ASIKLOVIR SINTEZ maz 10g 5%

ASIKLOVIR SINTEZ maz 10g 5% qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, maz sirtga qo'llanilganda atsiklovirning tizimli absorbtsiyasi minimal.
Nojo'ya samaralari
Nojo'ya ta'sirlarning rivojlanish tezligi Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga muvofiq tasniflangan: juda tez-tez - ? 1/10; tez-tez - ? 1/100 dan
Immun tizimi tomonidan: juda kam hollarda - anafilaktik reaksiyalar, shu jumladan angionevrotik shish va eshakemi.
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan: tez-tez emas - preparat surtilgan joyda qisqa muddatli achishish va sanchish hissi, teri qurishi, teri po'st tashlashi, qichishish; kam hollarda eritema, surtilgan joyda kontakt dermatit.
Agar yo'riqnomada ko'rsatilgan har qanday nojo'ya ta'sirlar kuchaysa yoki yo'riqnomada ko'rsatilmagan boshqa nojo'ya ta'sirlar kuzatilsa, darhol bu haqda shifokorga xabar berish kerak.
Maxsus saqlash sharoitlari
Atsiklovir surtmasi lab gerpesi qaytalanishlarining profilaktikasi uchun samarali.
Davolash samaradorligi u qancha erta (infektsiyaning birinchi belgilarida) boshlansa, shuncha yuqori bo'ladi.
Shilliq qavatlarga (ayniqsa og'iz va burun) surtishdan, shuningdek ko'zga tushishidan saqlanish kerak. Oftalmologiyada qo'llash uchun atsiklovirning boshqa dori shakli mavjud.
Preparat surtilgandan so'ng darhol yuvinish va cho'milish mumkin emas.
Atsiklovirning davolovchi samarasini amalga oshirish uchun organizm immun tizimining holati ahamiyatga ega. Immuniteti pasaygan bemorlarga (OIV/OITSda yoki suyak iligi transplantatsiyasidan keyin) atsiklovir surtmasini mahalliy qo'llash fonida preparatni tizimli yuborishni tayinlash kerak, xuddi gerpetik infektsiyaning og'ir va qaytalanuvchi kechishidagi kabi.
1,25 sm surtma tasmasini 25 kv. sm shikastlangan teriga surtish kerak.
Terining boshqa joylariga autoinokulyatsiyaning oldini olish uchun barmoq qoplamalari yoki rezina qo'lqoplardan foydalanish kerak.
Atsiklovir gerpesning jinsiy yo'l bilan yuqishini oldini olmaydi, shuning uchun davolash davrida, hatto klinik ko'rinishlar bo'lmasa ham, jinsiy aloqalardan saqlanish kerak.
Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat transportni boshqarish yoki diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiladigan boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Atsiklovirga yoki valatsiklovirga yoki preparatning boshqa har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi
Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo'llash xavfsizligi bo'yicha adekvat va qat'iy nazorat qilingan klinik tadqiqotlar o'tkazilmagan.
Qo'llash faqat ona uchun taxmin qilinadigan foyda homila va bola uchun potentsial xavfdan ustun bo'lgan hollarda ko'rsatilgan.
Atsiklovirni qo'llashning ro'yxatdan o'tkazilgandan keyingi tajribasi natijasida har qanday dori shaklidagi atsiklovirni qabul qilgan ayollarda homiladorlik natijalari bo'yicha ma'lumotlarni o'z ichiga olgan ma'lumotlar olindi. Atsiklovir bilan davolash olgan bemorlar orasida umumiy populyatsiyaga nisbatan tug'ma rivojlanish nuqsonlari yoki har qanday nuqsonlar sonining oshishi aniqlanmagan. Qo'llashdan oldin, agar Siz homilador bo'lsangiz, yoki homilador bo'lishingiz mumkinligini taxmin qilsangiz, yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, shuningdek emizish davrida shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Emizish davri
Emizish davrida preparatni qo'llash bo'yicha ma'lumotlar cheklangan. Muntazam qo'llanilganda atsiklovir ko'krak sutiga tushadi, biroq ko'krak suti bilan boqiladigan chaqaloq olishi mumkin bo'lgan doza ahamiyatsiz.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Immunostimulyatorlar bilan birga qo'llash atsiklovir samarasini kuchaytiradi.
Dozirovkasi
Maz zararlangan sohalarga sutkasiga 5-6 marta (infektsiya boshlanganidan keyin iloji boricha ertaroq) teng vaqt oraliqlarida surtiladi.
Qaytalovchi infektsiyani davolashni prodromal faza davrida yoki infektsiya namoyon bo'lishining boshida boshlash muhimdir.
Terapiyani pufakchalarda qobiq hosil bo'lguniga qadar yoki ular to'liq bitguniga qadar davom ettirish kerak.
Davolash davomiyligi - kamida 5 kun, ko'pi bilan 10 kun.Dozani oshirib yuborishPreparat qo'llash yo'riqnomasiga muvofiq qo'llanilganda dozani oshirib yuborish
ehtimoli kam, chunki atsiklovir minimal darajada so'riladi. Preparat tasodifan ichga qabul qilinganda yoki dozani oshirib yuborishga shubha qilinganda shifokorga murojaat qilish kerak.
ASIKLOVIR SINTEZ maz 10g 5% o'xshash dorilari



ASIKLOVIR SINTEZ maz 10g 5% xususiyatlari
Atsiklovir boshqa chiqarish shakllari


ASIKLOVIR SINTEZ maz 10g 5% analoglari



{
"data": {
"id": 32685,
"stores_apteka_id": null,
"slug": "atsiklovir-5-10-0-maz-sintez",
"stores_apteka_slug": null,
"name": "ASIKLOVIR SINTEZ maz 10g 5%",
"brand_name": "ASIKLOVIR SINTEZ",
"image": "uploads/iblock/81f/81f81e757a15aeef4282bba3377e7993.webp",
"atx_code": "D06BB03",
"drug_form_id": 12,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "unknown",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Sintez AKOMPiI,OAO ("Sintez" OAO)",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 479,
"slug": "dermatologicheskie",
"name": "Dermatologik",
"external_link_title": "",
"external_link": ""
},
"drug_group": {
"id": 6672,
"slug": "atsiklovir",
"name": "Atsiklovir"
},
"is_purchasable": false,
"country": {
"id": 20,
"slug": "rossiya",
"name": "Rossiya Federatsiyasi"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 6433,
"slug": "atsiklovir",
"name": "Asiklovir"
}
],
"tags": [
{
"id": 716,
"slug": "ot-gerpesa",
"name": "Gerpesdan"
}
]
}
}


















