MELIFITIN analoglari
To‘g‘ridan-to‘g‘ri analoglar



Guruh analoglari
MELIFITIN
Иил давомидаги кузатиладиган ва мавсумий аллергик ринит ва аллергик конъюнктивит (аксириш, ринорея, куз ёши окиши. конъюнктива гиперемияси), поллиноз, эшакеми (шу жумладан сурункали идиопатик эшакеми, Квинке шиши) ва кичишиш хамда тошмалар билан бирга кечу вчи бошка аллергик дерматозларни симптоматик даволашда кулланади.
Retseptli
- Sirop
ALLERVEY
Qichishish, aksirish, burun bitishi, rinoreya (burundan ajralma), ko'z yoshi oqishi, kon'yunktiva giperemiyasi (ko'zlarni qizarishi) kabi yil bo'yi (doimiy davom etuvchi) va mavsumiy (vaqti-vaqti bilan zo'rayuvchi) allergik rinit va allergik kon'yunktivit simptomlarini davolash.
Pollinoz (pichan isitmasi).
Eshakemi (shu jumladan surunkali idiopatik eshakemi).
Teri qichishishi va toshmalar bilan kechuvchi boshqa allergik dermatozlarda qo'llanadi.
Retseptli
- Tabletkalar
L-set
Mavsumiy allergik rinit (pichan isitmasi), uy hayvonlari, chang, sovuq va boshqalar chaqirgan surunkali allergik rinit, allergik kon’yunktivit, allergik dermatit, ekzema, eshakemi, shu jumladan surunkali ideopatik eshakemini simptomatik davolashda qo‘llanadi.
Preparat allergiya simptomlarini kamaytirish uchun keng qo‘llaniladi.
12 yoshdan 71 yoshgacha ayollar va erkaklar ishtirokida o‘tkazilgan terapevtik tadqiqotlarda platsebo qabul qilgan patsientlarda 11,3% ga nisbatan 5 mg qabul qilgan 15,1% patsientlarda kamida bitta noxush reaksiya kuzatilgan. Bu nojo‘ya reaksiyalarning 91,6% yengildan o‘rtacha darajagacha bo‘lgan.
Terapevtik tadqiqotlarda nojo‘ya reaksiyalar tufayli tadqiqotdan chiqarish foizi 5 mg qabul qilgan guruhda 1,0% (9/935) va platsebo qabul qilgan guruhda 1,8% (14/771) bo‘lgan.
Preparatni tavsiya etilgan 5 mg dozada har kuni qabul qilgan 935 nafar patsientda klinik terapevtik tadqiqotlar o‘tkazilgan. Bu guruhda nojo‘ya reaksiyalar haqida 5 mg doza yoki platsebo qabul qilinganda 1% yoki undan ko‘proq holatlarda (umumiy: >1/100, <1/10) xabar berilgan.
|
Nojo‘ya reaksiya |
Plasebo (n=771) |
Levotsetirizin 5 mg (n=935) |
|
Bosh og‘rig‘i |
25 (3,2%) |
24 (2,6%) |
|
Uyquchanlik |
11 (1,4%) |
49 (5,2%) |
|
Og‘iz qurishi |
12 (1,6%) |
24 (2,6%) |
|
Toliqish |
9 (1,2%) |
23 (2,5%) |
Asteniya yoki qorinda og‘riq kabi kam hollarda uchraydigan nojo‘ya reaksiyalar (kam hollarda: >1/1000, <1/100) kuzatilgan.
Uyquchanlik, toliqish va asteniya kabi sedativ nojo‘ya reaksiyalar platsebo qabul qilganlarga (3,1%) nisbatan 5 mg doza qabul qilinganda ko‘proq (8,1%) kuzatilgan.
Klinik tadqiqotlar vaqtida kuzatilgan va yuqorida sanab o‘tilgan nojo‘ya reaksiyalarga qo‘shimcha post-marketing kuzatuvlarda kuzatilgan quyidagi nojo‘ya reaksiyalarni juda kam holatlari aniqlangan.
• Immun tizimi tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik, shu jumladan anafilaksiya;
• Ruhiy buzilishlar: tajavvuzkorlik, qo‘zg‘alish;
• Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: tirishishlar;
• Ko‘rish a’zolari tomonidan buzilashlar: ko‘rishni buzilishi;
• Yurak kasalliklari: yurakni urib ketishi;
• Nafasni buzilishi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a’zolari kasalliklari: hansirash;
• Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: ko‘ngil aynishi;
• Gepatobiliar tizimi tomonidan buzilishlar: gepatit;
• Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: angionevrotik shish, fiksatsiyalangan eritema, qichishish, toshma, eshakemi;
• Tayanch-harakat apparati, biriktiruvchi to‘qima, suyaklar tomonidan buzilishlar: mialgiya;
• Tekshiruvlar: tana vaznini oshishi, jigarning anomal faoliyatini tekshirish.
Retseptli
- Tabletkalar















