Ташкент
logo
SavatKirish

BROKS sirop 10ml 15mg/5ml N10

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:Jurabek Laboratories OT MChJ
ATX kodi:R05СВ06
Barcha Broks dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

BROKS sirop 10ml 15mg/5ml N10 o'xshash dorilari

BROKS sirop 10ml 15mg/5ml N10 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Sotish shartlari

Shifokor retseptisiz.

Tarkibi

30 mg/10 ml sirop quyidagilarni s aqlaydi: faol modda: ambroksol gidroxloridi 30 mg; yordamchi moddalar: 70% suyuq sorbitol, glitserin, natriy saxarinati, banan aromatizatori, in’eksiya uchun suv 10.0 ml gacha

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi:

30 mg/10 ml sirop quyidagilarni s
aqlaydi:
faol modda: ambroksol gidroxloridi 30 mg;
yordamchi moddalar: 70% suyuq sorbitol, glitserin, natriy saxarinati, banan aromatizatori, in’eksiya uchun suv 10.0 ml gacha

Chiqarilish shakli
10 ml dan tibbiy polietilen yoki polipropilenli yunidozalarda (ampulalarda) 30 mg/10 ml sirop.
Yunidozalar (ampulalar) karton qutida tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga.

Farmakodinamikasi

Mukolitik va balg‘am ko‘chiruvchi preparat. Broks benzilamin – bromgeksinning metabolitini namoyon qiladi. Bromgeksindan metil guruhini bo‘lmasligi va siklogeksil halqaning para-trans holatida gidroksil guruhining bo‘lishi bilan farq qiladi. Sekretomotor, sekretolitik va balg‘am ko‘chiruvchi ta’sirga ega. Ichga qabul qilingandan so‘ng ta’siri 30 minutdan keyin namoyon bo‘ladi va 6-12 soat davomida davom etadi (qabul qilgan dozaga qarab). Klinikagacha bo‘lgan tadqiqotlar Broks bronxlar shilliq qavati bezlarining seroz hujayralarini rag‘batlantirishini ko‘rsatdi. Kipriksimon epiteliy hujayralarini faollashtirib va balg‘am yopishqoqligini kamaytirib, mukotsiliar transportni yaxshilaydi. Broks 2 tip alveolyar pnevmotsitlar va kichik nafas yo‘llaridagi Klar hujayralariga bevosita ta’sir qilib, surfaktant xosil bo‘lishini faollashtiradi. Hujayra kulturalaridagi va xayvonlardagi tekshiruvlar, Broksning kattalardagi va embrion bronxlari va alveolalari yuzasidagi faol moddalar(surfaktant)ning ajralishini va xosil bo‘lishini rag‘batlantirishini ko‘rsatdi. Shuningdek, klinikagacha bo‘lgan tekshiruvlarda preparatning antioksidant ta’siri isbotlangan. Broks antibiotiklar (amoksitsillin, sefuroksim, eritromitsin va doksitsiklin) bilan birga qo‘llanganda ularning konsentratsiyasini balg‘amlar va bronxial ajralmalarda oshiradi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi: ichga qabul qilinganida MIY deyarli to‘liq so‘riladi. Metobolizmi: Smax ga ichga qabul qilgandan keyin 1-3 soatda erishiladi. Tizim oldi metabolizmi tufayli preparatning mutloq biokiriaolishligi ichga qabul qilgandan so‘ng tahminan 1/3 ga pasayadi. Buni natijasida hosil bo‘lgan metabolitlar (dibromoantranil kislotasi, glyukuronidlar kabi) buyraklar orqali chiqariladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 85% (80-90%) ni tashkil etadi. Broks orqa miya suyuqligiga va yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, shuningdek ko‘krak suti bilan ajraladi. Chiqarilishi: plazmadan yarim chiqarilish davri 7 dan 12 soatgachani tashkil etadi. Broks va uning metabolitlarini umumiy yarim chiqarilish davri qariib 22 soatni tashkil etadi. Asosan metabolitlar ko‘rinishida buyraklar orqali chiqariladi – 90%, 10 % dan kami o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi. Plazma oqsillari bilan yuqori bog‘lanishini hisobga olib, katta taqsimlanish hajmi va to‘qimalardan qonga sekin qayta taqsimlanishi, dializda Broksning chiqarilishi yoki forsirlangan diurez yuz bermaydi. Alohida klinik holatlardagi farmakokinetikasi Jigarning og‘ir kasalliklari bor patsiyentlarda klirens 20-40% ga kamayadi. Buyrak funksiyasi og‘ir darajada buzilgan patsiyentlarda metabolitlarning yarim chiqarilish davri oshadi.

Farmakologik guruhlari

Balg‘am ko‘chiruvchi vosita

Dori shakli

Ichga qabul qilish uchun sirop

Nojo'ya samaralari

Allergik reaksiyalar: ba’zida – teri toshmasi, eshakemi, angionevrotik shish, gipertermiya, xansirash: juda kam hollarda – anafilaktik shok. Ovqat xazm qilish tizimi tomnidan : ba’zida – diareya, og‘iz qurushi, qabziyat; uzoq qo‘llaganda- abdominal og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish. Teri qoplamlari tomonidan: juda kam hollarda- toksik epidermal nekroliz, Stvens-Djons sindromi. Umumiy buzilishlar: kam hollarda - isitma, holsizlik, bosh og‘rig‘i. Boshqalar: kam hollarda - og‘iz va nafas yo‘llari shilliq qavati qurushi, ekzantemalar, dizuriya, rinoreya kuzatilishi mumkin.

Maxsus saqlash sharoitlari

Balg‘am ajralishini qiyinlashtiradigan yo‘talga qarshi dorilar vositalar bilan birga qo‘llash mumkin emas. 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni faqat shifokor tavsiyasiga ko‘ra qo‘llash mumkin. Teri yoki shilliq pardalar o‘zgarsa, darhol shifokor bilan maslahatlashing va preparatni qabul qilishni to‘xtating. Buyrak funksiyasi buzilishlarida faqat shifokor tavsiyasi bilan foydalanish kerak. Sorbitol preparatning tarkibida yengil bo‘shashtiruvchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Homiladorlik va laktatsiya davri Homiladorlik. Homiladorlik davrida preparatni qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar yetarli emas. Xususan, bu homiladorlikning birinchi 28 haftasiga tegishli. Hayvonlar ustida olib borilgan tadqiqotlar teratogen ta’sirni aniqlamadi. Homiladorlik (II-III uchoyligi) paytida Broksdan foydalanish xavf/foyda nisbatini yaxshilab baholagandan so‘ng, faqat shifokor retsepti bo‘yicha berilishi mumkin. Laktatsiya davri. Hayvonlar ustida olib borilgan tadqiqotlar Broksning ona sutiga kirib borishini ko‘rsatdi. Laktatsiya davrida bilan boqish paytidagi ayollarda preparatdan foydalanish yetarli o‘rganiliaganligi uchun, Broksdan foydalanish xavf/foyda nisbatini yaxshilab baholagandan so‘ng, faqat shifokor retsepti bo‘yicha berilishi mumkin. Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatish Tranportni haydash va mashinalar va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri xozirgi vaqtda ma’lum emas.

Qo'llanilishi

Balg‘am ajralishi va transportini buzilishi bilan kechgan nafas yo‘llarining o‘tkir va surunkali kasalliklari: - o‘tkir va surunkali bronxit; - pnevmoniya; - o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari (O‘SOK); - balg‘am ajralishi qiyin bo‘lgan bronxial astma; - bronxoektatik kasallik; - mukovitsidozda qo‘llaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Ta’sir etuvchi moddaga yoki yordamchi moddalarning biriga yuqori sezuvchanlik; Homiladorlik( I uchoylik) Saxaraza/izomaltaza tanqisligi, fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukozo-galaktoza kam so‘rilishi. Ehtiyotkorlik bilan: - homiladorlikning II va III uchoyliklarida, - laktatsiya davrida; - bronxlarning motor funksiyasining buzilishi va balg‘am hosil bo‘lishining ortishi (xarakatsiz kiprikchalar sindromida); - me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasining o‘tkir fazasida; - buyrak funksiyasi kasalliklari yoki og‘ir jigar kasalligida. Ushbu toifadagi patsiyentlarda Broksni juda ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak, shuningdek patsiyentlar dozalar orasidagi uzoq oraliqlarni kuzatishlari yoki preparatni past dozada olishlari kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Yo‘tal refleksining kuchayishi tufayli Broks va yo‘talga qarshi vositalardan bir vaqtda foydalanilganda sekretning yig‘ilishi yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun bunday majmualar ehtiyotkorlik bilan tanlanishi kerak. Antibiotiklar amoksitsillin, sefuroksim, eritromitsin va doksitsiklin bilan birga Broksni qabul qilganda balg‘am va bronxial sekretsiyalarda ularning konsentratsiyasi oshadi.

Ta'rifi

Shaffof, rangsiz yoki biroz sariq, o‘ziga xos banan xidiga ega siropsimon eritma

Dozirovkasi

Siropni ovqatdan keyin ichish kerak. Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga 10 ml (30mg) dan buyuriladi. Maksimal sutkalik doza 90 mg. Davo samarasiz bo‘lganda kattalar sirop dozasini 20 ml (60 mg) gacha kuniga 2 martaga oshirishlari mumkin (bir kunda 120 mg ambroksol gidroxloridi). Keyingi kunlarda 10 ml (30mg) siropni kuniga 2 marta qabul qilish kerak (bir kunda 60 mg ambroksol gidroxloridi). Davo davomiyligi kasallik kechishiga ko‘ra individual ravishda tanlanadi. Broksni shifokor ko‘rsatmasisiz 4-5 kundan ortiq qabul qilish tavsiya etilmaydi. Preparatning mukolitik samarasi katta miqdorda suyuqlik ichganda namoyon bo‘ladi, shuning uchun davo vaqtida ko‘p suyuqlik ichish tavsiya etiladi. Preparatni bevosita uyqudan oldin ichilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Broks ichga qilganda 25 mg/kg/sutkagacha dozada qabul qilinganda yaxshi o‘zlashtiriladi. Broksning dozasi oshirib yuborilganda alohida intoksikatsiyaning xarakterli belgilari aniqlanmagan. Nerv qo‘zg‘alishi va diareya haqida xabarlar mavjud. Dozani oshirib yuborishning og‘ir darajasi holatida, so‘lak ajralishining oshishi, ko‘ngil aynishi, qusish va arterial qon bosimining pasayishi kuzatilishi mumkin. Davolash. Qusishni keltirib chiqarish, me’dani yuvish kabi intensiv davolash usullari, faqat dori olgandan so‘ng birinchi 1-2 soat ichida, og‘ir dozani oshiib yuborish hollarda foydalanish kerak. Simptomatik davolash tavsiya etiladi.

BROKS sirop 10ml 15mg/5ml N10 analoglari

MUKEKS sirop 100ml 15mg/5ml
Retseptsiz
MUKEKS sirop 100ml 15mg/5ml
Hindiston
Vakil:
Kusum
Ishlab chiqaruvchi:
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
Narxi
20 000 so'm dan
AMBROKSOL tabletkalari 30mg N20
Retseptsiz
AMBROKSOL tabletkalari 30mg N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Torimed Pharm, OOO
Narxi
2 400 so'm dan
MUKEKS tabletkalari 30mg N100
Retseptsiz
MUKEKS tabletkalari 30mg N100
Hindiston
Vakil:
Kusum
Ishlab chiqaruvchi:
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
Narxi
75 006 so'm dan
AMBROKSOL sirop 100ml
Retseptsiz
AMBROKSOL sirop 100ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
TORIMED PHARM OOO
Narxi
7 000 so'm dan
AMBROKSOL ADJIO sirop 100ml 30mg/5ml
Retseptsiz
AMBROKSOL ADJIO sirop 100ml 30mg/5ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
Narxi
14 000 so'm dan
MUKEKS sirop 100ml 30mg/5ml
MUKEKS sirop 100ml 30mg/5ml
Hindiston
Vakil:
Kusum
Ishlab chiqaruvchi:
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
Narxi
30 000 so'm dan

BROKS sirop 10ml 15mg/5ml N10 savollari

BROKS sirop 10ml 15mg/5ml N10 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil