Apteka.uz
SavatKirish

Trombo ASS analoglari

Analog dorilar
ASPIRIN KARDIO 0,1 tabletkalari N28
ASPIRIN KARDIO 0,1 tabletkalari N28
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Farma AG/ Bayer Bitterfeld GmbX
KARDIASK 0,05 tabletkalari N30
KARDIASK 0,05 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Kanonfarma prodakshn, ZAO
ASEKARDOL tabletkalari 300mg N30
ASEKARDOL tabletkalari 300mg N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez, OAO
Trombopol tabletkalari 75mg N60
Trombopol tabletkalari 75mg N60
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
«Polfarma» AO
Narxi
24 000 so'm dan
ALKA-ZELTSER tabletkalari N10
Retseptsiz
ALKA-ZELTSER tabletkalari N10
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
34 200 so'm dan
ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari
ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Medisorb, AO
AZPIZAL tabletkalari 81mg N100
AZPIZAL tabletkalari 81mg N100
AQSh
Ishlab chiqaruvchi:
KEM Pharma LLS, SSHA proizvedeno: LNK International, Inc.
TROMBOMAK 75 tabletkalari 75mg N60
Retseptli
TROMBOMAK 75 tabletkalari 75mg N60
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
God Gift Laboratory Pvt. Ltd.
ASPIKARD tabletkalari 75mg N20
ASPIKARD tabletkalari 75mg N20
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy zavod medisinskix preparatov, OAO
Analoglarni taqqoslash
Taqqoslashga dori qo'shish

Trombo ASS

Qo‘llash ko‘rsatmalari
  • — xavf omillari (qandli diabet, giperlipidemiya, arterial gipertenziya, semizlik, chekish, keksa yosh kabi) mavjudligida o'tkir miokard infarktining birlamchi profilaktikasi; — miokard infarktining ikkilamchi profilaktikasi; — stabil va nostabil stenokardiya; — insult profilaktikasi (sh.j. miya qon aylanishining o'tib ketuvchi buzilishi bor bemorlarda); — miya qon aylanishining o'tib ketuvchi buzilishi profilaktikasi; — tomirlardagi operatsiyalar va invaziv aralashuvlardan keyingi tromboemboliya profilaktikasi (masalan, aortokoronar shuntlash, uyqu arteriyalari endarterektomiyasi, koronar arteriyalar angioplastikasi va stentlash); — chuqur venalar trombozi va o'pka arteriyasi va uning tarmoqlari tromboemboliyasi profilaktikasi (masalan, keng ko'lamli jarrohlik aralashuvidan keyingi uzoq muddatli immobilizatsiya natijasida).
Nojo'ya ta'sirlar
  • Umuman olganda Trombo ASS® past dozaligi tufayli bemorlar tomonidan yaxshi o'zlashtiriladi. Nojo'ya reaktsiyalar kamdan-kam hollarda kuzatiladi. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, jig'ildon qaynashi, qusish, qorin sohasida og'riqli sezgilar; kamdan-kam hollarda - oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yaralari, sh.j. perforativ, oshqozon-ichakdan qon ketishlar, jigar transaminazalari faolligi oshishi bilan jigar funktsiyasining o'tkinchi buzilishlari. MNT tomonidan: bosh aylanishi, eshitishning pasayishi, quloqlarda shovqin, bu preparat dozasini oshirib yuborish belgisi bo'lishi mumkin. Qon yaratish tizimi tomonidan: perioperatsion (intra- va operatsiyadan keyingi) qon ketishlar, gematomalar, burun qonashlari, milklar qonashi, siydik-tanosil yo'llaridan qon ketishlar tez-tezligining oshishi. Jiddiy qon ketish holatlari haqida xabarlar mavjud, ularga oshqozon-ichakdan qon ketishlar va miyaga qon quyilishlar kiradi (ayniqsa AB maqsadli ko'rsatkichlariga erishmagan va/yoki antikoagulyant vositalar bilan hamroh terapiya olayotgan arterial gipertenziyasi bo'lgan bemorlarda), ular alohida hollarda hayotga xavf soluvchi xarakterga ega bo'lishi mumkin. Qon ketishlar tegishli klinik-laboratoriya simptomlari (asteniya, rangparlik, gipoperfuziya) bilan o'tkir yoki surunkali postgemorragik/temir tanqisligi anemiyasi (masalan, yashirin qon ketish oqibatida) rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, Kvinke shishi, rinit, burun bo'shlig'i shilliq qavatining shishi, bronxospazm, kardio-respirator distress-sindrom, shuningdek og'ir reaktsiyalar, shu jumladan anafilaktik shok.
Batafsil

Retseptli

Mavjud chiqarilish shakllari
  • Tabletkalar
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Qon uchun,  Yuqori haroratda (shamollashda) 

Trombopol

Qo‘llash ko‘rsatmalari

Yurak ishemik kasalligi, shuningdek trombositlar agregasiyasini ingibitsiya qilish maqsadga muvofiq bo'lgan turli klinik holatlar:

  • yuqori xavfga ega bo'lgan pasientlarda miokard infarktining oldini olish;

  • o'tkir miokard infarkti yoki o'tkir infark miokardiga gumon bo'lganda;

  • nostabil stenokardiyaning boshdan o'tkazilgan epizodi;

  • miokard infraktini boshdan kechirgan pasientlarda ikkilamchi profilaktika;

  • aortokoronar shuntlash yoki koronar angioplastikadan keyingi holat;

  • tranzitor ishemik hujum (TIH) hurujlariga ega pasientlarda TIH ning oldini olish;

  • Tihga ega pasientlarda boshdan kechirilgan ishemik insult;

  • periferik arteriyalarning obliterasiyalovchi aterosklerozi;

  • ko'pgina xavf omillari bo'lgan pasientlarda toj qon-tomirlari trombozining oldini olish;

  • uzoq muddat harakatsizlantirilgan pasientlarda venalar trombozi va o'pka emboliyasining oldini olish, masalan katta jarrohlik operasiyalaridan keyin qo'shimcha profliaktika usuli sifatida qo'llanadi.

Atsetilsalisil kislotasi bilan davolashni boshlash va qo'llaniladigan dozalar haqidagi qarorni shifokor qabul qilishi kerak.



Nojo'ya ta'sirlar
Ma'lumot topilmadi
Batafsil

Retseptli

Mavjud chiqarilish shakllari
  • Tabletkalar
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Yurak uchun 

Atsetilsalitsilovaya Kislota

Qo‘llash ko‘rsatmalari
  • Og'riq sindromini simptomatik davolash: bosh og'rig'i (shu jumladan abstinent sindromda), tish og'rig'i, tomoq og'rig'i, bel va mushaklardagi og'riq, bo'g'imlardagi og'riq, hayz ko'rishdagi og'riq. Shamollash va boshqa infektsion-yallig'lanish kasalliklarida yuqori tana harorat (kattalar va 15 yoshdan katta bolalarda).
Nojo'ya ta'sirlar
  • Oshqozon-ichak trakti tomonidan: qorinda og'riqlar, jig'ildon qaynashi, ko'ngil aynishi, qusish, temir tanqisligi anemiyasiga olib kelishi mumkin bo'lgan aniq (qonli qusish, qorasimon axlat) yoki yashirin oshqozon-ichak qon ketish belgilari, oshqozon-ichak traktining eroziv-yarali shikastlanishlari (shu jumladan perforatsiya bilan), yakka holatlar – jigar funktsiyasining buzilishi (jigar transaminazalarining oshishi). Markaziy asab tizimi tomonidan: bosh aylanishi, quloqlarda shovqin (odatda doza oshirib yuborilganligi belgilari hisoblanadi). Qon yaratish tizimi tomonidan: qon ketish xavfining oshishi, bu asetilsalitsil kislotasining trombotsitlar agregatsiyasiga ta'siri oqibatidir. Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, anafilaktik reaktsiyalar, bronxospazm, Kvinke shishi. O'xshash simptomlar paydo bo'lganda preparat qabul qilishni to'xtatish va darhol davolovchi shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Batafsil

Retseptli / Retsepsiz

Mavjud chiqarilish shakllari
  • Tabletkalar
  • Eritma
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Yuqori haroratda (shamollashda) 
scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil