×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ASIKLOVIR BELMED tabletkalari 200mg N20

Kategoriya:
- Virusga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Belarusiya
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
- Белмедпрепараты РУП
ATX kodi:
- J05AB01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 210 ta dorixonasida topildi

ico 11 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 10 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

INGAVIRIN kapsulalar 60mg N7 Валента фарм АО Rossiya Federatsiyasi
79 900 s`om dan
GEPAFLEKS tabletkalari 0,5mg N10 СП ООО "Remedy Group" O'zbekiston
AMIZONCHIK sirop 100ml 10mg/ml Фармак, ПАО Ukraina
46 000 s`om dan
OKSOLIN maz 10g 0,25% Синтез АКОМПиИ,ОАО ("Синтез" ОАО) Rossiya
5 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ASIKLOVIR BELMED tabletkalari 200mg N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ASIKLOVIR-AKOS

ACICLOVIR-ACOS

 

Preparatning savdo nomi: Asiklovir-AKOS

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): asiklovir

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: asiklovir (suvsiz moddaga qayta hisoblanganda) – 200 mg;

yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, magniy stearati, talk.

Ta‘rifi: oq rangli, yassi silindrik, faska va riskali tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: viruslarga qarshi vosita.

ATX kodi: J05AB01

 

Farmakologik xususiyatlari

Viruslarga qarshi (antigerpetik) vosita – purin nukleozidining sintetik analogi, in vitro va in vivo sharoitlarda 1 va 2 tur Herpes simplex viruslari, Varicella zoster virusi, Epshteyn-Barr virusi va sitomegalovirusini replikasiyasini ingibisiya qilish xususiyatiga ega.

1 va 2 tur Herpes simplex viruslariga nisbatan; suvchechak va o‘rab oluvchi temiratki (Varicella zoster) chaqiruvchi virusi; Epshteyn-Barr virusiga nisbatan yuqori faol (viruslarning turlari asiklovirning minimal bostiruvchi konsentrasiyasi ko‘rsatkichini oshirib borishi tartibida ko‘rsatilgan). Sitomegalovirusga nisbatan o‘rtacha faol. Virusli timidinkinazani saqlovchi infeksiyalangan hujayralarda asiklovirni fosforlanishi va asiklovir monofosfatga aylanishi yuz beradi. Guanilatsiklaza ta‘siri ostida asiklovir monofosfat difosfatga va bir qancha xujayra fermentlari ta‘siri ostida – trifosfatga aylanadi. Aynan viruslarga yuqori tanlangan ta‘siri va odam uchun kam toksikligi, asiklovirni infeksiyalanmagan hujayralar timidinkinaza fermenti uchun substrat emasligi bilan bog‘liq, shuning uchun u sut emizuvchilarning hujayralari uchun kam toksikdir. Asiklovir trifosfat virus DNK sintezini (replikasiyasini) uchta mexanizm orqali ingibisiya qiladi:

1) DNK sintezida dioksiguanezin trifosfat raqobatli o‘rnini almashtiradi;

2) sintezlanayotgan DNK zanjiriga “teriladi” va uning uzayishini to‘xtadi;

3) virusning DNK-polimerazasini fermentini susaytiradi.

Natijada odam organizmida viruslarni ko‘payishi bloklanadi. Asiklovirni ta‘sirining spesifikligi va yuqori selektivligi, shuningdek asosan viruslar bilan shikastlangan hujayralarda to‘planishi bilan bog‘liq. Gerpetik infeksiyalarida toshmaning yangi elementlarining hosil bo‘lishini oldini oladi, teri disseminasiyasi va visseral asoratlar ehtimolini pasaytiradi, qatirmalar hosil bo‘lishini tezlashtiradi, o‘rab oluvchi gerpesning o‘tkir fazadagi og‘rig‘ini kamaytiradi. Immunitetni rag‘batlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganidan keyin ichakda qisman so‘riladi, past lipofilligi tufayli    200 mg peroral qabul qilingandan keyin so‘rilishi 20% (15-30%), ammo bunda virusli kasalliklarni samarali davolash uchun yetarli bo‘lgan dozaga bog‘liq konsentrasiyalari hosil bo‘ladi. Ovqat asiklovirning so‘rilishiga ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi. Doza oshirilishi bilan biokiraolishligi kamayadi.

Maksimal konsentrasiya (Cmax) ichga 200 mg sutkada 5 marta buyurilgandan keyin –           0,7 mkg/ml, minimal konsentrasiya (Cmin) – 0,4 mkg/ml, maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti – 1,5-2 soat. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 9-33%. Gematoensefal to‘siqdan o‘tadi. A‘zolar va to‘qimalarga yaxshi o‘tadi (shu jumladan bosh miya, buyraklar, o‘pka, jigar, ko‘z ichi suyuqligi, ko‘z yoshi suyuqligi, ichak, mushaklar, taloq, ko‘krak suti, bachadon, shilliq pardalar va qin ajralmalari, sperma, amniotik suyuqlik, gerpetik pufakchalar ichidagisi); orqa miya suyuqligidagi konsentrasiyasi, qondagi kabi – 50%. Asiklovir yo‘ldosh orqali o‘tadi, ko‘krak suti bilan ahamiyatsiz konsentrasiyalarda chiqariladi.     200 mg dozada sutkada 5 marta ichga qabul qilinganidan keyin, asiklovir ko‘krak sutida plazmadagi konsentrasiyasidan 0,6-4,1% tashkil qiluvchi konsentrasiyalari aniqlanadi (ko‘krak sutidagi bunday konsentrasiyalarda emizikli bolalar ona suti bilan 0,3 mg/kg gacha bo‘lgan dozada asiklovir olishlari mumkin). Jigarda 9-karbometoksimetilguanin metaboliti hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi.

Kalavalar filtrasiyasi va naychalar sekresiyasi yo‘li bilan buyraklar orqali chiqariladi: ichga qabul qilinganida – katta qismi o‘zgarmagan holda (dozaning 62-91%) va metaboliti ko‘rinishda (o‘rtacha 14%). 2% kamrog‘i me‘da-ichak yo‘llari orqali chiqariladi; izi miqdorlari nafas bilan chiqaralayotgan havoda aniqlanadi.

6 soat davomidagi bir martalik gemodializ seansida asiklovirning plazmadagi konsentrasiyasi taxminan 60% kamayadi; peritonial dializda asiklovirning klirensi ahamiyatli o‘zgarmaydi.

Ichga qabul qilinganida kattalarda yarim chiqarilish davri (T1/2) – 3,3 soat, 1 yoshdan         18 yoshgacha bolalar va o‘smirlarda – 2,6 soat. Chiqarilish tezligi yosh o‘tgan sari sekinlashadi, lekin faol preparatning T1/2 biroz oshadi.

Og‘ir surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda T1/2 – 20 soatgacha. Buyrak yetishmovchiligidagi (kattalarda kreatinin klirensning (KK) ko‘rsatkichilariga qarab) T1/2; KK 80 ml/min – 2,5 soat, 50-80 ml/min – 3 soat, 15-50 ml/min – 3,5soat, anuriyada –  19,5 soat, gemodializ o‘tkazish vaqtida – 5,7 soat, doimiy ambulator peritonial dializda –  14-18 soat. OITS-infeksiyalangan pasientlarga asiklovir va zidovudin bir vaqtda yuborilganida ikkala preparatning farmakokinetik xarakteristikasi deyarli o‘zgarmaydi.

 

Qo‘llanilishi

Herpes simplex ni 1 va 2 tur va Varicella zoster viruslari chiqargan infeksiyalarni davolash va oldini olish:

– teri va shilliq qavatlarning oddiy gerpesi (birlamchi va qaytalanuvchi);

– genital gerpes (birlamchi va qaytalanuvchi);

– o‘rab oluvchi temiratki (o‘rab oluvchi gerpes);

– suvchechak (tipik toshma paydo bo‘lganidan keyingi birinchi 24 soat)

– yaqqol immuntanqisligi bo‘lgan bemorlarda (shu jumladan transplantasiyadan keyin, immunodepressiv dori vositalarini qabul qilganda, OIV-infeksiyalangan pasientlarda, ximioterapiya fonida) qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar, bir stakan suv bilan birga qabul qilinadi.

Kattalarga teri va shilliq qavatlarning oddiy gerpesini davolash uchun – 200 mg dan sutkada 5 marta (har 4 soatda kunduz kuni, tungi uyqudan tashqari) 5 kun davomida, zarurati bo‘lganida davolash davomiyligi uzaytirilishi mumkin. Immun tanqisligi bo‘lgan pasientlarni davolashda preparatning bir martalik dozasini 400 mg gacha oshirish kerak, kursning davomiyligi – 10 kun va ko‘proq.

Kattalarda genetal gerpesni davolash uchun – 200 mg dan sutkada 5 marta (har 4 soat kunduz kuni, tungi uyqudan tashqari) 10 kun davomida, zarurati bo‘lsa davolash muddatini uzaytirish mumkin.

Immun tanqisligi bo‘lgan pasientlarni davolashda preparatning bir martalik dozasini 400 mg gacha oshirish kerak. Davolashni infeksiya paydo bo‘lganidan keyin iloji boricha boshlash kerak; qaytalanishlarida preparatni prodromal davrida yoki toshmaning birinchi belgilari paydo bo‘lganida buyurish tavsiya etiladi.

Oddiy gerpes virusi chaqirgan infeksiyalarning qaytalanishlarini oldini olish uchun (shu jumladan immuntanqisligi bo‘lgan bemorlarda), preparat 200 mg dan sutkada 4 marta buyuriladi (har 6 soatda). Immunstatusi normal bo‘lgan pasientlarga teri va shilliq pardalarning oddiy gerpesini oldini olish maqsadida 400 mg dan sutkada 2 marta buyurish mumkin (har 12 soatda). Yaqqol immuntanqisligi holida (suyak ko‘migi transplantasiyasidan keyin yoki ichakdan so‘rilishini buzilishlarida) – 400 mg dan sutkada 5 marta.

Qaytalanuvchi genital gerpesda (yilida 6 epizoddan kam): uzlukli davolash  – 200 mg dan sutkada 5 marta 5 kun davomida. Qaytalanuvchi genital gerpes (yilga 6 epizoddan ko‘p): davomli bostiruvchi davolash – 400 mg dan kuniga 2 marta yoki 200 mg dan sutkada 3-5 marta (kurs davomiyligi 12 oygacha).

Profilaktik davolash kursi davomiyligi infeksiyalanish xavfi bo‘lgan davomiylik davri bilan aniqlanadi.

O‘rab oluvchi temiratki (o‘rab oluvchi gerpesni) davolashda – 800 mg dan sutkada 5 marta (har 4 soatda kunduz kuni, tungi uyqudan tashqari) 7-10 kun davomida. Qabulga maksimal bir martalik dozasi – 800 mg.

Yuqori dozalarni ichga qabul qiluvchi pasientlar yetarlicha miqdorda suyuqlik qabul qilishlari kerak.

3 yoshdan oshgan bolalarga preparat kattalarga buyurilgan dozalarda buyuriladi.

Suvchechakni davolash: kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga – 800 mg dan sutkada 4 marta, 3-6 yoshli bolalarga – 400 mg dan sutkasiga 4 marta.

Aniqroq dozani 20 mg/kg hisobidan belgilash mumkin, lekin 800 mg dan ko‘p emas sutkasida 4 marta. Davolash kursi – 5 kun.

Buyraklar faoliyatinining buzilishlari bo‘lgan pasientlarda doza va dozalash tartibiga kreatinin klirensining kattaligi va infeksiya turiga qarab tuzatish kiritish kerak.

Herpes simplex chaqirgan infeksiyani davolash uchun, kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan kam bo‘lganida preparatning sutkalik dozasini 400 mg gacha kamaytirish kerak, uni 2 qabulga bo‘lib (ular orasidagi interval 12 soatdan kam bo‘lmasligi kerak, ya‘ni 200 mg dan sutkada 2 marta). Varicella zoster chaqirgan infeksiyalarni davolashda va yaqqol immuntanqisligi bo‘lgan bemorlardagi tutib turuvchi davolashda kreatinin klirensi – minutiga 10-25 ml bo‘lgan pasientlarga preparat sutkada 2,4 g dozada 3 qabulda 8 soat oraliq bilan buyuriladi (800 mg dan sutkada 3 marta).

Kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan kam bo‘lgan pasientlarda sutkalik doza 1,6 g gacha kamaytiriladi, qabul qilish soni sutkada 2 marta 12 soat oraliq bilan (800 mg dan sutkada 2 marta).

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorin og‘riqlari; kam hollarda – bilirubin darajasini va jigar fermentlarining faolligini qaytuvchan oshishi.

Qon yaratish tizimi tomonidan: juda kam hollarda – anemiya, leykopeniya, trombositopeniya.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: kam hollarda – qonda mochevina va kreatinin darajasini oshishi. juda kam hollarda – o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.

MNT tomonidan: bosh og‘rig‘i, kam hollarda – bosh aylanishi, ongning chalkashishi, gallyusinasiyalar, uyquchanlik, paresteziyalar, tirishishlar, koma kabi qaytuvchan nevrologik buzilishlar. Odatda bu nojo‘ya samaralari buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda preparat tavsiya etilgandan yuqori dozalar qabul qilinganida kuzatilgan.

Allergik reaksiyalar: toshma, fotosensibilizasiya, eshakemi, qichishish; kam hollarda -xansirash, angionevrotik shish, anafilaksiya.

Isitma, limfoadenopatiya, perefirik shishlar, ko‘rishning buzilishlari, mialgiya.

Boshqalar: tez charchash; kam hollarda – alopesiya.

Antiretrovirus preparatlarni oluvchi pasientlarda, asiklovirni qo‘shimcha qabul qilish toksik samaralarning ahamiyatli kuchayishini chaqirmagan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Asiklovirga o‘ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan valasiklovirga), 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Extiyotkorlik bilan

Homiladorlik, laktasiya davri, degidratasiya va buyrak yetishmovchiligi.

Prepartni homiladorlikda ona uchun taxmin qilingan foyda, homila uchun bo‘lgan potensial xavfdan ustun bo‘lgan xollarda qo‘llash mumkin.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Immunostimulyatorlarni bir vaqtda buyurishda samarasining kuchayishi kuzatiladi. Boshqa nefrotoksik dori vositalar – nefrotoksik ta‘siri xavfini oshishi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Asiklovir bilan uzoq muddat yoki takroran davolanish immuniteti past bo‘lgan bemorlarda, uning ta‘siriga sezgirligi bo‘lmagan virus shtammlarini paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Ko‘pchilik ajratilgan asiklovirga sezgir bo‘lmagan virus shtammlarida, virus timidinkinazasining nisbiy yetishmovchiligi aniqlangan; o‘zgargan termidinkinazali yoki o‘zgargan DNK-polimirazali shtammlar ajratilgan. In vitro sharoitda alohida ajratilgan Herpes simplex virus shtammlariga asiklovirning ta‘siri kam sezgirlikka ega bo‘lgan shtammlarning paydo bo‘lishini chaqirishi mumkin.

Adekvat va qat‘iy nazoratli klinik tadqiqotlarda preparatni homiladorlik davrida qo‘llashning xavfsizligi tekshirilmagan. Qo‘llash faqat agar ona uchun taxmin qilingan foyda homila uchun mumkin bo‘lgan potensial xavfdan ustun bo‘lgan holda ko‘rsatilgan.

Preparatni yuqori peroral dozalari bilan davolash davrida kirishini pasientning organizmiga suyuqlikni yetarlicha kirishini ta‘minlash kerak.

Laktasiya davrida preparat faqat o‘ta zarur bo‘lgan holda va qisqa kurs bilan buyuriladi, asiklovirni ko‘krak sutiga ahamiyatsiz kirishi tufayli ko‘krak bilan emizish to‘xtatilmaydi, lekin katta ehtiyotkorlik bilan shifokorning qat‘iy nazorati ostida davom ettiriladi.

Asiklovir gerpesni jinsiy yo‘l bilan yuqishini oldini olmaydi, shuning uchun davolanish davrida jinsiy aloqadan saqlanish kerak, hatto klinik ko‘rinishlar bo‘lmaganida ham.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

20 g asiklovirni og‘iz orqali qabul qilish spesifik simptomlarning rivojlanishiga olib kelmaydi.

Chiqarilish shakli

Tabletkalar 200 mg dan.

10 tabletka kontur uyali o‘ramda.

1, 2, 3 kontur uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutilarda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

5 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ASIKLOVIR BELMED tabletkalari 200mg N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ASIKLOVIR BELMED tabletkalari 200mg N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ASIKLOVIR BELMED tabletkalari 200mg N20 dori vositasi Белмедпрепараты РУП tomonidan Belarusiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ASIKLOVIR BELMED tabletkalari 200mg N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ASIKLOVIR BELMED tabletkalari 200mg N20 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
TETRASIKLIN BELMED tabletkalari 100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты РУП
MUKOSAT BELMED kapsulalar 250mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты РУП
SEREBROLIZAT inyeksiya uchun eritma 1ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты РУП
Narh: 3 900 so'mdan Batafsil
FENIBUT tabletkalari 250mg N20
Narh: 15 600 so'mdan Batafsil
PREDNIZOLON maz 10 g 5 mg/g
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
NISTATIN tabletkalari 500000ed N20
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
LEVOFLOKSASIN kapsulalar 250mg N10
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
KETOTIFEN tabletkalari 1mg N10
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
VARFARIN tabletkalari 2,5mg N100
Narh: 36 000 so'mdan Batafsil
ALLOXOL tabletkalari N50
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
ALLOXOL tabletkalari N10
Narh: 1 700 so'mdan Batafsil
NISTATIN maz 25g 100000YeD
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
MEKSIBEL eritma 2ml 50mg/ml N10
OVOMIN BELMED eritma 5ml 12000 ATE/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: ovomin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты РУП
Narh: 300 000 so'mdan Batafsil
PIRALGIN tabletkalari N10
LEVOFLOKSASIN eritma 100ml N1
DEKSAMETAZON ko'z tomchilari 5ml 0,1%
Narh: 2 900 so'mdan Batafsil
SEFTRIAKSONA NATRIEVAYA SOL poroshok 500mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты РУП
SEFTRIAKSONA NATRIEVAYA SOL poroshok 1000mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты РУП
SEFTRIAKSONA NATRIEVAYA SOL poroshok 1000mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты РУП
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
SEFAZOLIN BELMED poroshok 500mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты РУП
SEFAZOLIN BELMED poroshok 1000mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты РУП
TETRASIKLIN BELMED tabletkalari 100mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты РУП
RIFAMPISIN BELMED kapsulalar 150mg N900
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты РУП
Другие формы препарата
ASIKLOVIR maz 5g 5%
ASIKLOVIR maz 10g 5%
ASIKLOVIR MPZ maz 10g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Asiklovir ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Муромский приборостроительный завод ,АО
ASIKLOVIR SINTEZ maz 5g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Asiklovir ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез АКОМПиИ,ОАО ("Синтез" ОАО)
ASIKLOVIR BELMED maz 5g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya Respublikasi
  • Faol modda: Asiklovir ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты РУП
ASIKLOVIR SINTEZ maz 5g 3%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Asiklovir ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез АКОМПиИ,ОАО ("Синтез" ОАО)
ASIKLOVIR SINTEZ maz 10g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Asiklovir ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез АКОМПиИ,ОАО ("Синтез" ОАО)
ASIKLOVIR AKRIXIN maz 10g 5%
ASIKLOVIR AKRIXIN maz 5%
ASIKLOVIR maz 10 g 5 %
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: REMEDY, СП ООО
ASIKLOVIR maz 40 g 5 %
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: REMEDY, СП ООО
ASIKLOVIR maz 30 g 5 %
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: REMEDY, СП ООО
ASIKLOVIR maz 25 g 5 %
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: REMEDY, СП ООО
ASIKLOVIR maz 20 g 5 %
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: REMEDY, СП ООО
ASIKLOVIR maz 15 g 5 %
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: REMEDY, СП ООО
MR ASIKLOVIR maz 10g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9