ASS 600 GORYACHIY NAPITOK kukuni, ichga qabul qilishga eritma tayyorlash uchun 600 mg 3 g N6

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!

ASS 600 GORYACHIY NAPITOK kukuni, ichga qabul qilishga eritma tayyorlash uchun 600 mg 3 g N6

Kategoriya: - Shamollash va gripp
Ishlab chiqarilish joyi: - Germaniya
Ishlab chiqaruvchi: - Sandoz Pharmaceuticals d.d., Cловения произведено: Salutas Pharma GmbH
ATX kodi: - R05CB01
O'zbekiston Sog'liqni Saqlash Vazirligi tomonidan 07.03.2018 da DV/X 04117/03/18 registratsion raqami bilan ro'yxatdan o'tgan
Noaniqliq haqida habar berish


Mahsulot haqida tafsilotlar


Umumiy ma'lumot

ASS 600 GORYACHIY NAPITOK kukuni, ichga qabul qilishga eritma tayyorlash uchun 600 mg 3 g N6 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ASS®

ACC®

 

Preparatning savdo nomi: ASS®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): asetilsistein

Dori shakli: ichga qabul qilish uchun eritma

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: asetilsistein – 20mg/ml;

yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoat (Ye 218), natriy benzoati (Ye 211), dinatriy edetati, natriy saxarinati, natriy karmelloza (Ye 466), natriy gidroksidi, 10 % li suvli eritmasi, tozalangan suv, olcha aromatizatori.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz, biroz qovushqoq, olcha ta‘mli eritma

Farmakoterapivtik guruhi: mukolitiklar

ATX kodi: R05CB01

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamika

Asetilsistein sistein aminokislotasining hosilasi hisoblanadi. Nafas yo‘llarida sekretolitik va sekretomotor ta‘sir ko‘rsatadi, shilliqni qovushqoqligini pasaytiradi. U kimyoviy radikallarni zararsizlantiradi, zararli moddalar detoksikasiyasi uchun muhim bo‘lgan glutationni sintezini kuchaytirishga ta‘sir ko‘rsatadi. Bu parasetamol intoksikasiyasida asetilsisteinni antidot samarasini tushuntiradi. Surunkali bronxit va mukovissidozi bo‘lgan pasientlarda asetilsistein profilaktik qo‘llanganda bakterial zo‘rayishlar tez-tezligi va og‘irligi pasayadi.

Farmakokinetika

Asetilsistein peroral qo‘llanganda tez va deyarli to‘liq so‘riladi va jigarda sistein (farmakologik faol metabolit), shuning diasetilsisteinni, sistinni va boshqa aralash disulfidlarni hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi.

Ichga qabul qilingan asetilsisteinni biokiraolishligi juda past (taxminan 10%). Preparatning plazmadagi maksimal konsentrasiyasiga 1-3 soatdan keyin erishiladi. Qon plazma oqsillari bilan bog‘lanishi –taxminan 50%. Organizmdan deyarli faol bo‘lmagan metaboliti shaklida buyrak orqali chiqariladi. Qon plazmasidan asetilsisteinni yarim chiqarilish davri taxminan 1 soatni tashkil qiladi va jigarda asosan tez metabolizm bilan belgilanadi.

Jigar faoliyatini buzilishi yarim chiqarish davrini 8 soatgacha uzayishiga olib keladi.

Asetilsistein yo‘ldosh orqali o‘tadi va kindik qonida aniqlanadi. Odamda asetilsisteinni gematoensefalik to‘siq orqali o‘tish qobiliyati haqida ma‘lumotlar yo‘q.

 

Qo‘llanilishi

ASS – qovushqoq balg‘amni suyultirish uchun va bolalar hamda kattalarda nafas yo‘llaridan chiqarilishini yengillashtirish uchun mukolitik vositadir.

ASS nafas a‘zolarining barcha kasalliklarida, quyuq va og‘ir ajraladigan balg‘am hosil bo‘lishi bilan kuzatiladigan, o‘tkir va surunkali bronxit, obstruktiv bronxit, traxeit, gripp, bronxial astma, shuningdek mukovissidozda, sinusit kabilarda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Agar boshqacha buyurilmagan bo‘lsa, preparatni quyidagi dozalarda qo‘llash buyuriladi.

Kattalar va 14 yoshdan katta o‘smirlar 10 ml sutkada 2-3 marta (sutkada 400-600 mg asetilsisteinga muvofiq);

6-14 yosh bolalar 10 ml sutkada 2 marta (sutkada 400 mg asetilsisteinga muvofiq);

2-5 yosh bolalar 5 ml sutkada 2-3 marta (sutkada 200-300 mg asetilsisteinga muvofiq);

Mukovissidoz

6 yoshdan katta bolalar 10 ml sutkada 3 marta (sutkada 600 mg asetilsistein);

2-6 yoshgacha bo‘lgan bolalar kuniga 5 ml sutkada 4 marta (sutkada 400 mg asetilsisteinga muvofiq);

Mukovissidoz va 30 kg dan ortiq tana vazni bo‘lgan pasientlarga zarur bo‘lganda sutkada 800 mg gacha asetilsisteinni dozasini oshirish mumkin.

Qo‘llash usuli

Preparatni ichga ovqatdan keyin qabul qilinadi. Dozani o‘lchash uchun gradasiya qilingan 2,5 ml va 5 ml ga va (yoki) o‘lchov stakanchasi bilan 2,5 ml,  5 ml va 10 ml solingan dozalangan shprisdan foydalanish kerak.

Shpris yordamida dozani o‘lchash

  1. Bolalar ochishidan himoyalangan flakonni ochib, qopqoqni bosib va uni chapga burash kerak.
  2. Flakon bo‘g‘ziga solingan perforasiya qilingan qistirmani ichiga bosib kirgiziladi. Agar qistirma to‘liq bosib kirgizilmasa, qopqoqni kiygizib keyin uni aylantiring. Qistirma shprisni flakon bilan biriktiradi va flakon bo‘g‘zida qoladi.
  3. Qistirma teshigiga shprisni zich kirgiziladi. Shpris porshenini oxirigacha tiralguncha tushirilishi kerak.
  4. Flakonni ehtiyotkorlik bilan kirgizilgan shpris bilan tubi yuqoriga qaratilgan holatda aylantiriladi, kerakli dozani ml da o‘lchab olish uchun porshenni tortish kerak. Agar eritmada havo pufakchalari bo‘lsa, shprisni asta – sekin yana to‘ldirish kerak. Agar zarur dozada 5 ml dan oshsa shprisni bir necha marta to‘ldirish kerek.
  5. Flakonni shpris bilan tubini yuqoriga qaratib aylantirish kerak, perforasiya qilingan qistirmadan shprisni olib tashlash lozim.
  6. Eritmani to‘g‘ridan – to‘g‘ri shprisdan bolaga berish mumkin yoki uni ichidagisini qoshiqqa quyish mumkin. Shprisdan eritmani bola qabul qilayotganda to‘g‘ri o‘tirishi lozim. Eritmani lunjlarning ichki tomoniga qaratib bola qalqib ketmasligi uchun shprisni sekin bo‘shatgan afzalroq.

Dozalangan shprisni ishlatilgandan keyin bir necha marta toza suv ichiga tortib yuvib tashlash kerak.

Qo‘shimcha suyuqlik qabul qilganda preparatning mukolitik samarasini kuchaytiradi.

Qabul qilish davomiyligi

Qisqa muddatli shamollash kasalliklarida 5-7 kun qabul qilinadi.

Shifokor maslahatisiz davolash kursi 4-5 kunni tashkil qiladi.

Surunkali bronxitda va mukovissidozda davolash davomiy kurslari bilan o‘tkaziladi. Davolashning maksimal davomiyligi 3-6 oyni tashkil qiladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Najo‘ya samaralarni baholash ularni paydo bo‘lish quyidagi tez- tezligi haqida ma‘lumotlarga asoslangan:

Juda tez–tez (≥1/10), tez–tez (≥1/100 va <1/10), tez–tez emas (≥1/1000 va < 1/100), kam hollarda (≥1/10000 va <1/1000), juda kam (<1/10000), tez–tezligi noma‘lum (bor ma‘lumotlar bo‘yicha baholash mumkin emas).

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Tez–tez emas: yuqori sezuvchanlik reaksiyalari juda kam hollarda: anafilaktik shok, anafilaktik / anafilaktoid reaksiyalar.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tez–tez emas: bosh og‘rig‘i.

Eshitish a‘zolari tomonidan va labirint buzilishlari

Tez–tez emas: tinnitus

Yurak tomonidan buzilishlar

Tez–tez emas: taxikardiya.

Qon tomirlar tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: arterial gipotenziya.

Juda kam hollarda: qon ketishlar.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: hansirash, bronxospazm

Me‘da–ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar

Tez–tez emas: ko‘ngil aynishi, qusish, diariya, qorinda og‘riq

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar

Tez–tez emas: eshakemi, toshma, angionevrotik shish, qichishish, ekzantema

In‘eksiya yuborish joyida umumiy buzilishlar

Tez–tez emas: isitma.

Tez–tezligi noma‘lum: yuz shishi

Turli tadqiqotlarda asetilsistein qondagi trombositlar agregasiyasini pasayishi isbotlangan. Hozirgi vaqtida bu holatlarni klinik ahamiyati aniqlanmagan.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Asetilsisteinga, metilparagidroksibenzoatga yoki preparatning har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik.
  • Faol peptik yara.
  • 2 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

ASS va yo‘talga qarshi preparatlarni majmuaviy qo‘llanganda yo‘tal refleksini susayishi natijasida sekretni dimlanib qolish xavfi paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun majmuaviy davolash  buyurish uchun tashhisni aniq qo‘yish lozim.

Hozirgi vaqtgacha olingan ma‘lumotlarga ko‘ra asetilsistein bilan antibiotiklar faolsizlantirilishi in vitro sharoitidagi eksperimentlarga asoslanadi, unda muvofiq moddalar bir biri bilan bilvosita aralashgan. Shunga qaramay, xavfsizlik maqsadida peroral antibiotiklarni ASS dan alohida kamida ikki soatlik oraliqqa rioya qilgan holda qabul qilish kerak. Bu sefiksimga va lorakarbefga taalluqli emas.

ASS nitrogliserinni qon tomirlarni kengaytiruvchi samarasini kuchaytiradi. Ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Bronxial astmasi bo‘lgan pasentlarga va anamnezida yarasi bo‘lgan pasientlarga ushbu preparat bilan davolash vaqtida ehtiyotkorlikka rioya qilinishi kerak.

ASS qo‘llash bronxial sekretni suyulishiga, demak hajmini oshishiga olib kelishi mumkin (ayniqsa davolash boshida). Yo‘talib chiqarib tashlash mumkin bo‘lmaganida (etarlicha yo‘talib tashlanaolmaganda) muvofiq choralar (drenaj va aspirasiya kabi) qo‘llanishi kerak.

Asetilsistein qo‘llangan vaqtida juda kam hollarda og‘ir teri reaksiyalari, Stivens – Djonson va Layell sindromi kabilar kuzatilgan. Teri va shilliq qavati tomonidan o‘zgarishlar paydo bo‘lgan hollarda ASS qabul qilishni to‘xtatish va zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.

3 yoshdan kichik bolalar preparatni faqat shifokor tavsiyasiga muvofiq qabul qilishlari mumkin.

Preparat metilparagidroksibenzoat saqlaydi va allergik reaksiyalar (shu jumladan kechikkan) chaqirishi mumkin.

Homiladorlik va emizish

Homilador ayollarda asetilsisteinni qo‘llanishi haqida ma‘lumotlar yetarli emas. Asetilsisteinni ko‘krak sutiga o‘tishi haqida ma‘lumotlar yo‘q. Homiladorlik vaqtida va emizish davrida preparatni faqat qat‘iy foyda va xavf nisbatini baholagandan keyin qo‘llash mumkin.

Transport vositalarini boshqarish mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Kuzatilmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtgacha asetilsisteinni peroral qabul qilish shakli bilan chaqirilgan dozani oshirib yuborilishni toksik holatlari kuzatilgan.

Sog‘lom ko‘ngillilarda uch oy davomida sutkada 11,6 g dozada asetilsistein oluvchilarda hech qanday og‘ir nojo‘ya samaralar kuzatilmagan. Ichga qabul qilingan asetilsistein dozalari, 500 mg/kg tana vazniga erishganlar hech qanday intoksikasiya simptomlarisiz o‘zlashtirilgan. Doza oshirib yuborilganda me‘da–ichak yo‘llari tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish va diariya simptomlari paydo bo‘lishi mumkin. Bolalarda hayotining birinchi davrida gipersekresiya xavfi mavjud.

Zarur bo‘lganda simptomatik davolash o‘tkaziladi.

 

Chiqarilish shakli

Jigar rang rangli shisha flakon qalpoqchasi va plombali xalqasi bilan.

2,5 va 5 ml gradasiyali va o‘lchov stakanchasi bilan 2,5, 5 va 10 ml dozalangan shpris o‘ramiga joylashgan.

1 flakondan 100 yoki 200 ml eritma o‘ram ilovasi va o‘lchov moslamasi bilan qutida joylangan.

 

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Ochilgandan keyin yaroqlilik muddati: 11 kun (25 S dan yuqori bo‘lmagan haroratda).

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish: