PARASETAMOL 0,125/5ML sirop 100ml

PARASETAMOL 0,125/5ML sirop 100ml o'xshash dorilari


PARASETAMOL 0,125/5ML sirop 100ml qo'llanmasi
Preparat me'da-ichak yo'llaridan tez va deyarli to'liq so'riladi. Plazmadagi maksimal kontsentratsiya (TCmax) 30-120 daqiqadan so'ng erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi - 15%. Yo'ldosh va gematoensefalik to'siqlar (GET) orqali o'tadi. Emizikli ona qabul qilgan paratsetamol dozasining 1% dan kamrog'i ko'krak sutiga o'tadi. Paratsetamolning plazmadagi terapevtik samarali kontsentratsiyasi u 10-15 mg/kg dozada tayinlanganda erishiladi.
Jigarda metabolizmga uchraydi (90-95%): 80% i glyukuron kislotasi va sulfatlar bilan kon'yugatsiya reaktsiyalariga kirishib, faol bo'lmagan metabolitlar hosil qiladi; 17% i gidroksillanishga uchrab, 8 ta faol metabolit hosil qiladi, ular glutation bilan kon'yugatsiyalanib, faol bo'lmagan metabolitlarni hosil qiladi. Glutation yetishmovchiligida bu metabolitlar gepatotsitlarning ferment tizimlarini bloklashi va ularning nekrozini chaqirishi mumkin. Preparat metabolizmida CYP2E1 izofermenti ham ishtirok etadi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) - 1-4 soat. Metabolitlar ko'rinishida, asosan kon'yugatlar, faqat 3% i o'zgarmagan holda buyraklar orqali chiqariladi. Keksa yoshdagi bemorlarda preparat klirensi pasayadi va T1/2 ortadi.
Allergik reaksiyalar (sh.j. teri toshmasi).
Paratsetamolni qo‘llash fonida isitma sindromi 3 kundan ortiq va og‘riq sindromi 5 kundan ortiq davom etganda, shifokor maslahati talab etiladi.
Alkogolli gepatozi bo‘lgan bemorlarda jigar shikastlanishi rivojlanish xavfi ortadi.
Plazmada glyukoza va siydik kislotasini miqdoriy aniqlash bo‘yicha laboratoriya tekshiruvlari ko‘rsatkichlarini buzadi.
Uzoq muddatli davolash vaqtida periferik qon manzarasi va jigar funksional holatini nazorat qilish zarur.
Gipersezuvchanlik, yangi tug'ilganlik davri (1 oygacha).
Ehtiyotkorlik bilan:
Buyrak va jigar yetishmovchiligi, xavfsiz giperbilirubinemiyalar (shu jumladan Jilber sindromi), virusli gepatit, jigarning alkogolli shikastlanishi, homiladorlik, laktatsiya davri, keksa yosh, erta ko'krak yoshi (1-3 oy), qandli diabet.
Urikozurik dori vositalarining samaradorligini pasaytiradi.
Parasetamolni yuqori dozalarda birga qo'llash antikoagulyant dori vositalarining samarasini oshiradi.
Barbituratlar, tritsiklik antidepressantlar, alkogol, tutqanoqqa qarshi preparatlar, rifampitsin qabul qilayotgan bemorlarda parasetamolning gepatotoksik ta'siri rivojlanishi xavfi sezilarli darajada ortadi.
Mikrosomal oksidlanish ingibitorlari (shu jumladan simetidin) gepatotoksik ta'sir xavfini kamaytiradi.
Parasetamol va boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarni uzoq muddat birga foydalanish "analgetik" nefropatiya rivojlanishi xavfini oshiradi va preparatning nefrotoksik ta'siri ortadi.
Parasetamolni yuqori dozalarda va salitsilatlarni bir vaqtda uzoq muddat buyurish buyrak yoki qovuq saratoni rivojlanishi xavfini oshiradi.
Diflunisal parasetamolning plazma konsentratsiyasini 50% ga oshiradi - gepatotoksiklik rivojlanishi xavfi.
Mielotoksik vositalar preparatning gematotoksikligi namoyon bo'lishini kuchaytiradi.
1 o'lchov qoshig'i yoki 1 o'lchov stakanchasi 5 ml sirop saqlaydi.
Preparat dozasi bolaning yoshi va tana vazniga bog'liq.
Maksimal sutkalik doza bolalar uchun 1-6 oylik (7 kg gacha) - 350 mg (14 ml), 6 oydan 1 yoshgacha (10 kg gacha) - 500 mg (20 ml), 1-3 yosh (15 kg gacha) - 750 mg (30 ml), 3-6 yosh (22 kg gacha) - 1 g (40 ml), 6-9 yosh (30 kg gacha) - 1,5 g (60 ml), 9-12 yosh (40 kg gacha) - 2 g (80 ml). 1 oydan 3 oygacha bo'lgan bolalar uchun doza individual ravishda belgilanadi. Tayinlash takroriyligi - sutkasiga 4 marta; har bir qabul qilish orasidagi oraliq - kamida 4 soat.
Kattalar va 12 yoshdan katta o'smirlarga bir martalik doza - 500 mg; maksimal bir martalik doza - 1 g. Tayinlash takroriyligi - sutkasiga 4 martagacha. Maksimal sutkalik doza - 4 g; davolashning maksimal davomiyligi - 5-7 kun.
Shifokor maslahatisiz davolashning maksimal davomiyligi - isitmani tushiruvchi sifatida 3 kun va og'riq qoldiruvchi sifatida 5 kun. Terapevtik samara bo'lmaganda shifokor maslahati majburiydir.Dozani oshirib yuborishSimptomlari: Qabul qilgandan keyingi dastlabki 24 soat ichida - ko'ngil aynishi, qusish, oshqozonda og'riqlar, teri qoplamalarining oqarishi, terlash, anoreksiya, glyukoza metabolizmining buzilishi, metabolik asidoz. Dozani oshirib yuborgandan 12-48 soat o'tgach jigar shikastlanishi belgilari paydo bo'ladi - jigar sohasida og'riq, qonda jigar fermentlari faolligining oshishi, protrombin vaqtining uzayishi. Tavsiya etilgan dozadan oshirib uzoq muddat qo'llanganda jigar yetishmovchiligi, gepatonekroz, ensefalopatiya rivojlanishi mumkin. Gepatotoksik ta'sir kattalarda 10 g va undan ortiq qabul qilinganda namoyon bo'ladi.
Davolash: Zaharlanish simptomlari paydo bo'lganda preparatni qo'llashni to'xtating va darhol shifokorga murojaat qiling. SH-guruhlari donatorlari va glutation sintezi o'tmishdoshlari - metioninni dozani oshirib yuborgandan 8-9 soat o'tgach va atsetilsisteinni - 12 soat o'tgach kiritish tavsiya etiladi. Qo'shimcha terapevtik choralar (keyingi metionin kiritish, v/i atsetilsistein kiritish) o'tkazish zarurati qondagi paratsetamol konsentratsiyasiga, shuningdek, qabul qilingandan keyin o'tgan vaqtga qarab belgilanadi.
Xususiyatlar PARASETAMOL 0,125/5ML sirop 100ml
Paratsetamol boshqa chiqarish shakllari

PARASETAMOL 0,125/5ML sirop 100ml analoglari






























