ASPIRIN EKSPRESS tabletkalari 0,5g N12

ASPIRIN EKSPRESS tabletkalari 0,5g N12 qo'llanmasi
So'rilishi yuqori, ichga qabul qilingandan so'ng ASK me'da-ichak traktidan tez va to'liq so'riladi. Eruvchan tabletkalar dori shakli uchun peroral qabul qilinganda ASK ning maksimal kontsentratsiyasi Cmax ga 18 daqiqadan so'ng erishiladi, bu Cmax i 30–45 daqiqa bo'lgan standart tabletkalarga qaraganda 2 baravar tezroq. So'rilish davrida va undan keyin darhol ASK asosiy faol metabolit - salitsil kislotasiga aylanadi. Eruvchan tabletkalar dori shakli uchun salitsil kislotasining Cmax i qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyaga 48 daqiqadan so'ng, standart tabletkalar uchun salitsil kislotasining Cmax i esa – 1,5-2 soatdan keyin erishadi.
Taxminan 80 % ASK va salitsil kislotasi plazma oqsillari bilan bog'lanadi va to'qimalarda tez taqsimlanadi. Salitsil kislotasi jigarda metabolizmga uchrab, salitsilurat, salitsilofenol glyukuronidi, salitsilatsil glyukuronidi, gentizin va gentizur kislotalari kabi metabolitlarni hosil qiladi. Ko'krak sutiga ajralib chiqadi va yo'ldosh orqali o'tadi.
Salitsil kislotasining eliminatsiyasi dozaga bog'liq. Yarim chiqarilish davri preparat past dozalarda qabul qilinganda 2-3 soatdan va yuqori dozalarda foydalanilganda taxminan 15 soatgacha o'zgarib turadi. Salitsil kislotasi va uning metabolitlari asosan buyraklar orqali ekskretsiya qilinadi.
Oshqozon-ichak trakti: qorinda og'riqlar; ko'ngil aynishi; qusish; jig'ildon qaynashi; oshqozon-ichakdan qon ketish, shu jumladan temir tanqisligi anemiyasining rivojlanishiga olib keladigan yashirin qon ketish;
oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yaralari (shu jumladan perforativ); jigar transaminazalari faolligining oshishi. Markaziy asab tizimi va sezgi a'zolari: bosh aylanishi, quloqlarda shovqin, eshitishning buzilishi, bosh og'rig'i (odatda doza oshirib yuborilganining belgilaridir). Qon yaratish tizimi: qon ketish vaqtining uzayishi va turli joylashuvdagi qon ketishlar rivojlanishi (burun, milklardan, gemorragik purpura va h.k.). Allergik reaksiyalar: anafilaktik reaksiyalar, bronxial astma, Kvinke shishi, eshakemi va boshqa allergik teri reaksiyalari.
Maxsus ko'rsatmalar Bolalarga atsetilsalitsil kislotasini saqlovchi preparatlarni tayinlash mumkin emas, chunki virusli infeksiya holatida Reye sindromi yuzaga kelishi xavfi ortadi. Reye sindromi simptomlari davomli qusish, o'tkir ensefalopatiya, jigar kattalashishi hisoblanadi.
ASK bronxospazm rivojlanishini qo'zg'atishi va bronxial astma xuruji yoki boshqa allergik reaksiyalarni chaqirishi mumkin. Xavf omillari bemorda anamnezda bronxial astma, pichan isitmasi, burun polipozi, nafas a'zolarining surunkali kasalliklari, shuningdek boshqa preparatlarga allergik reaksiyalar (masalan, qichishish, eshakemi, boshqa teri reaksiyalari) mavjudligi hisoblanadi. ASKning trombotsitlar agregatsiyasini bostirish qobiliyati jarrohlik aralashuvlari vaqtida va undan keyin (shu jumladan kichik jarrohlik aralashuvlari, masalan, tish sug'urish) qon ketishining kuchayishiga olib kelishi mumkin. Qon ketishlar xavfi ASK yuqori dozada qo'llanilganda ortadi. ASKning gemorragik samarasi u bekor qilinganidan keyin 4-8 kun davomida saqlanib qoladi. Past dozalarda ASK siydik kislotasi ekskretsiyasini kamaytiradi, bu uning ekskretsiyasi dastlab past bo'lgan bemorlarda podagra rivojlanishini chaqirishi mumkin. Analgetiklarni uzoq muddat qabul qilish ko'nikib qolish bosh og'rig'i shakllanishiga olib kelishi mumkin, u analgetiklar bekor qilingan davrda yuzaga keladi. Analgetiklarni odatiy ishlatish (ayniqsa turli analgetiklar kombinatsiyasini) og'ir buyrak shikastlanishi - analgetik nefropatiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Preparatning 1 dozasida 1086 mg natriy mavjud, buni tuz iste'molini cheklashni talab qiluvchi parhezda bo'lgan bemorlarda preparatni qo'llashda nazarda tutish kerak.
Avtomobil va harakatlanuvchi mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir qilmaydi.
Me'da-ichak traktining yarali shikastlanishi. Gemorragik diatez.
ASK ga, boshqa salitsilatlarga yoki preparatning har qanday yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik. Salitsilatlar va NYQP qabul qilish bilan induktsiyalangan bronxial astma. Metotreksatni haftasiga 15 mg dozada birgalikda qo'llash. Yaqqol buyrak yetishmovchiligi. Yaqqol jigar yetishmovchiligi. Dekompensatsiya bosqichidagi og'ir yurak yetishmovchiligi. Homiladorlikning birinchi va uchinchi trimestrlari va laktatsiya davri. Rey sindromi (jigarning o'tkir yog'li distrofiyasi va jigar yetishmovchiligining o'tkir rivojlanishi bilan kechuvchi entsefalopatiya) rivojlanish xavfi tufayli virusli infektsiyalar chaqirgan o'tkir respirator kasalliklari bo'lgan 15 yoshgacha bo'lgan bolalarga preparat buyurilmaydi. Ehtiyotkorlik bilan Antikoagulyantlar bilan yo'ldosh davolash; anamnezda: me'da-ichak trakti yaralari, shu jumladan surunkali yoki qaytalanuvchi yara kasalligi, shuningdek me'da-ichakdan qon ketish, NYQP va boshqa preparatlarga allergik reaktsiyalar, bronxial astma, pichan isitmasi, burun polipozi, nafas a'zolarining surunkali kasalliklari; buyrak va jigar faoliyatining buzilishi; podagra; giperurikemiya; homiladorlikning II trimestri. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanilishi Homiladorlikning I va III trimestrlarida ASK saqlovchi barcha preparatlarni qo'llash mumkin emas. Homiladorlikning II trimestrida ASK ni epizodik ravishda buyurish mumkin. Uzoq muddatli terapiya sifatida ishlatilmasin. Homiladorlikning III trimestrida ASK ni > 500 mg/sutka dozada qo'llash, boshqa prostaglandinlar ingibitorlari kabi, homilada quyidagi anomaliyalarni chaqirishi mumkin: Kardiopulmonal (arterial yo'lning muddatidan oldin yopilishi va o'pka gipertenziyasi). Kam suvlik bilan kechuvchi buyrak yetishmovchiligi rivojlanishigacha bo'lgan buyrak disfunktsiyasi. Homiladorlik oxiriga kelib ona va homilada qon ketish vaqtining uzayishi. Bu samara hatto ASK ning past dozalarini qo'llashda ham kuzatilishi mumkin. Laktatsiya. Salitsilatlar va ularning metabolitlari oz miqdorda ko'krak sutiga o'tadi. Bolani ko'krak suti bilan boqishda ASK saqlovchi preparatlarni qo'llash mumkin emas.
Metotreksat bilan haftasiga > 15 mg dozada kombinatsiya mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan ishlatiladigan preparatlar kombinatsiyalari Metotreksat haftasiga 15 mg dan kam dozada: preparatlar bir vaqtda qo'llanilganda metotreksatning gematologik toksikligi oshadi, chunki umuman NYAQV metotreksatning buyrak klirensini pasaytiradi, salitsilatlar esa, xususan, uni plazma oqsillari bilan bog'lanishdan siqib chiqaradi. Antikoagulyantlar (kumarin, geparin): ASK va bilvosita
atikoagulyantlar bir vaqtda qabul qilinganda trombotsitlar faoliyati bostirilishi, me'da va 12-barmoqli ichak shilliq qavati shikastlanishi va peroral antikoagulyantlar ularning plazma oqsillari bilan bog'lanishidan siqib chiqarilishi hisobiga qon ketish xavfi oshadi. Boshqa NYAQV yuqori dozada (? 3 g/sutka) salitsilatlar bilan: preparatlar bir vaqtda qo'llanilganda sinergizm samarasi tufayli me'da-ichak trakti shilliq qavati yaralari hosil bo'lishi va qon ketishlar xavfi oshadi. Urikozurik preparatlar (benzbromaron, probenetsid): siydik kislotasining raqobatli tubulyar chiqarilishi hisobiga urikozurik preparatlarning terapevtik samarasi pasayadi. Digoksin: preparatlar bir vaqtda qo'llanilganda digoksinning ekskretsiyasi pasayishi hisobiga plazmada uning konsentratsiyasi oshadi. Diabetga qarshi preparatlar (insulin, sulfonilmochevina): ASK yuqori dozada gipoglikemik xususiyatlarga ega ekanligi va sulfonilmochevinani plazma oqsillari bilan bog'lanishdan siqib chiqarishi hisobiga gipoglikemik samara kuchayadi. Trombolitiklar/boshqa sinf antitrombotsitar preparatlari (tiklopidin): qon ketish xavfi oshadi. Diuretiklar ASK bilan 3 g/sutka va undan ortiq dozada kombinatsiyada: buyraklarda prostaglandinlar sintezi pasayishi oqibatida kalavalar filtratsiyasi pasayadi. Tizimli glukokortikosteroidlar (GKS) gidrokortizondan tashqari (Addison kasalligini davolash uchun qo'llaniladi): preparatlar bir vaqtda qo'llanilganda qonda salitsilatlar konsentratsiyasi pasayadi, chunki GKS salitsilatlar eliminatsiyasini kuchaytiradi. Angiotenzin-aylantiruvchi ferment (AOF) ingibitorlari: AOF ingibitorlari va ASK 3 g/sutka va undan ortiq dozada bir vaqtda qo'llanilganda kalavalar filtratsiyasi pasayishi oqibatida AOF ingibitorlarining gipotenziv samarasi pasayishi qayd etiladi. Valproat kislotasi: ASK valproat kislotasining plazma oqsillari bilan bog'lanishini buzadi, natijada uning toksikligi oshadi. Alkogol: ASK bilan birikmada me'da-ichak trakti shilliq qavatiga shikastlovchi ta'sir kuchayadi va qon ketish vaqti uzayadi.
Kuchsiz va o'rtacha intensivlikdagi og'riq sindromi va isitmali holatlarda bir martalik doza 1000 mg ni tashkil qiladi (preparatning 2 ta shishillovchi tabletkasiga to'g'ri keladi). Maksimal bir martalik doza 1000 mg ni tashkil qiladi. Preparatni qabul qilish oralig'i kamida 4 soat bo'lishi kerak. Maksimal sutkalik doza 3 g (6 tabletka) dan oshmasligi kerak.
Davolash davomiyligi (shifokor maslahatisiz) og'riq qoldiruvchi vosita sifatida tayinlanganda 7 kundan va isitmani tushiruvchi vosita sifatida - 3 kundan oshmasligi kerak.Dozani oshirib yuborishDozani oshirib yuborishdan keksa yoshdagi bemorlarda va ular uchun o'limga olib kelishi mumkin bo'lgan kichik bolalarda ehtiyot bo'lish kerak. Simptomlari. O'rtacha darajadagi dozani oshirib yuborish uchun quloqlarda shovqin, eshitishning pasayishi hissi, bosh og'rig'i, bosh aylanishi, tormozlanish xosdir. Simptomlarni preparat dozasini kamaytirish orqali nazorat qilish mumkin. Og'ir darajadagi dozani oshirib yuborish uchun isitma, giperventilyatsiya, ketoz, respirator alkaloz, metabolik atsidoz, koma, yurak-qon tomir shoki, nafas olish yetishmovchiligi, og'ir darajadagi gipoglikemiya xosdir. Shoshilinch yordam tadbirlari. Shoshilinch terapiyani o'tkazish uchun ixtisoslashgan bo'limga zudlik bilan yotqizish - oshqozonni yuvish, faollashtirilgan ko'mir tayinlash, kislota-ishqor muvozanatini aniqlash, siydik rN qiymatlarini 7,5-8 oralig'ida olguncha ishqoriy diurez, qondagi salitsilatlar kontsentratsiyasi kattalarda 500 mg/l (3,6 mmol/l) va bolalarda 300 mg/l (2,2 mmol/l) dan ortiq bo'lganda jadallashtirilgan ishqoriy diurez, suyuqlik yo'qotilishini qoplash, simptomatik davolash. Og'ir






