Apteka.uz
SavatKirish

ASS

ASS chiqarilish shakllari

ASS granuli 200 mg N20
ASS granuli 200 mg N20
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Germes Arsnaymittel GmbX/ Salyutas Farma GmbX
•87 ta dorixonada bor
Narxi
48 000 so'm dan
ASS 100 tabletkalari 100mg N20
Retseptsiz
ASS 100 tabletkalari 100mg N20
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Salutas Pharma GmbH
•104 ta dorixonada bor
Narxi
41 000 so'm dan
ASS LONG SHIPUCHIE tabletkalari 600mg N10
ASS LONG SHIPUCHIE tabletkalari 600mg N10
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Germes Arsnaymittel GmbX/ Salyutas Farma GmbX
•115 ta dorixonada bor
Narxi
60 000 so'm dan
ASS® eritma dlya vnutrennego primeneniya 100ml 20mg/ml
ASS® eritma dlya vnutrennego primeneniya 100ml 20mg/ml
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Salyutas Farma GmbX
ASS INJEKT inyeksiya uchun eritma  300mg/3ml N10
Retseptli
ASS INJEKT inyeksiya uchun eritma 300mg/3ml N10
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Lek d.d.
•18 ta dorixonada bor
Narxi
85 000 so'm dan
- ASS qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- ASSning tarkibi
- ASS ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- ASS narxi Toshkent dorixonalarida

ASS haqida qo'llanma

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ASS®

ACC®

 

Preparatning savdo nomi: ASS®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): asetilsistein

Dori shakli: ichga qabul qilish uchun eritma

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: asetilsistein – 20mg/ml;

yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoat (Ye 218), natriy benzoati (Ye 211), dinatriy edetati, natriy saxarinati, natriy karmelloza (Ye 466), natriy gidroksidi, 10 % li suvli eritmasi, tozalangan suv, olcha aromatizatori.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz, biroz qovushqoq, olcha ta‘mli eritma

Farmakoterapivtik guruhi: mukolitiklar

ATX kodi: R05CB01

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamika

Asetilsistein sistein aminokislotasining hosilasi hisoblanadi. Nafas yo‘llarida sekretolitik va sekretomotor ta‘sir ko‘rsatadi, shilliqni qovushqoqligini pasaytiradi. U kimyoviy radikallarni zararsizlantiradi, zararli moddalar detoksikasiyasi uchun muhim bo‘lgan glutationni sintezini kuchaytirishga ta‘sir ko‘rsatadi. Bu parasetamol intoksikasiyasida asetilsisteinni antidot samarasini tushuntiradi. Surunkali bronxit va mukovissidozi bo‘lgan pasientlarda asetilsistein profilaktik qo‘llanganda bakterial zo‘rayishlar tez-tezligi va og‘irligi pasayadi.

Farmakokinetika

Asetilsistein peroral qo‘llanganda tez va deyarli to‘liq so‘riladi va jigarda sistein (farmakologik faol metabolit), shuning diasetilsisteinni, sistinni va boshqa aralash disulfidlarni hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi.

Ichga qabul qilingan asetilsisteinni biokiraolishligi juda past (taxminan 10%). Preparatning plazmadagi maksimal konsentrasiyasiga 1-3 soatdan keyin erishiladi. Qon plazma oqsillari bilan bog‘lanishi –taxminan 50%. Organizmdan deyarli faol bo‘lmagan metaboliti shaklida buyrak orqali chiqariladi. Qon plazmasidan asetilsisteinni yarim chiqarilish davri taxminan 1 soatni tashkil qiladi va jigarda asosan tez metabolizm bilan belgilanadi.

Jigar faoliyatini buzilishi yarim chiqarish davrini 8 soatgacha uzayishiga olib keladi.

Asetilsistein yo‘ldosh orqali o‘tadi va kindik qonida aniqlanadi. Odamda asetilsisteinni gematoensefalik to‘siq orqali o‘tish qobiliyati haqida ma‘lumotlar yo‘q.

 

Qo‘llanilishi

ASS – qovushqoq balg‘amni suyultirish uchun va bolalar hamda kattalarda nafas yo‘llaridan chiqarilishini yengillashtirish uchun mukolitik vositadir.

ASS nafas a‘zolarining barcha kasalliklarida, quyuq va og‘ir ajraladigan balg‘am hosil bo‘lishi bilan kuzatiladigan, o‘tkir va surunkali bronxit, obstruktiv bronxit, traxeit, gripp, bronxial astma, shuningdek mukovissidozda, sinusit kabilarda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Agar boshqacha buyurilmagan bo‘lsa, preparatni quyidagi dozalarda qo‘llash buyuriladi.

Kattalar va 14 yoshdan katta o‘smirlar 10 ml sutkada 2-3 marta (sutkada 400-600 mg asetilsisteinga muvofiq);

6-14 yosh bolalar 10 ml sutkada 2 marta (sutkada 400 mg asetilsisteinga muvofiq);

2-5 yosh bolalar 5 ml sutkada 2-3 marta (sutkada 200-300 mg asetilsisteinga muvofiq);

Mukovissidoz

6 yoshdan katta bolalar 10 ml sutkada 3 marta (sutkada 600 mg asetilsistein);

2-6 yoshgacha bo‘lgan bolalar kuniga 5 ml sutkada 4 marta (sutkada 400 mg asetilsisteinga muvofiq);

Mukovissidoz va 30 kg dan ortiq tana vazni bo‘lgan pasientlarga zarur bo‘lganda sutkada 800 mg gacha asetilsisteinni dozasini oshirish mumkin.

Qo‘llash usuli

Preparatni ichga ovqatdan keyin qabul qilinadi. Dozani o‘lchash uchun gradasiya qilingan 2,5 ml va 5 ml ga va (yoki) o‘lchov stakanchasi bilan 2,5 ml,  5 ml va 10 ml solingan dozalangan shprisdan foydalanish kerak.

Shpris yordamida dozani o‘lchash

  1. Bolalar ochishidan himoyalangan flakonni ochib, qopqoqni bosib va uni chapga burash kerak.
  2. Flakon bo‘g‘ziga solingan perforasiya qilingan qistirmani ichiga bosib kirgiziladi. Agar qistirma to‘liq bosib kirgizilmasa, qopqoqni kiygizib keyin uni aylantiring. Qistirma shprisni flakon bilan biriktiradi va flakon bo‘g‘zida qoladi.
  3. Qistirma teshigiga shprisni zich kirgiziladi. Shpris porshenini oxirigacha tiralguncha tushirilishi kerak.
  4. Flakonni ehtiyotkorlik bilan kirgizilgan shpris bilan tubi yuqoriga qaratilgan holatda aylantiriladi, kerakli dozani ml da o‘lchab olish uchun porshenni tortish kerak. Agar eritmada havo pufakchalari bo‘lsa, shprisni asta – sekin yana to‘ldirish kerak. Agar zarur dozada 5 ml dan oshsa shprisni bir necha marta to‘ldirish kerek.
  5. Flakonni shpris bilan tubini yuqoriga qaratib aylantirish kerak, perforasiya qilingan qistirmadan shprisni olib tashlash lozim.
  6. Eritmani to‘g‘ridan – to‘g‘ri shprisdan bolaga berish mumkin yoki uni ichidagisini qoshiqqa quyish mumkin. Shprisdan eritmani bola qabul qilayotganda to‘g‘ri o‘tirishi lozim. Eritmani lunjlarning ichki tomoniga qaratib bola qalqib ketmasligi uchun shprisni sekin bo‘shatgan afzalroq.

Dozalangan shprisni ishlatilgandan keyin bir necha marta toza suv ichiga tortib yuvib tashlash kerak.

Qo‘shimcha suyuqlik qabul qilganda preparatning mukolitik samarasini kuchaytiradi.

Qabul qilish davomiyligi

Qisqa muddatli shamollash kasalliklarida 5-7 kun qabul qilinadi.

Shifokor maslahatisiz davolash kursi 4-5 kunni tashkil qiladi.

Surunkali bronxitda va mukovissidozda davolash davomiy kurslari bilan o‘tkaziladi. Davolashning maksimal davomiyligi 3-6 oyni tashkil qiladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Najo‘ya samaralarni baholash ularni paydo bo‘lish quyidagi tez- tezligi haqida ma‘lumotlarga asoslangan:

Juda tez–tez (≥1/10), tez–tez (≥1/100 va <1/10), tez–tez emas (≥1/1000 va < 1/100), kam hollarda (≥1/10000 va <1/1000), juda kam (<1/10000), tez–tezligi noma‘lum (bor ma‘lumotlar bo‘yicha baholash mumkin emas).

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Tez–tez emas: yuqori sezuvchanlik reaksiyalari juda kam hollarda: anafilaktik shok, anafilaktik / anafilaktoid reaksiyalar.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tez–tez emas: bosh og‘rig‘i.

Eshitish a‘zolari tomonidan va labirint buzilishlari

Tez–tez emas: tinnitus

Yurak tomonidan buzilishlar

Tez–tez emas: taxikardiya.

Qon tomirlar tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: arterial gipotenziya.

Juda kam hollarda: qon ketishlar.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: hansirash, bronxospazm

Me‘da–ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar

Tez–tez emas: ko‘ngil aynishi, qusish, diariya, qorinda og‘riq

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar

Tez–tez emas: eshakemi, toshma, angionevrotik shish, qichishish, ekzantema

In‘eksiya yuborish joyida umumiy buzilishlar

Tez–tez emas: isitma.

Tez–tezligi noma‘lum: yuz shishi

Turli tadqiqotlarda asetilsistein qondagi trombositlar agregasiyasini pasayishi isbotlangan. Hozirgi vaqtida bu holatlarni klinik ahamiyati aniqlanmagan.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Asetilsisteinga, metilparagidroksibenzoatga yoki preparatning har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik.
  • Faol peptik yara.
  • 2 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

ASS va yo‘talga qarshi preparatlarni majmuaviy qo‘llanganda yo‘tal refleksini susayishi natijasida sekretni dimlanib qolish xavfi paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun majmuaviy davolash  buyurish uchun tashhisni aniq qo‘yish lozim.

Hozirgi vaqtgacha olingan ma‘lumotlarga ko‘ra asetilsistein bilan antibiotiklar faolsizlantirilishi in vitro sharoitidagi eksperimentlarga asoslanadi, unda muvofiq moddalar bir biri bilan bilvosita aralashgan. Shunga qaramay, xavfsizlik maqsadida peroral antibiotiklarni ASS dan alohida kamida ikki soatlik oraliqqa rioya qilgan holda qabul qilish kerak. Bu sefiksimga va lorakarbefga taalluqli emas.

ASS nitrogliserinni qon tomirlarni kengaytiruvchi samarasini kuchaytiradi. Ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Bronxial astmasi bo‘lgan pasentlarga va anamnezida yarasi bo‘lgan pasientlarga ushbu preparat bilan davolash vaqtida ehtiyotkorlikka rioya qilinishi kerak.

ASS qo‘llash bronxial sekretni suyulishiga, demak hajmini oshishiga olib kelishi mumkin (ayniqsa davolash boshida). Yo‘talib chiqarib tashlash mumkin bo‘lmaganida (etarlicha yo‘talib tashlanaolmaganda) muvofiq choralar (drenaj va aspirasiya kabi) qo‘llanishi kerak.

Asetilsistein qo‘llangan vaqtida juda kam hollarda og‘ir teri reaksiyalari, Stivens – Djonson va Layell sindromi kabilar kuzatilgan. Teri va shilliq qavati tomonidan o‘zgarishlar paydo bo‘lgan hollarda ASS qabul qilishni to‘xtatish va zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.

3 yoshdan kichik bolalar preparatni faqat shifokor tavsiyasiga muvofiq qabul qilishlari mumkin.

Preparat metilparagidroksibenzoat saqlaydi va allergik reaksiyalar (shu jumladan kechikkan) chaqirishi mumkin.

Homiladorlik va emizish

Homilador ayollarda asetilsisteinni qo‘llanishi haqida ma‘lumotlar yetarli emas. Asetilsisteinni ko‘krak sutiga o‘tishi haqida ma‘lumotlar yo‘q. Homiladorlik vaqtida va emizish davrida preparatni faqat qat‘iy foyda va xavf nisbatini baholagandan keyin qo‘llash mumkin.

Transport vositalarini boshqarish mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Kuzatilmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtgacha asetilsisteinni peroral qabul qilish shakli bilan chaqirilgan dozani oshirib yuborilishni toksik holatlari kuzatilgan.

Sog‘lom ko‘ngillilarda uch oy davomida sutkada 11,6 g dozada asetilsistein oluvchilarda hech qanday og‘ir nojo‘ya samaralar kuzatilmagan. Ichga qabul qilingan asetilsistein dozalari, 500 mg/kg tana vazniga erishganlar hech qanday intoksikasiya simptomlarisiz o‘zlashtirilgan. Doza oshirib yuborilganda me‘da–ichak yo‘llari tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish va diariya simptomlari paydo bo‘lishi mumkin. Bolalarda hayotining birinchi davrida gipersekresiya xavfi mavjud.

Zarur bo‘lganda simptomatik davolash o‘tkaziladi.

 

Chiqarilish shakli

Jigar rang rangli shisha flakon qalpoqchasi va plombali xalqasi bilan.

2,5 va 5 ml gradasiyali va o‘lchov stakanchasi bilan 2,5, 5 va 10 ml dozalangan shpris o‘ramiga joylashgan.

1 flakondan 100 yoki 200 ml eritma o‘ram ilovasi va o‘lchov moslamasi bilan qutida joylangan.

 

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Ochilgandan keyin yaroqlilik muddati: 11 kun (25 S dan yuqori bo‘lmagan haroratda).

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:
 

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Atsetiltsistein yoki yordamchi moddalardan birontasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Faol peptik yara.

2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Tarkibi

Ta’sir etuvchi modda: atsetilsistein.
1 paketcha (3 g kukun) 600 mg atsetilsistein saqlaydi.
Yordamchi moddalar: saxaroza, askorbin kislotasi, natriy saxarinati, limon va asal aromatizatori.

Farmakodinamikasi

Farmakodinamikasi 

Farmakoterapevtik guruhi: mukolitiklar, balg‘am ko‘chiruvchi vositalar, yo‘talga qarshi vositalar bilan majmuasidan tashqari.

Mukolitik ta'siri

Atsetiltsistein sistein aminokislotasining hosilasi bo‘lib hisoblanadi. U nafas yo‘llarida mukolitik va sekretomotor ta'sir ko‘rsatadi. U mukopolisaxarid zanjirlarda disulьfid bog‘larida buzadi va DNK depolimerizatsiyasini (shilliq qavatda yiring mavjud bo‘lganida) chaqiradi. Shu tufayli preparat balg‘amning qovushqoqligini kamaytiradi va uni nafas yo‘llaridan chiqarilishiga yordam beradi.

Antioksidant ta'siri

Atsetiltsisteinning boshqa ta'siri erkin radikallarni neytralizatsiya qiluvchi faol sulьfgidril guruhlarini (SH-guruh) mavjudligi bilan bog‘liq.

N-atsetiltsistein va uning metabolitlari ikki usul bilan samarali antioksidant ta'sir ko‘rsatadi:

- Birinchi usul erkin radikallarni bevosita neytralizatsiyasidan iborat, tatijada ular xujayralarni shikastlamaydi (shunday qilib, N-atsetiltsistein o‘pka to‘qimalarini shikastlanishdan himoya qiladi).

- Ikkinchi usul, bilvosita, glutation hosil bo‘lishida N-atsetiltsisteinni ishtirok etishiga asoslangan (glutation sintezi va zahiralarini to‘ldirish uchun zarur bo‘lgan sistein manbai bo‘lib xizmat qiladi). Glutation xujayralarni oksidlanishni shikastlanish va elektrofil toksinlar ta'siridan himoya qilish, shuningdek oksidlanish-qaytarilish muvozanatini tutib turishda juda muhim rolь o‘ynadi.

Atsetiltsistein organizm detoksikatsiyasi: zararli moddalar va sharoitlarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan glutation sintezini oshishiga yordam beradi. Shu bilan atsetiltsisteinning paratsetamol bilan zaharlanishda antidot sifatida ta'siri tushuntiriladi.

Yallig‘lanishga qarshi ta'siri / turli virusli infektsiyalarda yallig‘lanish jarayonini susayishi

Glutation zahiralarini kamayishi ko‘pincha oksidlanishli stress va yallig‘lanish bilan bog‘liq. N-atsetiltsistein xujayralarning oksidlanish-qaytarilish statusini normallashtiradi va shu orqali sezgir xujayralarning signal va transkriptsion mexanizmlariga ta'sir ko‘rsatadi. Glutation xujayralarni yallig‘lanishli kasalliklar rivojlanishida muhim rolь o‘ynovchi asosiy signal molekulalari - kislorodning faol shakllarini neytralizatsiyasi (ya'ni qaytarish) yo‘li bilan himoya qiladi. 

Bir qator nashrlar, N-atsetiltsistein kappa-V yadro omili (NF-κB) va ko‘pgina boshqa yallig‘lanish sitokinlari, shu jumladan interleykin 8, interleykin 6 va alьfa-o‘sma nekrozi omili (O‘NO-α) ning yallig‘lanish faolligini ingibitsiya qilishini tasdiqlaydi.

Ushbu ma'lumotlar o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligini (O‘SOK) davolash uchun N-atsetiltsisteinni qo‘llashning ijobiy natijalari bilan ham mos keladi.

Bakteriyalarni o‘sishiga ta'siri / antibakterial ta'siri

N-atsetiltsistein antibakterial xususiyatlarga ega, ammo antibiotiklarga mansub bo‘lmagan vosita bo‘lib hisoblanadi. U ham grammusbat, ham grammanfiy bakteriyalarni o‘sishini bostirishi aniqlangan.

Bitta tadqiqotda N-atsetiltsisteinning klinik ta'siri mexanizmi ehtimoli sifatida bakteriyalar adgeziyasiga ta'siri o‘rganilgan. Buning uchun in vitro sharoitda Streptococcus pneumoniae va Haemophilus influenzaening yuqori adgeziv faollikka ega test-shtammlarini og‘iz-halqumning epitelial xujayralariga yopishishi tahlil qilingan. Adgeziya reaktsiyalari o‘tkazilgan. N-atsetiltsistein ham qisqa muddatli, ham uzoq muddatli inkubatsiyada H. influenzae adgeziyasiga yaqqol ingibitsiya qiluvchi ta'sir ko‘rsatgan.

Bakterial bioplyonkalarga ta'siri

Bakterial bioplyonkalar yuqori va quyi nafas yo‘llarining infektsion kasalliklari, shu jumladan mukovistsidoz va O‘SOK rivojolanishida muhim rolь o‘ynaydi. Hozirgi vaqtda bioplyonkani hosil bo‘lishi surunkali va (yoki) qaytalanuvchi infektsiyalarning kamida 60% holatlarida kuzatiladi deb hisoblanadi. Tadqiqot natijalari N-atsetiltsistein turli bakteriyalar tomonidan bioplyonkalar hosil bo‘lishini qisqartirishini tasdiqlaydi. Bunda biomassa N-atsetiltsistein kontsentratsiyasiga to‘g‘ri proportsional ravishda kamayadi.

Himoya ta'siri

Surunkali bronxit, O‘SOK va mukovistsidozi bo‘lgan patsiyentlarda profilaktik qo‘llaganda atsetiltsistein bakterial asoratlar tez-tezligi va og‘irlik darajasini kamaytiradi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi Atsetiltsistein ichga qabul qilingandan keyin tez va deyarli to‘liq so‘riladi. U jigarda va ichak devorida sistein va farmakologik nofaol metabolitlari, diatsetiltsistin, sistin va boshqa aralash disulьfidlargacha metabolizmga uchraydi.

Oqsilsiz plazmada umumiy N-atsetiltsisteinning miqdori aniqlash (ya'ni qaytarilga dori vositasi va aralash disulьfidlar tarkibidagi dori vositasining yig‘indisi) bilan o‘tkazilgan tadqiqotlarga muvofiq, ichga qabul qilgandan keyin biokiraolishligi 6 dan 10% gachani tashkil qiladi, bunda tez eruvchan (vishillovchi) tabletkalar yuqori biokiraolishlik (600 mg N-atsetiltsistein: Cmax 15 mkl/l, tmax 0,67 soat) bilan ajralib turgan.

Past biokiraolishlik N-atsetiltsistein tizimli qon oqimiga yetib borguncha sisteingacha tez oksidlanishidan dalolat beradi va ehtimol noto‘liq so‘rilishga nisbatan faol tizimoldi metabolizmi bilan bog‘liq.

Taqsimlanishi
Yuqori tizimoldi metabolizmi tufayli, ichga qabul qilgandan keyin atsetiltsisteinning biokiraolishligi taxminan 10% ni tashkil qiladi. Odam qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga 1-3 soatdan keyin erishiladi, bunda faol metabolit sisteinning plazmadagi kontsentratsiyasi taxminan 2 mkg/ml ni tashkil qiladi. Taxminan 50% atsetiltsistein plazmadagi oqsillar bilan bog‘lanadi. Preparatning o‘pkadagi taqsimlanish xajmi juda yuqori (48%).

Biotransformatsiyasi
Ichga qabul qilingandan keyin dori vositasi ichak devorida va jigarda faol tizimoldi metabolizmiga uchraydi.
Organizmda atsetiltsistein va uning metabolitlari uchta turli shakllarda aniqlanadi: erkin shaklda, plazma oqsillari bilan labil disulьfid bog‘lari bilan bog‘langan shaklda va sistein aminokislotasi birikmasi ko‘rinishida. Biotransformatsiyasi asosan deatsetilizatsiyadan iborat ekanligi isbotlangan, u ichga qabul qilgandan keyin dori vositasining past biokiraolishligini (taxminan 10%) belgilovchi asosiy omil bo‘lib hisoblanadi, buning natijasida qon plazmasi va bronxoalьveolyar suyuqlik kabi organizmning boshqa suyuqliklarida erkin N-atsetiltsistein juda past kontsentratsiyalarda mavjud bo‘ladi. Preparatni qabul qilish oqibatida odam qon oqimida glutation darajasini oshishi himoya samarasini belgilaydi deb hisoblanadi va ehtimol glutationni jigar va jigardan tashqari manbalardan ajralib chiqishini rag‘batlantirish chaqirgan.

Plazmadan yarim chiqarilish davri taxminan 1 soatni tashkil qiladi, asosan jigarda tez biotransformatsiya hisobiga. Shuning uchun jigar funktsiyasini buzilishida plazmadan yarim chiqarilish davri 8 soatgacha yetishi mumkin.

Chiqarilishi
Atsetiltsisteinning ichga qabul qilingan dozasining uchdan bir qismidan ko‘prog‘i (38%) buyraklar orqali nofaol metabolitlari (noorganik sulьfatlar, diatsetiltsistin) shaklida chiqariladi.

Farmakokinetik tadqiqot ma'lumotlari bo‘yicha vena ichiga yuborilgandan keyin taqsimlanish xajmi 0,47 l/kg (umumiy) va 0,59 l/kg (tiklangan) tashkil qiladi. Plazmadagi klirensi 1 kg ga 0,11 l/soat (umumiy) va 1 kg ga 0,84 l/soat (tiklangan) tashkil qilgan; yakuniy fazadagi yarim chiqarilish davri – 5,58 soat (umumiy) va 1,95 soat (tiklangan).
Ichga qabul qilingandan keyin qaytarilgan N-atsetiltsisteinning yakuniy fazadagi yarim chiqarilish davri 6,25 soatni tashkil qilgan.
Kalamushlarda atsetiltsistein yo‘ldosh orqali o‘tadi va homila oldi suyuqligida aniqlanadi.
Tana vazniga 100 mg/kg dozada atsetiltsistein ichga qabul qilingandan keyin 0,5, 1, 2 va 8 soat o‘tgach metabolit L-tsisteinning yo‘ldosh va homila oldi suyuqligidagi kontsentratsiyasi uning ona plazmasidagi kontsentratsiyasidan yuqori bo‘ladi.
Atsetiltsisteinni yo‘ldosh, gematoentsefalik to‘siq orqali o‘tishi va ko‘krak sutiga kirishini, shuningdek embrion, homila va bolaga ta'sirini aniqlash maqsadi bo‘lgan odam ishtirokidagi tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Xavfsizligi bo‘yicha klinik oldi ma'lumotlari
O‘tkir toksiklik
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda o‘tkir toksiklik past bo‘lgan. Doza oshirib yuborilganda davolash haqidagi ma'lumot «Dozani oshirib yuborilishi» bo‘limida keltirilgan.
Surunkali toksiklik
Bir yilgacha davomiylikdagi turli hayvonlarda (kalamushlar, itlar) o‘tkazilgan tadqiqotlarda biron-bir patologik o‘zgarishlar aniqlanmagan.
Onkogen va mutagen potentsiali
Atsetiltsistein mutagen ta'sirga ega emas deb hisoblanadi. In vitro sharoitda o‘tkazilgan tadqiqotlar ta'sirni aniqlamagan.
Atsetiltsisteinning onkogen potentsiali bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Reproduktiv toksikologiya
Quyonlar va kalamushlardagi embriotoksik tadqiqotlarda rivojlanishning tug‘ma nuqsonlari kuzatilmagan. Fertillik, peri- va postnatal toksiklik bo‘yicha tadqiqotlar ta'sirni aniqlamagan.
Atsetiltsistein kalamushlarda yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi va amniotik suyuqlikda aniqlanadi. Yo‘ldosh va homila to‘qimalaridagi L-tsistein metabolitining kontsentratsiyasi preparat peroral yuborilgandan keyin 8 soat davomida ona organizmidagi qon plazmasidagi kontsentratsiyasidan yuqori bo‘ladi.

Bolalar uchun qo'llanilishi

2 ёшдан кичик болаларда нафас йўларининг ўзига хослиги ва балғам чиқариш қобилиятини чекланганлиги туфайли, муколитикларни қабул қилиш нафас йўлларини беркилишига олиб келиши мумкин. Шунинг учун муколитикларни 2 ёшдан кичик бўлган болаларда қўллаш мумкин эмас («Қўллаш мумкин бўлмаган холатлар» бўлимига қаранг).

АЦЦ 200 мг битта пакетчаси 0,23 НБ га мос келади. Буни препаратни қандли диабети бўлган пациентларда қўллаганда эътиборга олиш керак.

Препарат сахароза сақлайди. Фруктозани ўзлаштираолмаслик, глюкоза-галактозани сўрилишини бузилиши ёки сахараза-изомальтаза етишмовчилиги каби кам учрайдиган наслий бузилишлари бўлган пациентлар ушбу препаратни қабул қилмасликлари керак.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik

Atsetiltsisteinni homilador ayollarda qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar yetarli emas. Hayvonlarda o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlar homiladorlikni kechishi, embrion/homilani rivojlanishi, tug‘ruq yoki postnatal rivojlanishga bevosita yoki bilvosita ta'sirini namoyish qilmagan (shuningdek «Xavfsizligi bo‘yicha klinik oldi ma'lumotlar» bo‘limiga qarang). Homiladorlik vaqtida preparatni faqat foyda va xavf nisbatini qat'iy baholagandan keyin qo‘llash kerak.

Emizish davri

Preparatni ko‘krak sutiga kirishi qobiliyati haqidagi ma'lumotlar mavjud emas.

Emizish davri preparatni faqat foyda va xavf nisbatini qat'iy baholagandan keyin qo‘llash kerak.

Fertillik

Atsetiltsisteinni odamda fertillikka ta'siri bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q. Hayvonlarda tadqiqotlarda atsetiltsisteinning terapevtik dozalari qo‘llanilganda fertillikka noxush ta'siri kuzatilmagan («Xavfsizligi bo‘yicha klinik oldi ma'lumotlar» bo‘limiga qarang).

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtgacha atsetiltsisteinning peroral shakllari dozani toksik oshirib yuborilishi xolatlari kuzatilmagan. 3 oy davomida sutkada 11,6 g dozada atsetiltsistein qabul qilgan ko‘ngillilarda hech qanday noxush reaktsiyalar kuzatilmagan. Tana vazniga 500 mg/kg ga yetgan atsetiltsisteinning dozalari biron-bir intoksikatsiya simptomlarisiz o‘zlashtirilgan.

Intoksikatsiya simptomlari

Doza oshirib yuborilganda ko‘ngil aynishi, qusish va diareya kabi me'da-ichak yo‘llari tomonidan simptomlar yuzaga kelishi mumkin. Bolalarda xayotining birinchi yili gipersekretsiya yuzaga kelishi xavfi mavjud.

Intoksikatsiyani davolash

Zarurati bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Maxsus ko‘rsatmalari

Bronxial astmasi bo‘lgan patsiyentlar davolash vaqtida sinchkov kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak. Bronxospazm rivojlanganda atsetiltsistein darhol bekor qilinadi va tegishli davolash buyuriladi.

Ushbu dori vositasini qo‘llaganda anamnezida yara kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda, ayniqsa me'da-ichak yo‘llarining shilliq qavatini ta'sirlovchi dori vositalarini yondosh qabul qilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.

Atsetiltsisteinni qo‘llash bronxial sekretni suyulishiga olib kelishi, demak uning xajmiini oshishiga (ayniqsa davolashni boshida) olib kelishi mumkin. Agar patsiyent balg‘am chiqaraolmasa (etarli darajada balg‘am chiqaraolmasa) tegishli choralarni (drenaj va aspiratsiya kabi) ko‘rish kerak.

Juda kam xollarda Stivens-Djonson sindromi va Layell sindrom kabi og‘ir teri reaktsiyalari kuzatilgan, ularni rivojlanishi vaqti bo‘yicha atsetiltsisteinni qo‘llash bilan mos kelgan. Teri va shilliq qavatlar tomonidan o‘zgarishlar yuzaga kelganda atsetiltsisteinni qabul qilishni darhol to‘xtatish va tibbiy yordamga murojaat etish kerak (shuningdek «Nojo‘ya ta'siri» bo‘limiga qarang).

Gistaminni o‘zlashtiraolmaydigan patsiyentlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Bunday patsiyentlarda atsetiltsistein bilan uzoq vaqt davolashdan saqlanish kerak, chunki atsetiltsistein gistamin metabolizmiga ta'sir ko‘rsatadi va uni o‘zlashtiraolmaslik simptomlarini (masalan bog‘ og‘rig‘i, tumov, qichishish) paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

ATSTS va yo‘talga qarshi preparatlarni (yo‘talni yengillashtiruvchi) majmuaviy qo‘llaganda yo‘tal refleksini bostirish oqibatida sekretni xavfli dimlanishi yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun bunday majmuaviy davolashni buyurishni sinchkovlik bilan baholash kerak.

Atsetiltsistein tomonidan antibiotiklarni faolsizlantirish haqidagi hozirgi kungacha olingan xabarlar faqat tegishli moddalar bir-bir bilan bevosita aralashtirilgan in vitro sharoitdagi eksperimentlarga asoslanadi. Shunga qaramasdan, xavfsizlik yuzasidan peroral antibiotiklarni atsetiltsisteindan kamida ikki soatlik interval bilan alohida qabul qilish kerak. Bu sefiksim va lorakarbefga taalluqli emas.

Atsetiltsistein/glitserintrinitrat

Yondosh atsetiltsisteinni qo‘llash glitserintrinitrat (nitroglitserin) ning qon-tomirlarni kengaytiruvchi va antiagregant ta'sirini kuchaytirishi mumkin.

Agar glitserintrinitrat va atsetiltsistein bilan davolash zarur bo‘lsa, patsiyentlarni jiddiy bo‘lishi mumkin bo‘lgan arterial gipotenziya rivojlanishini kuzatish, shuningdek ularni bosh og‘rig‘i yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirish kerak.

Faollashtirilgan ko‘mir yuqori dozalarda (antidot sifatida) atsetiltsisteinning samaradorligini pasaytirishi mumkin.

Laborator ko‘rsatkichlarni aniqlagandagi o‘zgarishlar

Atsetiltsistein salitsilatlarni kolorimetrik usulda aniqlashga ta'sir ko‘rsatishi mumkin.

Siydik tahlilida atsetiltsistein keton tanachalarini aniqlash natijalariga ta'sir ko‘rsatishi mumkin.

Atsetiltsistein preparatlarini boshqa dori vositalari bilan eritish tavsiya etilmaydi.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Agar boshqacha buyurilmagan bo‘lsa, ATSTS preparatini quyidagi dozalarda qo‘llash tavsiya etiladi.

Kattalar va 14 yoshdan oshgan o‘smirlar

ATSTS 200 mg 1 paketchadan kuniga 2–3 marta (sutkada 400–600 mg atsetiltsisteinga ekvivalent).

6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar

ATSTS 200 mg: ½ paketchadan kuniga 3 marta yoki 1 paketchadan kuniga 2 marta (sutkada 300–400 mg atsetiltsisteinga ekvivalent).

2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar

ATSTS 200 mg ½ paketchadan kuniga 2–3 marta (sutkada 200–300 mg atsetiltsisteinga ekvivalent).

Mukovistsidoz

6 yoshdan oshgan bolalar

ATSTS 200 mg 1 paketchadan kuniga 3 marta (sutkada 600 mg atsetiltsisteinga ekvivalent).

2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar

ATSTS 200 mg ½ paketchadan kuniga 4 marta (sutkada 400 mg atsetiltsisteinga ekvivalent).

Mukovistsedozi bo‘lgan va tana vazniga 30 kg gacha bo‘lgan patsiyentlarda zarurati bo‘lganida dozani sutkada 800 mg atsetiltsisteingacha oshirish mumkin.

Qo‘llash usuli

Ovqatdan keyin qabul qilinsin.

Granulalar suvda, sharbatda yoki sovuq choyda eritiladi.

Suyuqlikni qo‘shimcha qabul qilish preparatning mukolitik samarasini kuchaytiradi.

Preparatni qabul qilish davomiyligi

Qo‘llash davomiyligi kasallikning turi va og‘irlik darajasiga bog‘liq.

Qisqa muddatli shamollash kasalliklarida qabul qilish davomiyligi 5-7 kunni tashkil qiladi.

Surunkali bronxitda va mukovistsedozda davolash infektsiyalarni rivojlanishini oldini olish maqsadida davomli kurslar bilan o‘tkaziladi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. ASS preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

ASS narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №6
Yunusobod tumani, 7 Mavzesi, 48 uy, 3 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
70 000 so'm
Bron qilish
Target Farm №7
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk ipak yo'li ko'ch., 299 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
72 000 so'm
Bron qilish
D5 №4
Shayxontoxur tumani, Samarqand Darvoza ko'ch., 1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
73 000 so'm
Bron qilish
D5
Olmazor tumani, Sag'bon ko'ch., 246 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
73 000 so'm
Bron qilish

ASS haqida savollar

ASS haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.6, 8 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil