Apteka.uz
SavatKirish

MOKSI — G tabletkalari 400mg N5

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Gruziya
Kategoriya:Antibiotiklar
Faol modda:Moksifloksasin
Ishlab chiqaruvchi:GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
Teglar:Sistitdan
Vakil:GMP
ATX kodi:J01MA14
Barcha MOKSI dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

MOKSI — G tabletkalari 400mg N5 haqida qo'llanma

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Bir qobiq bilan qoplangan Moksi-G tabletkasi 400 mg faol modda – moksifloksatsin saqlaydi.

Yordamchi moddalar: mikrokristallik sellyuloza, natriy kraxmal glikolyati, gidroksipropilsellyuloza, natriy laurilsulfati, magniy stearati.

Farmakologik ta'siri

Ftorxinolonlar guruhiga mansub antibakterial preparat. Bakteritsid taʼsir koʻrsatadi. Taʼsir mexanizmi bakterial II va IV topoizomerazalarni ingibirlanishi bilan bogʻliq bu mikrob xujayrasida DNK sintezini buzilishiga va oqibati sifatida, mikrob xujayralarini oʻlimiga olib keladi.

Penitsillinlar, sefalosporinlar, aminoglikozidlar, makrolidlar va tetratsiklinlar moksifloksatsin orasida qarama-qarshi chidamlilik aniqlanmaydi. Xinolonlarga nisbatan qarama-qarshi chidamlilik hollari aniqlanadi. Shunga qaramasdan, boshqa xinolonlarga chidamli baʼzi grammusbat va anaerob mikroorganizmlar moksifloksatsinga sezgirdir.

Moksifloksatsinga chidamlilik asta-sekin koʻpsonli mutatsiyalar yoʻli bilan rivojlanadi.

Moksifloksatsin in vitro sharoitida grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarning keng doirasi, anaeroblar, kislotaga chidamli bakteriyalar va Micoplasma, Chlamidia, Legionella kabi mikroorganizmlarning atipik shakllariga nisbatan faol. Beta-laktam va makrolid antibiotiklarga chidamli bakteriyalarga nisbatan samarali. Moksifloksatsinning antibakterial faolligining taʼsir doirasi quyidagi mikroorganizmlarni oʻz ichiga oladi:

grammusbat aerob bakteriyalar: Streptococcus pneumoniae (shu jumladan, penitsillin va makrolidlarga nisbatan chidamli shtammlari), Streptococcus yogenes (A guruhi), Streptococcus milled, Streptococcus mitis, Streptococcus agalactiae, Streptococcus dysgalactiae, Stapylococcus aureus (shu jumladan metitsillinga sezgir shtammlari), Staphylococcus cohnii, Staphylococcus epidermidis (shu jumladan metitsillinga sezgir shtammlari), Stapylococcus haemolyticus, Stapylococcus hominis, Stapylococcus saprophyticus, Stapylococcus simulans, Corynebacterium dipheriae;

grammanfiy aerob bakteriyalar: Haemophillus influenzae (shu jumladan beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi shtammlari), Haemophillus parainfluenzae, Klebsiella pneumoniae, Moraxella catarrhalis (shu jumladan beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi shtammlari), Escherichia coli, Enterobacter aerogenes, Enterobacter agglomerans, Enterobacter intermedius, Enterobacter sakazaki, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Morganella morganii, Providencia rettgeri, Providencia stuartii;

anaerobnыye bakterii: Bacteroides distasonis, Bacteroides eggerthii, Bacteroides fragilis, Bacteroides ovatus, Bacteroides thethaiotaomicron, Bacteroidesnuniformis, Fusobacterium spp, Porphyromonas spp. (shu jumladan Porphyromonas anaerobius, Porphyromonas asaccharolyticus, Porphyromonas magnus), Prevotella spp, Propionbacterium spp, Clostridium perfringens, Clostridium ramonus;

shuningdek Chlamydia pneumoniae, Mycoplasma pneumoniae, Legionella pneumoniae, Caxiella bumetti.

Moksifloksatsin Pseudomonas aeruginosa, Pseudomonas fluorescens, Burkholderia cepacia, Streptrophomonas maltophilia larga nisbatan kamroq faol.

Moksifloksatsin ichga qabul qilinganidan keyin tez va deyarli toʻliq soʻriladi. Moksifloksatsin 400 mg dozada bir marta qabul qilinganidan keyin qonda Smax 0,5-4 soat davomida erishiladi.

Preparatning plazmadagiga nisbatan yuqori konsentratsiyalari oʻpka toʻqimasida (shu jumladan alveolyar makrofaglarda), bronxlar shilliq qavatida, burunning yon boʻshliqlarida, interstitsial suyuqlikda va soʻlakda, yalligʻlanish oʻchoqlarida yuzaga keladi. Siydik bilan, shuningdek ahlat bilan oʻzgarmagan holda ham, nofaol metabolitlari koʻrinishida ham chiqariladi. T1/2 taxminan 12 soatni tashkil qiladi.

Nojo'ya samaralari

Odatda Moksi-G yaxshi oʻzlashtiriladi, koʻpchilik nojoʻya samaralari (90%) ogʻirligi boʻyicha yengil va oʻrtachaga kiradi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: koʻngil aynishi, qusish, taʼm sezishni buzilishi, diareya, qorinda ogʻriqlar, qabziyat, dispepsiya, jigar sinamalarining oʻzgarishi, ogʻizni qurishi, meteorizm, ishtahani yoʻqolishi, stomatit, glossit.

Yurak-tomir tizimi tomonidan: yoʻldosh gipokaliyemiyasi boʻlgan bemorlarda QT intervalining uzayishi, taxikardiya, periferik shishlar, AD ni oshishi yoki pasayishi, koʻkrakda ogʻriq, periferik qon manzarasini oʻzgarishi..

MNT va periferik nerv tizimi tomonidan: uyqusizlik, bosh aylanishi, asabiylik, uyquchanlik, tremor, paresteziyalar, ongning chalkashishi, depressiya, asteniya, emotsional labillik, koordinatsiyaning buzilishi, turli klinik koʻrinishlari boʻlgan tirishish xurujlari.

Nafas tizimi tomonidan:bronxospazm, dispnoe.

Suyak-mushak tizimi tomonidan: orqada ogʻriq, artralgiya, mialgiya.

Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: qin kandidozi, vaginit.

Allergik reaksiyalar: toshma, qichishish, eshakemi.

Qo'llanilishi

Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infeksion-yalligʻlanish kasalliklari:

surunkali bronxitning zoʻrayishi;
shifoxonadan tashqari pnevmoniya;
oʻtkir sinusit;
teri va yumshoq toʻqimalarning infeksiyalari.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

homiladorlik;
emizish davri;
18 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlar;
moksifloksatsin va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
EHTIYOTKORLIK CHORALARI

Moksi-G tirishish xurujlarini paydo boʻlishiga va tirishishga tayyorgarlik boʻsagʻasini pasayishiga yordam beruvchi MNT kasalliklarida (shu jumladan MNT jalb qilinishiga nisbatan shubha qilingan kasalliklar), QT intervalini uzayishi, bradikardiya, oʻtkir miokard infarkti, yurak oʻtkazuvchanligini potensial sekinlashtiruvchi preparatlar (Ia, II, III sinf antiaritmik preparatlar, tritsiklik antidepressantlar, neyroleptiklar) bilan bir vaqtda qoʻllanganida, ogʻir buyrak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qoʻllanadi.

Moksi-G ni tutqanoqlarda buyurishdan saqlanish kerak.

Ftorxinolonlar, shu jumladan moksifloksatsin bilan davolash fonida, ayniqsa keksa va GKS larni olayotgan patsiyentlarda tendinit rivojlanishi va payning uzilishi rivojlanishi mumkin. Payning yalligʻlanish belgilari va ogʻriq paydo boʻlganida preparatni qabul qilish toʻxtatiladi va shikastlangan qoʻl-oyolarning harakatlari kamaytiriladi.

Antibiotiklarni qoʻllash soxtamembranoz kolining rivojlanishini xavfi bilan bogʻliq.

Anamnezida antibiotiklar bilan davolash fonida ogʻir diareya hollari kuzatilgan patsiyentlarga moksifloksatsin buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Ogʻir diareya rivojlanganida preparatni qabul qilish toʻxtatiladi. Xinolonlarni qoʻllashda fotosensibilizatsiya reaksiyalari kuzatiladi. Patsiyentlar preparatni qabul qilish davrida toʻgʻri quyosh nurlaridan va UB nurlanishidan saqlanishlari kerak.

Avtotransport va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

Moksifloksatsin MNT tomonidan kam nojoʻya reaksiyalar chaqirishiga qaramasdan, avtomobilni yoki harakatlanayotgan mexanizmlarni boshqarish mumkinligi haqidagi masala preparat qabul qilishga patsiyentning reaksiyasi baholangandan keyin shaxsiy hal qilinadi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Moksi-G va kortikosteroidlar bir vaqtda qoʻllanganida tendovaginitning rivojlanishi yoki payning uzilishini xavfi oshadi. Shuning uchun ushbu majmua ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Moksifloksatsin va antatsid preparatlar, shuningdek mineral moddalarni saqlovchi preparatlar, polivitaminlar bilan bir vaqtda qoʻllanganida moksifloksatsinning soʻrilishi buzilishi mumkin. Shuning uchun antatsidlar va kalsiy, magniy, alyuminiy, temir saqlovchi boshqa preparatlarni Moksi-G qabul qilinganidan keyin 2 soat oʻtgach yoki 4 soat oldin qabul qilish kerak.

Digoksin bilan bir vaqtda qabul qilinganida moksifloksatsin digoksinning farmakokinetik xususiyatlarini ahamiyatsiz darajada oʻzgartiradi.

Moksifloksatsinni glibenklamid, probenitsid, varfarin, peroral gormonal kontratseptivlar bilan oʻzaro taʼsiri aniqlanmagan.

Faollashtirilgan koʻmir va moksifloksatsin 400 mg dozada ichga bir vaqtda qabul qilinganida, preparatning biokiraolishligi uning soʻrilishni tormozlanishi natijasida 80% dan koʻproqqa pasayadi.

Dozirovkasi

Preparat kattalarga 400 mg dan (1 tabletka) sutkada 1-marta buyuriladi.

Davolashning davomiyligi surunkali bronxitning zoʻrayishida – 5 kun, shifoxonadan tashqari pnevmoniyada – 10 kun, oʻtkir sinusit va teri va yumshoq toʻqimalarning infeksiyalarida – 7 kun. Preparat bilan davolashning davomiyligi 14 kunga yetishi mumkin.

Buyraklar faoliyati buzilgan patsiyentlarga (KK>30 ml/min) dozalash tartibini oʻzgartirish tavsiya qilinmaydi.

Tabletkalarni ovqat qabul qilishdan qatʼiy nazar, chaynamasdan, koʻp boʻlmagan miqdordagi suv bilan birga qabul qilish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Moksifloksatsin 1200 mg gacha dozada bir marta va 600 mg dan 10 kundan ortiq vaqt davoimda qoʻllanganida qanday boʻlmasin nojoʻya samaralari kuzatilmagan.

Davolash: doza oshirib yuborilgan holida klinik vaziyatga muvofiq EKG monitoringi bilan simptomatik davolash oʻtkaziladi. Doza oshirib yuborilganida faollashtirilgan koʻmirni qoʻllash tavsiya qilinadi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. MOKSI — G tabletkalari 400mg N5 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

MOKSI — G tabletkalari 400mg N5 o'xshash dorilari

M-GIL eritmasi 100 ml 5 mg / ml N1
M-GIL eritmasi 100 ml 5 mg / ml N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd., Indiya proizvedeno: Realcade Lifescience Pvt. Ltd
•31 ta dorixonada bor
Narxi
28 000 so'm dan
AZIADJIO 200 suspenziya 15ml 200mg/5ml
Retseptli
AZIADJIO 200 suspenziya 15ml 200mg/5ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
•1 ta dorixonada bor
Narxi
32 500 so'm dan
SIPRINOL tabletkalari 500mg N10
Retseptli
SIPRINOL tabletkalari 500mg N10
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
•114 ta dorixonada bor
Narxi
25 900 so'm dan

MOKSI — G tabletkalari 400mg N5 xususiyatlari

MOKSI boshqa chiqarish shakllari

MOKSI D ko'z tomchilari 10ml
Retseptli
MOKSI D ko'z tomchilari 10ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Laborate Pharmaceuticals India Ltd
•100 ta dorixonada bor
Narxi
30 200 so'm dan

MOKSI — G tabletkalari 400mg N5 analoglari

VIGAMOKS tomchilar 5ml 0,5%
VIGAMOKS tomchilar 5ml 0,5%
Belgiya
Ishlab chiqaruvchi:
Alkon-Kuvrer N.V. S.A.
•1 ta dorixonada bor
Narxi
90 000 so'm dan
MAKSIFLOKS ko'z tomchilari 5ml 5mg/ml
MAKSIFLOKS ko'z tomchilari 5ml 5mg/ml
Ruminiya
Ishlab chiqaruvchi:
S.C. Rompharm Company S.R.L.
•93 ta dorixonada bor
Narxi
4 500 so'm dan
MOKSISIN ko'z tomchilari 5ml 0,5%
Retseptli
MOKSISIN ko'z tomchilari 5ml 0,5%
Armaniston
Ishlab chiqaruvchi:
Likvor FarmKompaniya
•116 ta dorixonada bor
Narxi
46 900 so'm dan
APDROPS ko'z tomchilari 5ml 0,5%
APDROPS ko'z tomchilari 5ml 0,5%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Ajanta Pharma Limited
•80 ta dorixonada bor
Narxi
52 500 so'm dan
BIVOKSA ko'z tomchilari 5ml 0,5% N1
BIVOKSA ko'z tomchilari 5ml 0,5% N1
Ruminiya
Ishlab chiqaruvchi:
World Medicine Ophthalmics, Velikobritaniya proizvedeno: S.C. Rompharm Company S.R.L.
•23 ta dorixonada bor
Narxi
60 000 so'm dan
MOKSIKUM infuziya uchun eritma 250ml 400mg/250ml
Retseptli
MOKSIKUM infuziya uchun eritma 250ml 400mg/250ml
Turkiya
Vakil:
Dr.Sertus
Ishlab chiqaruvchi:
Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Tursiya proizvedeno: Mefar Ilac Sanayii A.S.
•2 ta dorixonada bor
Narxi
112 700 so'm dan
MOKSIKUM tabletkalari 400mg N7
Retseptli
MOKSIKUM tabletkalari 400mg N7
Turkiya
Vakil:
Dr.Sertus
Ishlab chiqaruvchi:
Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Tursiya proizvedeno: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S.
•103 ta dorixonada bor
Narxi
98 500 so'm dan
MOKSITAV ko'z tomchilari 5ml 0,5%
MOKSITAV ko'z tomchilari 5ml 0,5%
O'zbekiston
Vakil:
Aseptica
Ishlab chiqaruvchi:
Aseptica, OOO
•56 ta dorixonada bor
Narxi
46 100 so'm dan
KINOLOKS tabletkalari 400mg N5
KINOLOKS tabletkalari 400mg N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Novugen Pharma, IP OOO
•31 ta dorixonada bor
Narxi
61 000 so'm dan

MOKSI — G tabletkalari 400mg N5 haqida savollar

MOKSI — G tabletkalari 400mg N5 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil