Ташкент
logo
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Ginekologik dorilar  / MASTODINON tomchilar dlya priema vnutr 50ml

MASTODINON tomchilar dlya priema vnutr 50ml

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Germaniya
Farmakoterapevtik guruh:

Ginekologik kasalliklarni davolash uchun boshqa preparatlar

Ishlab chiqaruvchi:Bionorica SE
ATX kodi:G02СX03
Barcha Mastodinon dorilari
4 ta dorixonada bor
Narxi 60 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 4 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

MASTODINON tomchilar dlya priema vnutr 50ml qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

100 g tomchi quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: Agnus castus Ø (Avraam daraxti) 20 g Caulophyllum thalictroides D4 (vasilistkali Steblelist) 10 g Cyclamen D4 (Alp binafshasi) 10 g Ignatia D6 (Kuchala ignatsiya daraxti) 10 g Iris D2 (turli xil rangli Gulsapsar) 20 g Lilium tigrinum D3 (yo‘l-yo‘l Liliya) 10 g yordamchi moddalar: etanol Etanol miqdori: 47,0-53,0% (hajm nisbati)

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:

100 g tomchi quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

Agnus castus Ø (Avraam daraxti)                                                          20 g

Caulophyllum thalictroides D4 (vasilistkali Steblelist)                            10 g

Cyclamen D4 (Alp binafshasi)                                                               10 g

Ignatia D6 (Kuchala ignatsiya daraxti)                                                   10 g

Iris D2 (turli xil rangli Gulsapsar)                                                            20 g

Lilium tigrinum D3 (yo‘l-yo‘l Liliya)                                                          10 g

yordamchi moddalar: etanol

Etanol miqdori: 47,0-53,0% (hajm nisbati)

Chiqarilish shakli

Ichga qabul qilish uchun tomchi, 50 ml va 100 ml.

50 yoki 100 ml preparat birinchi ochish nazorati bo‘lgan buraladigan qopqoqli, dozalovchi tomchilagich moslama bilan jihozlangan to‘q rangli shisha flakonlarda.

1 flakondan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Farmakodinamikasi

Agnus castus dan tayyorlangan ekstrakt, prolaktin ajralib chiqarilishini kamaytirishi isbotlangan. Prolaktin ajralishiga ingibirlovchi ta’siri hayvonlarda o‘tkazilgan tekshiruvlarda ham tasdiqlangan. Agnus castus ekstraktini qo‘llanganida ayollarda prolaktin miqdori biroz oshgan, shuningdek stress oqibatidagi oshgan prolaktin miqdorining (“yashirin giperprolaktinemiya” deb nomlanadi) kamayishini bir qancha klinik tekshiruvlar ko‘rsatdi.


Farmakokinetikasi

Ta’riflanmagan.

Farmakoterapevtik guruh

Ginekologik kasalliklarni davolash uchun boshqa preparatlar

Dori shakli

Ichga qabul qilish uchun tomchi.

Nojo'ya samaralari

Allergik reaksiyalar: yuzni shishi, hansirash, yutishni qiyinlashishi qayd qilingan. Allergik teri reaksiyalari (masalan, toshma va eshakemi), bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, akne, me’da-ichak buzilishlari (ko‘ngil aynishi, me’dada og‘riq) kabi paydo bo‘lishi mumkin. Allergik reaksiyalarning birinchi belgilari paydo bo‘lganida, preparatni qo‘llashni to‘xtatish lozim.

Eslatma: gomeopatik preparatni qo‘llash mavjud bo‘lgan shikoyatlarni vaqtinchalik yomonlashishiga olib kelishi mumkin (dastlabki yomonlashish). Bunday hollarda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish zarur!
Maxsus saqlash sharoitlari

Estrogenga-bog‘liq xavfli o‘smalar bilan kasallangan patsiyentlar, preparatni qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashishlari lozim.

Dopamin ta’sirlarini keltirib chiqaruvchi (dopamin agonistlari), dopamin ta’sirlarini ingibirlovchi (dopamin antagonistlari), estrogen va antiestrogen preparatlarini qabul qilayotgan bemorlar Mastodinon® tomchini qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashishlari lozim.

Preparatni qabul qilish vaqtida simptomlar kuchaysa, darhol shifokor bilan maslahatlashish zarur.
 
Mastodinon® tomchining ta’sir mexanizmi gormonal muvozanatni garmonizatsiyasini o‘z ichiga oladi, bunga 3 oygacha muddat talab etiladi. Bu davrda hayz ko‘rish siklini buzilishlari bo‘lishi mumkin. 

Gipofizar buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar, preparatni qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashishi lozim.

Hayz siklini boshqarish orqali Vitex agnus-castus mevalari ayollar fertilligiga ta’sir etishi mumkin.

Etanol saqlaganligi tufayli (hajm nisbatida 47-53%) alkogolizm bilan xastalangan patsiyentlarda va alkogolizmdan muvaffaqiyatli davolangandan so‘ng ushbu vositani qabul qilish mumkin emas.

Yuqori xavf guruhi patsiyentlarda: jigar kasalligi, tutqanoq kasalliklarida tarkibida alkogol borligini e’tiborga olish zarur.

Tavsiya etilgan dozalarda preparat transportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatini kamaytirmaydi.

Saqlash jarayonida xiralashishi yoki ahamiyatsiz bo‘lgan cho‘kma tushishi mumkin. Bu preparatning samarasiga ta’sir qilmaydi.

Qo‘llashdan oldin chayqatilsin!


Qo'llanilishi

Quyidagi holatlarni majmuaviy davolashda simptomatik vosita sifatida:

- hayz oldi sindromi (mastodiniyalar, sut bezlarining taranglashishi, ruhiy labillik, qabziyatlar, shishlar, bosh og‘rig‘i/migren);

- mastopatiyalar;

- hayz siklini buzilishi va/yoki sariq tana yetishmovchiligi chaqirgan bepushtlikda qo‘llanadi


Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Preparatni homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Hayvonlarda o‘tkazilgan tekshirishlarda sut ishlab chiqarilishini kamayishi aniqlangan. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Mastodinon 12 yoshdan boshlab bolalarda jinsiy yetilish davridan to muntazam hayz boshlanigunigacha qo‘llanilmasligi kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Vitex agnus-cactus, fructus, dopamin ta’sirlarini keltirib chiqaruvchi (dopamin agonistlari), dopamin ta’sirlarni ingibirlovchi (dopamin antagonistlari), estrogen va antiestrogen preparatlari bilan o‘zaro ta’sirlarini to‘liq istisno qilib bo‘lmaydi

Umumiy eslatma: nosog‘lom turmush tarzi, shuningdek ta’sirlovchi moddalar va stimulyatorlarni (masalan kofe) iste’mol qilish, gomeopatik vositalarni ta’siriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Qo‘shimcha dori preparatlarini qabul qilishda, shifokor bilan maslahatlashish zarur.


Ta'rifi

Tiniq, biroz sarg‘ish, hushbo‘y hidli.

Saqlash jarayonida xiralashishi yoki ahamiyatsiz bo‘lgan cho‘kma tushishi mumkin.

Dozirovkasi
Dozalash

Patsiyentlar
   
bir martalik doza
kunduzgi doza

Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlarga
       
     30 tomchi      60 tomchi

Qo‘llash usuli

30 tomchidan kuniga 2 marta (ertalab va kechqurun), ularni biroz suv bilan suyultirib qabul qilish lozim.
Preparatni boshqa suyuqliklar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin.

Davolashning optimal samarasiga erishish uchun, Mastodinon® ni kamida 3 oy shu jumladan hayz ko‘rish vaqtida qo‘llash tavsiya etiladi.

Agar 3 oy qo‘llangandan keyin simptomlar saqlansa, u holda shifokor bilan mastlahatlashish kerak.


Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi kungacha dozani oshirib yuborilishi haqida ma’lumotlar yo‘q.
Davolash: simptomatik.

MASTODINON tomchilar dlya priema vnutr 50ml boshqa chiqarish shakllari

MASTODINON tabletkalari N60
Retseptsiz
MASTODINON tabletkalari N60
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bionorica SE
Narxi
143 800 so'm dan

MASTODINON tomchilar dlya priema vnutr 50ml savollari

MASTODINON tomchilar dlya priema vnutr 50ml fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilar

SINUPRET draje N50
Retseptsiz
SINUPRET draje N50
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bionorica SE
Narxi
67 000 so'm dan
Narxi
49 100 so'm dan
MASTODINON tabletkalari N60
Retseptsiz
MASTODINON tabletkalari N60
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bionorica SE
Narxi
143 800 so'm dan
SINUPRET FORTE tabletkalari N20
Retseptsiz
SINUPRET FORTE tabletkalari N20
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bionorica SE
Narxi
73 000 so'm dan
Narxi
110 000 so'm dan
TONZIPRET tomchilar 50ml
Retseptsiz
TONZIPRET tomchilar 50ml
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bionorica SE
Narxi
70 000 so'm dan

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil