×
×
  • NAFTIZIN eritma 5ml 0,1%

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NAFTIZIN eritma 5ml 0,1%

Kategoriya:
- Nazal vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Нафазолин
Ishlab chiqaruvchi:
- Dentafill Plyus, ООО
ATX kodi:
- R01AA08
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

OTRIVIN sprey 10ml 0,1% ГСК Консьюмер Хелскер С.А. Shveytsariya
34 700 s`om dan
ETASID sprey 50mkg N1 World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd. Sti., Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S. Turkiya
95 000 s`om dan
POLIDEKSA S FENILEFRINOM sprey 15ml Софартекс Frantsiya
71 500 s`om dan
RINORUS sprey 10ml 0,05% Синтез АКОМПиИ,ОАО ("Синтез" ОАО) Rossiya
Saqlash shartlari В защищенном от света месте, в плотно закрытой упаковке, при температуре не выше 30 °C.

Хранить в недоступном для детей месте.

Yaroqlilik muddati (oy) 3 года.

Не применять по истечении срока годности, указанного на упаковке.

Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NAFTIZIN eritma 5ml 0,1% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NAFTIZIN®

NAPHTIZIN®

 

Preparatning savdo nomi: Naftizin®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): nafazolin (naphazoline)

Dori shakli: nazal tomchilar

Tarkibi:

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 0,5 mg (0,05%) yoki 1 mg (0,1%) nafazolin nitrati;

yordamchi moddalar: borat kislotasi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: shishga qarshi va burun bo‘shlig‘ining kasalliklarida mahalliy qo‘llash uchun boshqa preparatlar.

ATX kodi: R01AA08.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Naftizin® alfa-adrenoreseptorlarga ta‘siri tufayli, periferik qon tomirlarga yaqqol tomirlarni toraytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Shilliq qavatlarga qo‘yilganda shishni, giperemiyani, ekssudasiyani kamaytiradi, bu rinitlarda burun orqali nafas olishni yengillashtiradi. Nafazolin burunning yondosh bo‘shliqlarini chiqaruvchi yo‘llarini va yevstaxiy naylarini ochilishi va kengayishiga yordam beradi, bu sekretni oqib chiqishini yaxshilaydi va bakteriyalarni tutilib qolishiga to‘sqinlik qiladi.

Farmakokinetikasi

Nafazolin mahalliy qo‘llanganda to‘liq so‘riladi.

Intranazal qo‘llanganda terapevtik ta‘siriga 5 minut davomida erishiladi va 4-6 soat davom etadi.

 

Qo‘llanilishi

O‘tkir rinit, burunning yondosh bo‘shliqlarning yallig‘lanish kasalliklari, yevstaxiit, o‘rta quloqni yallig‘lanishi.

Diagnostik va davolash muolajalarida shishni kamaytirish uchun qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Naftizin® har bir burun yo‘liga, boshni biroz orqaga tashlab va chap burun yo‘liga tomizishda uni o‘ngga og‘dirib va o‘ng burun yo‘liga tomizishda – chapga og‘dirib tomiziladi.

Davolash maqsadida. Kattalar va 15 yoshdan katta bolalarga – har bir burun yo‘liga          1-3 tomchidan 0,05% – 0,1% li eritma.

3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 0,05% li eritma qo‘llanadi – 1 tomchidan, 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – har bir burun yo‘liga 1-2 tomchidan.

Naftizin® kuniga 3 marta qo‘llanadi, lekin ko‘pincha har 4 soatdan ko‘p emas.

Naftizin®ni kattalarda 1 haftadan ortiq va bolalarda 3 sutkadan ortiq qo‘llash mumkin emas.

Takroran Naftizin®ni faqat bir necha sutka o‘tgach qo‘llash mumkin.

Qon ketishi hollarda preparatning 0,05% li eritmasi bilan namlangan tamponlar ishlatiladi.

Diagnostika maqsadida. Burun bo‘shlig‘i tozalanganidan keyin har bir burun yo‘liga 3-4 tomchi 0,05%-0,1% li eritma tomiziladi yoki 0,05%-0,1% li eritmada namlangan tampon 1-2 minutga kiritiladi.

Ovoz boylamlari shishi xollarida 1-2 ml preparatni xiqildoq uchun shprislar yordamida purkaladi.

Bolalar.

Naftizin 0,05% ni 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin.

Naftizin 0,1% ni 15 yoshdan katta bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Tavsiya qilingan dozalarga rioya qilinganida Naftizin® odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Kam hollarda nojo‘ya ko‘rinishlari paydo bo‘ladi.

Immun tizimi tomonidan: allergik reaksiyalar, shu jumladan Kvinke shishi.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan: achishish va burun shilliq qavatini qurishi. Preparatning ta‘siri tugagandan keyin burunni kuchli bitish xissi paydo bo‘lishi mumkin. Simpatik nervlar qo‘zg‘aluvchanligi bilan qo‘zg‘atuvchi va asosan preparatni dozasini oshirib yuborilganda paydo bo‘luvchi tizimli nojo‘ya samaralar kuzatiladi:

nerv tizimi tomonidan: asabiylik, bosh og‘rig‘i, tremor;

yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, yurak urishini xis etish, arterial gipertenziya;

teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: ko‘p terlash.

Kattalarda bir xaftadan ko‘p  va bolalarda 3 kundan ko‘p yoki juda tez-tez qo‘llanganda preparatga o‘rganib qolishni chaqirishi mumkin, bu u qo‘llangandan keyin burun shilliq qavatini shishi bilan kechadi.

Uzoq qo‘llanganda siliar faollikni kuchsizlanishiga va burun shilliq qavatini qaytmas shikastlanishiga , burun shilliq qavatini quruq yallig‘lanishiga olib kelishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik; burun shilliq qavatining quruq yallig‘lanishida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Naftizin®ni MAO ingibitorlari, trisiklik antidepressantlar va maprotilin bilan bir vaqtda qo‘llanganda yoki ular bekor qilingandan bir necha kundan keyin arterial bosimni oshishini chaqirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni yurak-qon tomir tizimining og‘ir kasalliklarida (arterial gipertenziyada, yurak ishemik kasalligida), qandli diabetda, gipertireozda, feoxromositomada, bronxial astmada juda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Arterial bosimni potensial oshirishi mumkin bo‘lgan MAO ingibitorlari va boshqa preparatlarni bir vaqtda qo‘llaganda; miokardni simpatomimetiklarga sezuvchanligini oshiruvchi anestiklarni (masalan galotan) qo‘llanganda, shuningdek preparat homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanganda ehtiyotkorlik zarur.

Kattalar va bolalarda uzoq vaqt qo‘llashdan saqlanish kerak. Preparatni uzoq vaqt qo‘llash burunni surunkali bitishiga va shilliq qavatini atrofiyasiga olib kelishi mumkin.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi.

Preparatni shifokor ko‘rsatmasiga ko‘ra, ona uchun foyda/homila (bola) uchun xavf nisbatini hisobga olib qo‘llash mumkin. Nafazolin nitrati yo‘ldosh to‘sig‘i orqali yoki ko‘krak sutiga o‘tishi xaqida ma‘lumot yo‘q.

Avtotransportni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati.

Terapevtik dozalarda qo‘llanganida transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatni dozasini oshirib yuborilishi yoki bexosdan yutib yuborish preparatni tizimli ta‘sir simptomlari bilan namoyon bo‘lishi mumkin: asabiylik, ko‘p terlash, bosh og‘rig‘i, tremor, yurak urishini his etish, taxikardiya, gipertenziya. Terini oqarib ketishi, sianoz, isitma, ko‘ngil aynishi, spazmlar, yurak xurujlari, yurak to‘xtashi, o‘pka shishi, nafasni buzilishi, ruxiy buzilishlar. Markaziy nerv tiziminiga susaytiruvchi ta‘siri quyidagi simptomlar bilan namoyon bo‘ladi: tana haroratini pasayishi, ko‘p terlash, uyquchanlik, shok xolati, apnoe, koma.

Tasodifan dozani oshirib yuborilish xollarida preparatni qo‘llashni bekor qilish va shifokorga murojaat qilish kerak. Simptomatik davolash.

Kattalarga nisbatan salbiy ta‘sirlarga sezuvchan bolalarda dozani oshirib yuborilish xavfi oshadi.

Chiqarilish shakli

10 ml dan qalpoqcha bilan berkitilgan polietilen flakonda. 1 flakondan qutida.

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida, 25oS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Flakon ochilganidan keyin preparatning yaroqlilik muddati – 28 sutka.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NAFTIZIN eritma 5ml 0,1% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NAFTIZIN eritma 5ml 0,1% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NAFTIZIN eritma 5ml 0,1% dori vositasi Dentafill Plyus, ООО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NAFTIZIN eritma 5ml 0,1% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NAFTIZIN eritma 5ml 0,1% dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
NAFTIZIN burun uchun tomchilar 10ml 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Нафазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 2 280 so'mdan Batafsil
NAFTIZIN burun uchun tomchilar 10ml 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Нафазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
Narh: 2 280 so'mdan Batafsil
NAFTIMIZIN MF eritma 30ml 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Нафазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: MEDIOFARM, ООО
NAFTIMIZIN MF eritma 20ml 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Нафазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: MEDIOFARM, ООО
Narh: 2 500 so'mdan Batafsil
NAFTIMIZIN MF eritma 15ml 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Нафазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: MEDIOFARM, ООО
NAFTIMIZIN MF eritma 10ml 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Нафазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: MEDIOFARM, ООО
NAFTIMIZIN MF eritma 15ml 0,05%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Нафазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: MEDIOFARM, ООО
NAFTIMIZIN MF eritma 10ml 0,05%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Нафазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: MEDIOFARM, ООО
NAFTIZIN tomchilar 10ml 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Нафазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Славянская Аптека ФК ООО
Narh: 2 280 so'mdan Batafsil
NAFTIZIN tomchilar 15ml 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Нафазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Славянская Аптека ФК ООО
SANORIN burun uchun tomchilar 10ml 0,05%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Chexiya
  • Faol modda: Нафазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Xantis Pharma Limited, Кипр произведено: Teva Czech Industries s.r.o.
Narh: 42 000 so'mdan Batafsil
SANORIN sprey 10ml 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Chexiya
  • Faol modda: Нафазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Xantis Pharma Limited, Кипр произведено: Teva Czech Industries s.r.o.
Narh: 49 000 so'mdan Batafsil
SANORIN burun uchun tomchilar 10ml 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Chexiya
  • Faol modda: Нафазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Xantis Pharma Limited, Кипр произведено: Teva Czech Industries s.r.o.
Narh: 18 000 so'mdan Batafsil
SIGIDA KRISTALL ko'z tomchilari 0,4ml 0,05% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Нафазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гротекс, ООО
Ishlab chiqaruvchining dorilari
NISTATIN maz 15g 100000 YeD/1 g
Narh: 6 600 so'mdan Batafsil
NISTATIN maz 10g 100000 YeD/1 g
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
DIMEDROL inyeksiya uchun eritma 1ml 1% N10
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
PARASETAMOL sirop 90ml 2,4%
Narh: 1 800 so'mdan Batafsil
LEVOMISETIN ko'z tomchilari 10ml 0,25%
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
PARASETAMOL sirop 40ml 2,4%
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
TIMALOL ko'z tomchilari 5ml 0,25%
NIMESUL poroshok 100mg 100 mg/2 g N30
PARASETAMOL sirop 50ml 2,4%
NIKLOZAMID tabletkalari 0,25g N10
GASTROSIDIN DF tabletkalari 20mg N10
SULFASIL NATRIYA ko'z tomchilari 5ml 20%
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
IXTIOL suppozitorii 200mg N10
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
LORATADIN tabletkalari 0,01g N10
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
VALIDOL tabletkalari 0,06g N10
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
BENZILBENZOAT maz 20g 20%
RINGER LAKTAT infuziya uchun eritma 250ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Dentafill Plyus, ООО
Narh: 5 800 so'mdan Batafsil
RINGER LAKTAT infuziya uchun eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Dentafill Plyus, ООО
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
PIRASETAM inyeksiya uchun eritma 5ml 20% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Dentafill Plyus, ООО
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
PIRASETAM inyeksiya uchun eritma 5ml 20% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Dentafill Plyus, ООО
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
NOVOKAIN inyeksiya uchun eritma 5ml 0,5% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Dentafill Plyus, ООО
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
NATRIYA XLORID eritma 5ml 0,9% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Dentafill Plyus, ООО
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
NAFTIZIN burun uchun tomchilar 20ml 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Нафазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекарь, ООО
NAFTIZIN 15ml 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Нафазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ЛЕККО ЗАО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9