lum — mavjud ma’lumotlarga ko‘ra yuzaga kelish chastotasini aniqlash imkoni bo‘lmagan.

Andipal uchun:

Hozirgi vaqtgacha ushbu kombinatsiyani qabul qilishda nojo‘ya ta’sirlar haqida xabar berilmagan. Quyida sanab o‘tilgan ehtimoliy nojo‘ya ta’sirlarning yuzaga kelish chastotasi noma’lum.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: uyquchanlik, psixomotor reaksiyalar tezligining pasayishi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qabziyat.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial gipotenziya.

Allergik reaksiyalar.

Uzoq muddat qo‘llanganda: leykopeniya, agranulotsitoz, jigar va buyrak faoliyatining buzilishi.

Metamizol natriy uchun:

Teri qoplamlari tomonidan: tez-tez emas — barqaror dori toshmasi; kam hollarda — toshma (masalan, makulyoz-papulyoz); juda kam hollarda — Stivens-Jonson sindromi, toksik epidermal nekroliz.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: juda kam hollarda — buyrak faoliyatining o‘tkir buzilishi, u juda kam hollarda proteinuriya, oligo- yoki anuriya hamda o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, o‘tkir interstitsial nefritga olib kelishi mumkin.

Qon hosil qilish organlari tomonidan: kam hollarda — leykopeniya; juda kam hollarda — agranulotsitoz, shu jumladan o‘lim bilan yakunlangan holatlar, trombotsitopeniya; chastotasi noma’lum — aplastik anemiya, pansitopeniya, shu jumladan o‘lim bilan yakunlangan holatlar. *

*Bu reaksiyalar avval metamizol natriy asorat chaqirmagan bo‘lsa ham yuzaga kelishi mumkin. Metamizol natriy bir haftadan ortiq qo‘llanganda agranulotsitoz xavfi oshishini ko‘rsatuvchi bir qator belgilar mavjud. Ushbu reaksiya dozaga bog‘liq emas va davolashning istalgan vaqtida paydo bo‘lishi mumkin. U yuqori isitma, titroq, tomoq og‘rig‘i, yutishda og‘riq, og‘iz bo‘shlig‘i, burun, tomoq, jinsiy a’zolar va anal soha shilliq qavatlarining yallig‘lanishi bilan namoyon bo‘ladi. Antibiotiklar qo‘llanganda bu belgilar sust ifodalangan bo‘lishi mumkin. Limfa tugunlari va taloqning biroz kattalashishi kuzatiladi yoki umuman kuzatilmaydi. Eritrotsitlar cho‘kish tezligi sezilarli oshadi, granulotsitlar miqdori keskin kamayadi yoki ular aniqlanmaydi. Odatda, lekin har doim ham emas, gemoglobin, eritrotsitlar va trombotsitlar ko‘rsatkichlari normal saqlanadi. Davolash taktikasi preparatni darhol bekor qilishni nazarda tutadi, ya’ni umumiy holat kutilmaganda yomonlashsa, isitma pasaymasa yoki shilliq qavatlarda, ayniqsa og‘iz, burun yoki tomoqda yangi yoki og‘riqli yaralar paydo bo‘lsa, laborator tekshiruv natijalarini kutmasdan preparatni darhol bekor qilish kerak. Pansitopeniya yuzaga kelganda preparatni darhol bekor qilish va umumiy qon tahlili ko‘rsatkichlari normaga qaytguncha nazorat qilish zarur.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas — arterial bosimning alohida pasayishi (farmakologik jihatdan bog‘liq bo‘lishi va anafilaktik/anafilaktoid reaksiyalarning boshqa ko‘rinishlari bilan birga kechmasligi mumkin). Arterial bosim pasayishi keskin ifodalangan bo‘lishi mumkin. Isitmada ham yuqori sezuvchanlik reaksiyasining boshqa belgilarisiz arterial bosimning dozaga bog‘liq keskin pasayishi kuzatilishi mumkin.

Allergik reaksiyalar: kam hollarda — anafilaktoid yoki anafilaktik reaksiyalar; ** juda kam hollarda — analgetik bronxial astma. Analgetik bronxial astmasi bo‘lgan bemorlarda ko‘tara olmaslik odatda bronxial astma xurujlari bilan namoyon bo‘ladi; chastotasi noma’lum — anafilaktik shok. **

**Bu reaksiyalar ayniqsa metamizol natriy parenteral yuborilganda xos bo‘lib, og‘ir kechishi va hayot uchun xavf tug‘dirishi, ayrim hollarda o‘limga olib kelishi mumkin. Bu reaksiyalar avval metamizol natriy asorat chaqirmagan bo‘lsa ham yuzaga kelishi mumkin. Ular yuborish vaqtida yoki yutib qabul qilingandan darhol keyin paydo bo‘lishi, shuningdek bir necha soatdan keyin rivojlanishi mumkin. Biroq ko‘pincha ular qo‘llangandan keyingi birinchi soat ichida yuzaga keladi. Yengil holatlarda teri va shilliq qavatlarda toshmalar (masalan, qichishish, achishish, qizarish, pufakchalar va shish), hansirash va kamroq hollarda oshqozon-ichak buzilishlari bilan namoyon bo‘ladi. Og‘ir holatlarda bu yengil reaksiyalar tarqalgan eshakemi, og‘ir angionevrotik shish (shu jumladan hiqildoq shishi), og‘ir bronxospazm, yurak ritmi buzilishi, arterial gipotenziya (ba’zi hollarda undan oldin arterial bosim oshishi kuzatiladi), shok holatiga o‘tishi mumkin. Shu sababli teri reaksiyalarining ilk belgilarida preparatni bekor qilish kerak.

Boshqa: chastotasi noma’lum — siydikning qizil rangga bo‘yalishi haqida xabar berilgan, bu rubazon kislotasi (metamizol natriy metaboliti) ning past konsentratsiyada mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Fenobarbital uchun:

Markaziy nerv tizimi tomonidan: chastotasi noma’lum — asteniya, bosh aylanishi, umumiy holsizlik, ataksiya, nistagm, paradoksal reaksiya (ayniqsa keksa va zaiflashgan bemorlarda — qo‘zg‘alish), gallyutsinatsiyalar, depressiya, “dahshatli” tushlar, sinkope.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: chastotasi noma’lum — qusish, uzoq muddat qo‘llanganda jigar faoliyatining buzilishi.

Qon hosil qilish organlari tomonidan: chastotasi noma’lum — agranulotsitoz, megaloblast anemiya, trombotsitopeniya.

Allergik reaksiyalar: chastotasi noma’lum — teri toshmasi, eshakemi, qovoqlar, yuz va lablar shishi, nafas olishning qiyinlashishi, kam hollarda — eksfoliativ dermatit, xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Jonson sindromi).

Boshqa: chastotasi noma’lum — uzoq muddat qo‘llanganda dori vositasiga qaramlik.

Bendazol uchun:

Sanab o‘tilgan ta’sirlar katta dozalar qo‘llanganda namoyon bo‘ladi. Doza kamaytirilganda yoki preparat bekor qilinganda ushbu nojo‘ya holatlar tezda o‘tib ketadi.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: chastotasi noma’lum — bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i.

Teri qoplamlari tomonidan: chastotasi noma’lum — terlashning kuchayishi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: chastotasi noma’lum — ko‘ngil aynishi.

Papaverin gidroxlorid uchun:

Markaziy nerv tizimi tomonidan: tez-tez — uyquchanlik.

Teri qoplamlari tomonidan: tez-tez — teri toshmasi (odatda eritematoz, eshakemi), tez-tez emas — teri qichishishi, kam hollarda — terlashning kuchayishi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez — ko‘ngil aynishi, qabziyat, tez-tez emas — “jigar” transaminazalari faolligining oshishi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez — arterial bosimning pasayishi, tez-tez emas — qorincha ekstrasistoliyasi.

Qon hosil qilish organlari tomonidan: juda kam hollarda — eozinofiliya.

Batafsil

Retseptli / Retsepsiz

Mavjud chiqarilish shakllari
  • Tabletkalar
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Og'riqdan,  Yuqori haroratda (shamollashda) 

Baralgin

Qo‘llash ko‘rsatmalari
  • Turli etiologiyali og'riq sindromi (o'tkir yoki surunkali): shu jumladan, bosh, tish, migren og'rig'i, nevralgiyalar, ildizcha sindromi, mushaklardagi og'riqlar, dismenoreyada. Baralgin M visseral kelib chiqishli og'riqlarda (buyrak, jigar, ichak sanchig'ida) spazmolitik vositalar bilan kombinatsiyada qo'llaniladi. Baralgin M jarrohlik va diagnostik aralashuvlardan keyin og'riqlarni kamaytirish uchun ishlatilishi mumkin. Shamollash va boshqa infektsion-yallig'lanish kasalliklarida yuqori tana harorati. Preparatni qo'llash maqsadga muvofiqligi har bir holatda isitmaning yaqqolligi, xarakteri va o'zlashtira olinishiga qarab hal qilinadi.
Nojo'ya ta'sirlar
  • Allergik reaktsiyalar: eshakemi, shu jumladan kon'yunktiva va burun-halqum shilliq qavatlarida, Kvinke shishi, kamdan-kam hollarda - xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), bronxospastik sindrom, anafilaktik shok. Qon yaratish organlari tomonidan: leykopeniya, kamdan-kam hollarda agranulotsitoz va immun genezli trombotsitopeniya. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyrak funktsiyasining buzilishi, oliguriya, anuriya, proteinuriya, juda kamdan-kam hollarda o'tkir interstitsial nefrit rivojlanishi, siydikning qizil rangga bo'yalishi (metabolit - rubazon kislotasi ajralishi hisobiga). Mahalliy reaktsiyalar: m/o yuborilganda yuborish joyida infiltratlar bo'lishi mumkin. Boshqalar: AB pasayishi, yurak ritmining buzilishi bo'lishi mumkin.
Batafsil

Retseptli

Mavjud chiqarilish shakllari
  • Tabletkalar
  • Eritma
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Og'riqdan,  Yuqori haroratda (shamollashda) 
scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil