Ташкент
logo
SavatKirish

OMEZ kapsulalar 10mg N30

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Faol modda:Omeprazol
Ishlab chiqaruvchi:Dr.Reddy’s Laboratories Ltd.
Teglar:Oshqozon uchun
ATX kodi:A02BC01
Barcha Omez dorilari
93 ta dorixonada bor
Narxi 24 462 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 93 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

OMEZ kapsulalar 10mg N30 o'xshash dorilari

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Retseptsiz
RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
35 000 so'm dan
PANZAK tabletkalari 20mg N30
PANZAK tabletkalari 20mg N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
•1 ta dorixonada bor
Narxi
39 000 so'm dan
PANZAK tabletkalari 40mg N30
PANZAK tabletkalari 40mg N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
Narxi
48 000 so'm dan
ULTOP kapsulalar  40mg N28
Retseptli
ULTOP kapsulalar 40mg N28
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA d.d.

OMEZ kapsulalar 10mg N30 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

Har bir 10 mg li ichakda eruvchan kapsula saqlaydi:

faol modda: omeprazol 10 mg.

yordamchi moddalar: mannitol 59 mg, krospovidon 4,5 mg, poloksamer (407) 1,25 mg, gipromelloza (1828) 2 mg, meglumin 0,75 mg.

Qoplama: povidon (K-30) 6,7 mg.

Ichakda eruvchan qoplama: metakril kislotasini va etilakrilatni sopolimeri (1:1) (metakril kislotasini sopolimeri [S turi]) 18mg, trietilsitrat 1,8 mg, magniy stearat 1mg.

Jelatin qattiq №3 o'lcham kapsulalarining tarkibi: Korpusi: sariq temir oksidi bo'yog'i (E172), titan dioksidi (E171), natriy laurilsulfat, suv, jelatin.

Qopqog'i: brilliant ko'ki bo'yog'i (E 133, sariq quyosh shafag'i bo'yog'i (E110), qizil alvon bo'yog'i (E129), floksin V bo'yog'i (D&C RED # 28 qizil bo'yog'i), titan dioksidi (E171), natriy lauril sulfat, suv, jelatin.

Kapsulalardagi qora rangli yozuv: S-1-8114 siyoh: etanoldagi shellak (20% eterifikasiyalangan), qora temir oksidi bo'yog'i (E172), n-butanol, propilenglikol (E1520), indigokarmin bo'yog'i (E 132), qizil alvon bo'yog'i (E 129), xinolin sarig'i bo'yog'i (E 104), brilliant ko'ki bo'yog'i (E 133); S-1-8115 siyox: etanoldagi shellak (20% eterifikasiyalangan), qora temir oksidi bo'yog'i (E172), etanol, metanol, indigokarmin bo'yog'i (E 132), qizil alvon bo'yog'i (E 129), xinolin sarig'i bo'yog'i (E 104), brilliant ko'ki bo'yog'i (E 133).

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

10 mg li ichakda eruvchan kapsulalar.

10 kapsuladan (PVX/al/Pa) folga/alyumin folgali blisterda.

1 yoki 3 blisterdan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi. 
Farmakodinamikasi

Omeprazol ikkita enantiomerlarni ratsemik aralashmasi hisoblanadi, me'daning parietal hujayralarida proton pompasini spesifik ingibitsiya qilishi hisobiga xlorid kislotasini sekresiyasini kamaytiradi. Bir marta yuborilganda tez ta'sir qiladi va xlorid kislotasi sekresiyasini qaytmas susayishini chaqiradi.

Ta'sir mexanizmi

Omeprazol kuchli asos hisoblanadi, me'daning shilliq qavatini devor oldi hujayralari kanallarida kislotali muhitda faol shaklga o'tadi, u erda faollashdi va N+/K+- ATF aza proton pompasini ingibitsiya qiladi. Xlorid kislotasi sintezining oxirgi bosqichida dozaga bog'liq ta'sir ko'rsatadi, ham bazal, ham rag'batlantirilgan sekresiyani rag'batlantiruvchi omiliga bog'liq bo'lmagan holda susaytiradi.

Me'dada xlorid kislotasini sekresiyasiga ta'siri

Peroral qo'llangandan keyin omeprazolni sutkada 1 marta qo'llangandan keyin xlorid kislotasining kunduzgi va tungi sekresiyasini tez va samarali pasayishi yuz beradi. U 4 kun davolangandan keyin maksimal darajaga erishadi.

O'n ikki barmoq ichak yara kasalligi bo'lgan pasientlarda 20 mg omeprazolni qo'llash 24 –soatlik me'da shirasini kislotaligini kamida 80% ga turg'un kamayishini chaqiradi. Bunda pentagastrin bilan rag'batlantirilgan keyin xlorid kislotasini maksimal kontsentrasiyasini o'rtacha 70% ga kamayishiga 24 soat davomida erishiladi. O'n ikki-barmoq ichak yarasi bo'lgan pasientlarda 20 mg omeprazolni har kuni peroral qabul qilish kislotalik qiymatini rn ≥ 3 darajada 17 soat davomida tutib turadi. Xlorid kislotasi sekresiyasini susayish darajasi omeprazolni egri osti maydoni "kontsentrasiya –vaqt" (AUC) ga proprortsional va preparatni xuddi shu vaqtdagi qondagi haqiqiy kontsentrasiyasiga esa proportsional emas. Omeprazol bilan davolanish vaqtida taxifilaksiya aniqlanmagan.



Farmakokinetikasi

So'rilishi

Omeprazol me'daichak yo'llaridan tez so'riladi, plazmadagi maksimal kontsentrasiyaga 1-2 soatdan keyin erishadi. Ingichka ichakda so'riladi, odatda 3-6 soat davomida. Bir marta ichga qabul qilingandan keyin Biokiraolishligi taxminan 40% ni, sutkada bir martadan doimiy qabul qilinganda Biokiraolishligi 60% gacha oshadi. Ovqatni bir vaqtda qabul qilish omeprazolni biokiraolishligiga ta'sir qilmaydi.

Taqsimlanishi

Omeprazolni qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi taxminan 95% ni tashkil qiladi, taqsimlanish hajmi 0,3 l/kg ga teng.

Metabolizmi

Omeprazolni bir qismi CYP2C19 va CYP3A4 izofermentlari ishtirokida sulfonning nofaol metabolitlarini, sulfid va gidroksiomeprazolni hosil qilib, jigarda tizim oldi metabolizmiga uchraydi. Faol metabolitlarni hosil bo'lish jarayonida parietal hujayralari tomonidan kiritilmagan omeprazol ham jigarda CYP2C19 va CYP3A4 izofermentlari ishtirokida to'liq metabolizmga uchraydi.

Umumiy plazmadagi klirensi minutiga 0,3 – 0,6 l ni tashkil qiladi.

Ekskresiyasi

Yarim chiqarilish davri 40 minutni (30-90 minut) tashkil qiladi. Taxminan 80% metabolitlar ko'rinishida buyraklar orqali, qolgan qismi-ichak orqali chiqariladi.

Alohida guruh pasientlar

Keksa pasientlarda (75-79 yosh) omeprazolni metabolizmini biroz pasayishi aniqlangan.

Buyrak funktsiyasini buzilishlari bo'lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Jigar funktsiyasini buzilishlari bo'lgan pasientlarda omeprazolni metabolizmi sekinlashadi, bu uni biokiraolishligini oshishiga olib keladi.



Nojo'ya samaralari

Bosh og'rig'i, qorinda og'riq, qabziyat, diareya, meteorizm, va ko'ngil aynishi/qusish eng ko'p uchraydigan (1-10% pasientlar) nojo'ya samaralar bo'lib hisoblanadi.

Quyidagi nojo'ya dori reaktsiyalari omeprazolni klinik va postmarketing tadqiqotlarida qayd etilgan. Bu reaktsiyalardan birontasi dozaga bog'liq deb tan olinmagan. Quyida keltirilgan nojo'ya reaktsiyalar paydo bo'lish tez-tezligiga muvofiq tasniflangan. Nojo'ya reaktsiyalarni paydo bo'lish tez-tezligi quyidagi tasnifga muvofiq aniqlangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan ≤1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan≤ 1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10000 dan ≤1/1000 gacha), juda kam hollarda (≤10000), tez-tezligi noma'lum ( mavjud ma'lumotlarga asosan baholash mumkin emas).


Tizim-a'zo sinfi/tez-tezligi


Nojo'ya reaktsiyalar


Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar

Kam hollarda

Leykopeniya, trombositopeniya

Juda kam hollarda

Agranulositoz, pantsitopeniya

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Kam hollarda

O'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan isitma, angionevrotik shish va anafilaktik reaktsiya/shok

Metabolizmni va ovqatlanishni buzilishlari

Kam hollarda


Giponatriemiya

Juda kam hollarda

Gipomagniemiya

Ruhiyatni buzilishlari

Tez-tez emas

Uyqusizlik

Kam hollarda


Qo'zg'alish, ongni chalkashuvi, depressiya

Juda kam hollarda

Tajovuzkorlik, gallyusinasiyalar

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez

Bosh og'rig'i

Tez-tez emas

Bosh aylanishi, paresteziya, uyquchanlik

Kam hollarda

Ta'm bilish hissini buzilishi

Ko'rish a'zolari tomonidan buzilishlar

Kam hollarda

Ko'rish noaniqligi

Eshitish a'zolari tomonidan va labirint buzilishlar

Tez-tez emas

Vertigo

Nafas tizimi, ko'krak qafasi a'zolari va ko'ks oralig'i tomonidan buzilishlar

Kam hollarda

Bronxospazm

Me'da-ichak buzilishlari

Tez-tez emas

Qorinda og'riq, qabziyat, diareya, meteorizm, ko'ngil aynishi/qusish

Kam hollarda

Og'izni qurishi, stomatit, me'da-ichak kandidozi

Jigar va safro chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas


Jigar fermentlari darajasini oshishi

Kam hollarda

Sariqlik bilan yoki usiz bo'lgan gepatit

Juda kam hollarda

Jigar kasalliklari bo'lgan pasientlarda jigar etishmovchiligi, entsefalopatiya

Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas


Dermatit, qichishish, toshma, eshakemi

Kam hollarda

Alopesiya, fotosensibilizasiya

Juda kam hollarda

Ko'pshaklli eritema,Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz

Mushak, skelet va biriktiruvchi to'qimalari tomonidan buzilishlar

Kam hollarda

Artralgiya, mialgiya

Juda kam hollarda

Mushak kuchsizligi

Buyrak va siydik chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar

Kam hollarda

Interstisial nefrit

Reproduktiv tizimi va sut bezlari tomonidan buzilishlar

Kam hollarda

Ginekomastiya

Umumiy buzilishlar

Tez-tez emas


Holsizlik, periferik shish

Kam hollarda

Ko'p terlash

Maxsus saqlash sharoitlari

Maxsus ko'rsatmalar

Agar davolashni boshlashdan oldin tana vaznini ahamiyatli spontan (to'satdan) kamayishi, qaytalanadigan qusish, qon aralash qusish, yutinishni buzilishi, axlat rangini o'zgarishi (qoramoy sifat axlat), shuningdek me'da yarasi (yoki uni bo'lishiga shubha bo'lganida), kabi simptomlar bo'lsa davolash kursini boshlashdan avval xavfli o'smalarni istisno qilish lozim, chunki davolash simptomlarni niqoblashi va to'g'ri tashxis qo'yishni kechiktirilishiga olib kelishi mumkin.

Proton nasosi ingibitorlari, ayniqsa preparatni yuqori dozalarda va uzoq vaqt qo'llanganda (≥1yil), ayniqsa keksa yoshli pasientalarda yoki boshqa xavf omillari bo'lganida son, kaft suyaklari va umurtqa pog'onalarini sinishlar xavfini o'rtacha oshirishi mumkin.

Omeprazolni kamida uch oy davomida qabul qilgan pasientlarda toliqish, alahsirash, tirishishlar, bosh aylanishi va qorinchalar aritmiyasi kabi simptomlar bilan namoyon bo'ladigan og'ir gipomagniemiya qayd etilgan. Ko'pchilik pasientlarda gipomagniemiya proton nasosi ingibitorlari bekor qilingandan va magniy preparatlari yuborilgandan keyin bartaraf qilingan. Uzoq davolanish yoki omeprazolni digoksin yoki gipomagniemiyani chaqirish xususiyatiga ega boshqa preparatlar (masalan, diuretiklar) bilan buyurish rejalashtirilgan pasientlarda magniy miqdorini davolashni boshlashdan avval baholash va davolash vaqtida vaqti-vaqtida nazorat qilish lozim.

Omeprazol kislotalikni pasaytiruvchi hamma dori vositalari kabi V12 vitaminini (tsianaokobalamin) so'rilishini pasayishiga olib kelishi mumkin. Buni organizmda V12 vitaminini zahirasi kamaygan pasientlarga yoki uzoq vaqt davolanganda V12 vitaminini so'rilishini buzilish xavf omillari bo'lgan pasientlarga nisbatan esda tutish kerak. Me'da bezi sekresiyasini pasaytiruvchi peroral qo'llanadagan preparatlarni uzoq vaqt davomida qo'llagan pasientlarda ko'pincha me'dada bez kistalarini hosil bo'lishi aniqlangan. Bunday holatlar xlorid kislotasini sekresiyasini ingibitsiya qilinishi natijasidagi fiziologik o'zgarishlar bilan bog'liq va davolashni davom ettirish fonida qayta rivojlanishi mumkin.

Me'dada xlorid kislotasini sekresiyasini kamayishi ichakni normal mikroflorasini oshishiga olib keladi, bu o'z navbatida Salmonella spp. va Campylobacter spp., shuningdek ehtimol Clostridium difficile turi bakteriyalar chaqiradigan ichak infektsiyalarini rivojlanish xavfini biroz oshishiga olib kelishi mumkin.

Xlorid kislotasini sekresiyasini kamayishi natijasida A xromogranin (CgA) ni kontsentrasiyasi oshadi. CgA kontsentrasiyasini oshishi neyroendokrin o'smalarni aniqlash uchun o'tkaziladigan tadqiqot natijalarini o'zgartirishi mumkin. Buni oldini olish uchun CgA kontsentrasiyasini aniqlashdan 5 kun oldin omeprazolni qabul qilishni vaqtinchalik to'xtatish kerak.

Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Omeprazolni qo'llash vaqtida transport vositalari va mexanizmlarni boshqarishda, shuningdek yuqori diqqat kontsentrasiyasini va tezkor psixomotor reaktsiyalarni talab qiladigan potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Qo'llanilishi

Jig'ildon qaynashi, nordon kekirish kabi gastroezofageal reflyuks simptomlarida qo'llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Omeprazolga, benzimidazol bilan almashingan yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda, nelfinavir, atazanavir, erlotinib, pozakonazol preparatlari bilan bir vaqtda qo'llash mumkin emas.

18 yoshgacha bo'lgan bolalarga qo'llanmaydi.

Ehtiyotkorlik bilan

Tana vaznini ahamiyatli spontan (to'satdan) kamayishi, qaytalanadigan qusish, qon aralash qusish, yutinishni buzilishi, axlat rangini o'zgarishi (moysimon axlat), shuningdek me'da yarasi, (yoki uni bo'lishiga shubha bo'lganida), kabi simptomlar bo'lganida davolash kursini boshlashdan avval xavfli o'smalarni istisno qilish lozim, chunki davolash simptomlarni niqoblashi va to'g'ri tashxis qo'yishni kechiktirilishiga olib kelishi mumkin.

Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi

Epidemiologik tadqiqot natijalari omeprazolni homiladorlikka va homilani yoki chaqaloqni sog'lig'iga klinik ahamiyatli salbiy ta'sirini yo'qligini ko'rsatdi. Omeprazol ona sutiga kiradi, ammo preparatni terapevtik dozalarda qo'llanganda bolaga salbiy ta'siri kuzatilmaydi.



Dori vositalarining o'zaro ta'siri

So'rilishi rn – bog'liq bo'lgan faol moddalar

Omeprazolni qo'llaganda me'da shirasini kislotaligini pasayishi farmakologik faol moddalarni so'rilishini oshirishi yoki pasaytirishi mumkin.

Nelfinavir, atazanavir

Omeprazol bilan bir vaqtda qo'llanganda atazanavir va nelfinavirni plazmadagi kontsentrasiyasini ahamiyatli pasayishi kuzatilishi mumkin. Omeprazol va nelfinavirni bir vaqtda qo'llash mumkin emas. Omeprazolni birga qo'llash (sutkada 40 mg) nelfinavirni ekspozisiyasini taxminan 40% ga pasaytiradi va M8 farmakologik faol metabolitini o'rtacha ekspozisiyasi 75-90% ga pasayadi. O'zaro ta'sirlashuvda CYP2C19 ni ingibitsiya qilish mexanizmi ishtirok etishi mumkin.

Omeprazolni atazanavir bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya qilinmaydi. Sog'lom ko'ngillilarda omeprazol (sutkada 40 mg) va atazanavir 300 mg ni/ritonavir 100 mg ni birga qo'llash atazanavirni ekspozisiyasini 75% ga pasayishiga olib kelgan. Atazanvir dozasini 400 mggacha oshirish omeprazolni atazanavirni ekspozisiyasiga bo'lgan ta'sirini qoplamaydi. Sog'lom ko'ngillilarda sutkada 20 mg omeprazolni, 400 mg atazanavir va 1000 mg ritonavirini qo'llash atazanavirini ekspozisiyasini taxminan 30% ga pasayishiga olib kelgan va atazanavirni 300 mgdan va ritonavirni 100 mg dan bir marta qabul qilingandagi bilan solishtirarli darajada bo'lgan.

Digoksin

Sog'lom ko'ngillilarda omeprazol (kuniga 20 mg) va digoksin bilan yondosh davolash digoksinni biokiraolishligini 10% ga oshirgan. Garchi omeprazolni qabul qilish fonida glikozid intoksikasiyasi ko'p uchraydigan holat bo'lmasada, ayniqsa keksa pasientlarni davolashda kuchaytirilgan monitoring zarur.

Klopidogrel

Kesishuvchan klinik tadqiqotlarda klopidogrelni 300 mg yuklama dozada (kuniga 75 mg dan) va klopidogrelni omeprazol bilan majmuasini 80 mg dozada qabul qilish davomiyligi 5 kunni tashkil qilgan. Klopidogrelning faol moddasini ta'siri klopidogrel va omeprazolni birga qabul qilinganda 46% ga (1kuni) va 42% ga (5 kuni) kamaygan. Klopidogrel va omeprazolni birga qabul qilinganda trombositlar agregasiyasini o'rtacha ingibitsiya qilinish vaqti 47% ga (24 soat) va 30% ga (5 kuni) qisqargan. Boshqa tadqiqotlarda klopidogrel va omerazolni turli vaqtlarda qabul qilish ularni o'zaro ta'sirlashuvini bartaraf qilmasligi ko'rsatilgan, buni ko'proq omeprazolni CYP2C19 ni ingibitsiya qiluvchi ta'siri bilan tushuntirish mumkin. Kuzatuv va klinik tadqiqot natijalariga ko'ra og'ir yurak-tomir holatlarini rivojlanishi nuqtai-nazaridan bunday FK/FD o'zaro ta'sirlashuvlarga nisbatan klinik ta'siri bo'yicha qarama-qarshi ma'lumotlar olingan.

Boshqa dori vositalari

Pozakonazol, erlotinib, ketokonazol va itrakonazolni so'rilishi ahamiyatli darajada pasayadi, muvofiq ravishda ularni klinik samaradorligi yomonlashadi. Omeprazolni pozakonazol yoki erlotinib bilan birga qo'llashdan saqlanish lozim.

CYP2C19 izofermentlari bilan metabolizmga uchraydigan dori vositalari

Omeprazol CYP2C19 – omeprazol metabolizmining asosiy fermentini o'rtacha ingibitsiya qiladi. Shunday qilib, boshqa dori vositalarini, shuningdek CYP2C19 ishtirokida metabolizmga uchraydigan dori vositalarini metabolizmi pasayishi, ularni tizimli ta'siri esa oshishi mumkin. R–varfarin va K vitaminini boshqa antagonistlari, tsilostazol, diazepam va fenitoin kabilar bunday dori vositalari uchun misol bo'lishi mumkin.

Tsilostazol

Kesishgan klinik tadqiqotlarda sog'lom ko'ngillilar omeprazolni 40 mg dozada qabul qilganda tsilostazolni Cmax va AUC ni 18% va 26% ga muvofiq va tsilostazolni faol metabolitlaridan birini 29% va 69% ga ga muvofiq oshirgan.

Fenitoin

Omeprazol bilan davolangandan keyin birinchi ikki hafta davomida va fenitoin dozasiga tuzatish kiritish hollarida fenitoinni plazmadagi kontsentrasiyasini monitoring qilish tavsiya qilinadi. Fenitoin dozasini monitoringini va keyingi tuzatishlarni omeprazol bilan davolash tugagunicha o'tkazish lozim.

O'zaro ta'sirlashuvlarning noma'lum mexanizmi

Sakvinavir

OITV-infektsiyalangan pasientlarda omeprazol va sakvinavir/ritonavirni birga yaxshi qabul qilinadi, shuningdek sakvinavirni plamzadagi kontsentrasiyasini taxminan 70% gacha kamayishiga olib keladi.

Takrolimus

Omeprazol bilan birga qabul qilish takrolimusni zardobdagi kontsentrasiyasini oshiradi. Takrolimusni kontsentrasiyasini va buyrak funktsiyasini kuchaytirilgan monitoringini (kreatinin klirensin) zarur bo'lganda takrolimus dozasiga tuzatish kiritish bilan birga o'tkazish lozim.

Boshqa dori vositalarini omeprazolni farmakokinetikasiga ta'siri

CYP2C19 va/yoki SUR3A4 izofermentlarini ingibitorlari

Omeprazolni CYP2C19 va/yoki SUR3A4 izofermentlari ishtirokidagi metabolizmini hisobga olib, bu fermentlarni ingibitsiya qilish qobiliyatiga ega dori vositalari (klaritromisin va vorikonazol kabi) omeprazolni metabolizmini tezligini kamaytirib, uning zardobdagi kontsentrasiyasini oshirishi mumkin.

Ta'rifi

Tiniq bo'lmagan nastarin rangli qopqog'i va tiniq bo'lmagan sariq rangli korpusi bo'lgan, qopqog'ida va kapsulaning korpusida qora siyoh bilan "OMEZ" yozuvi bilan markirovka qilingan deyarli oqdan och-sariq rangligacha bo'lgan, ellipsimondan sferiksimongacha bo'lgan granulalar bilan to'ldirilgan 3 o'lchamli qattiq jelatin kapsulalar.

Dozirovkasi

Ichga qo'llanadi. Kapsulalarni odatda ertalab, ovqatdan 30 minut oldin butunligicha yarim stakan suv bilan qabul qilinadi.

Omez® preparatini tavsiya qilinadigan dozasi 20 mg dan (2 kapsula) sutkada bir martani tashkil qiladi. 10 mg sutkalik dozada qo'llanganda ham terapevtik samaraga erishish mumkin, shuning uchun dozani individual tanlashni ististno qilinmaydi.

Hamma pasient toifalari uchun preparatni reseptsiz qo'llanadigan maksimal sutkalik dozasi 20 mgdan oshmasligi kerak. Har doim eng kichik samarali dozani qo'llashdan boshlash kerak. Shifokorning maslahatisiz bo'lgan maksimal davolash kursi - 14 kun. 14 kunlik davolash kurslari o'rtasidagi interval kamida 4 oyni tashkil qilishi kerak. Agar 2 hafta davomida simptomlarni engillashishi kuzatilmasa yoki ular chuqurlashsa, davolovchi shifokorga murojaat qilish zarur.

Alohida guruh pasientlari

Omez® preparatini alohida hollarda qo'llash mumkinligini shifokor baholaydi.

Buyrak funktsiyasini buzilishlari: dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Jigar funktsiyasini buzilishlari:

Jigar etishmovchiligida 10-20 mg dan (maksimal sutkalik doza 20 mg) buyuriladi.

Keksa pasientlar: keksa yoshli pasientlarda omeprazolni metabolizmini tezligini pasaygan bo'lishiga qaramay, preparatni sutkalik 20 mg dozada qo'llanganda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Yutinishni qiyinlashishi bo'lgan pasientlar

Pasientlar kapsulani ochishlari va uni ichidagini yarim stakan suv bilan yutib yoki kapsula ichidagini meva sharbati, pyure, gazlanmagan suvga qo'shib, tayyor bo'lgan aralashmani ichishdan oldin yaxshilab aralashtirib keyin darhol (yoki 30 minut davomida) qabul qilishlari mumkin. Dozani to'liq qabul qilinganligiga ishonch hosil qilish uchun ishlatilgan idishga yana yarim stakan suvni quyish, chayqatish va ichish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Omeprazolni 2400 mg dozada qo'llanganda dozani oshirib yuborilish hollari to'g'risida ma'lumotlar mavjud.

Simptomlari: ko'ngil aynishi, qusish, qorinda og'riq, diareya, bosh og'rig'i, apatiya, depressiya, ongni chalkashishi.

Davolash:simptomatik. Gemodializ etarlicha samarali emas.

Xususiyatlar OMEZ kapsulalar 10mg N30

OMEZ kapsulalar 10mg N30 boshqa chiqarish shakllari

OMEZ DSR kapsulalar  20mg/30mg N30
OMEZ DSR kapsulalar 20mg/30mg N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Dr.Reddy's Laboratories Ltd.
Narxi
63 000 so'm dan
OMEZ kukuni 40mg N1
OMEZ kukuni 40mg N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Dr.Reddy's Laboratories Ltd
•63 ta dorixonada bor
Narxi
42 000 so'm dan
OMEZ kapsulalar  40mg N28
OMEZ kapsulalar 40mg N28
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Dr.Reddy’s Laboratories Ltd.
•5 ta dorixonada bor
Narxi
69 000 so'm dan
OMEZ kapsulalar  20mg N30
OMEZ kapsulalar 20mg N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Dr.Reddy’s Laboratories Ltd.
•87 ta dorixonada bor
Narxi
17 200 so'm dan

OMEZ kapsulalar 10mg N30 analoglari

ERGOKALSIMIN eritma 10ml 0,5%
ERGOKALSIMIN eritma 10ml 0,5%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
D-r Reddi s Laboratoris Ltd
ERGOKALSIFEROL LIK spirtli eritma 5ml 0,5%
ERGOKALSIFEROL LIK spirtli eritma 5ml 0,5%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
D-r Reddi s Laboratoris Ltd
ULTOP 0,02 kapsulalar  N28
ULTOP 0,02 kapsulalar N28
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «KRKA-RUS»
ULTOP 0,04 kapsulalar  N28
ULTOP 0,04 kapsulalar N28
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «KRKA-RUS»
ULTOP 0,01 kapsulalar  N28
ULTOP 0,01 kapsulalar N28
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «KRKA-RUS»
ULTOP 0,01 kapsulalar  N14
ULTOP 0,01 kapsulalar N14
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «KRKA-RUS»
ULTOP 0,04 kapsulalar  N14
ULTOP 0,04 kapsulalar N14
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «KRKA-RUS»
ULTOP 0,04 liofilizat
ULTOP 0,04 liofilizat
Portugaliya/Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Sofarimeks-Industriya Kimika e Farmasuetika Lda/AO
ULTOP 0,02 kapsulalar  N14
ULTOP 0,02 kapsulalar N14
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «KRKA-RUS»

OMEZ kapsulalar 10mg N30 savollari

OMEZ kapsulalar 10mg N30 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil