1 700 s`om dan
Dorixonalardan izlash6 700 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berishQO‘LLASH BO‘YICHA YURIQNOMA
RIBOKSIN
(RIBOXIN)
Preparatning savdo nomi: Riboksin
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): inosine
Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma
Tarkibi:
faol modda: inosine;
1 ml eritma 20 mg inozin saqlaydi;
yordamchi moddalar: geksametilentetramin, in‘eksiya uchun suv
Ta‘rifi: tiniq, rangsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruxi:
Kordiologik vosita. ATX kodi: S01YeV.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi.
Riboksin – anabolik preparat bo‘lib, gipoksiyaga qashi va aritmiyata qarshi t‘sirga ega. U ATF ning o‘tmishdoshi hisoblanadi, glyukoza almashinuvida bevosita ishtirok etadi va gipoksiya sharoitida hamda ATF yo‘qligida metabolizmni faollashuviga yordam beradi. Preparat to‘qimalar nafasning me‘yoriy jarayonini ta‘minlash uchun pirouzum kislotasi metabolizimini faollashtiradi va ksantindegidrogenazaning faollashuviga yordam beradi. Riboksin miokarddagi moddalar almashinuviga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi, xususan xujayralarning energetik muvozanatini oshiradi, nukletidlar sintezini rag‘batlantiradi, Krebs siklining qator fermentlari faolligini oshiradi. Preparat miokardning qisqaruvchanlik faolligini me‘yorlashtiradi va qo‘zg‘alish vaqtida xujayraga kirgan kalsiy ionlarini bog‘lash qobiliyatiga ega ekanligi xisobiga diastolada miokardning to‘liq bo‘shashishiga yordam beradi, to‘qimalar (ayniqsa, miokard va ovqat xazm qilish yo‘lining) regenerasiyasini faollashtiradi.
Farmakokinetikasi.
Vena ichiga yuborilganda riboksin to‘qimalarda tez taqsimlanadi. Jigarda metabolizmga uchraydi, va shu yerda organizmning biokimyoviy reaksiyalarida to‘liq utilizasiya qilinadi. Sezilarsiz miqdorda asosan siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Yurakning ishemik kasalligi (miokard infarktidan keyingi xolat, stenokardiya), yurak glikozidlarini qo‘llash chaqirgan yurak ritmini buzilishi, turli genezga ega kardiomiopatiyalar, miokardiodistrofiyalar (og‘ir jismoniy yuklamalar fonidagi, infeksion va endokrin genezli), miokarditlar; jigar kasalliklarini (gepatitlar, jigar sirrozi, jigarning yog‘li distrofiyasi), majmuaviy davolash, nurlanish oqibatidagi leykopeniyaning profilaktikasi, ko‘rish faoliyatlarini yaxshilash uchun me‘yorlashtirilgan ko‘z ichki bosimli ochiq burchakli glaukomada qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga vena ichiga oz oqim bilan yoki tomchilab (sekin) minutiga 40-60 tomchi tezlikda yuboriladi. Vena ichiga tomchilab yuborilganda preparatni glyukozaning 5% li eritmasida yoki natriy xloridining 0,9% eritmasida (250 ml gacha) suyultiriladi. Davolashni avvalida 200 mg (10 ml 2% eritma) kuniga 1 marta, keyinchalik yaxshi o‘zlashtirilganida – 400 mg (20 ml 2% li eritma) gacha kuniga 1-2 marta. Davolash kursi shaxsiy ravishda belgilanadi (o‘rtacha 10-15 kun)
Yurak ritmini o‘tkir buzilishlarida 200-400 mg (10-20 ml 2% eritma) bir martalik dozada oqim bilan yuborish mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Immun tizimi, teri va teri osti klechatkasi tomonidan: allergik/anafilaktik reaksiyalar, qichishish, teri giperemiyasi, toshma, eshakemi, anafilaktik shok.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i bilan kechuvchi terlash, qayd qilish, ko‘ngil aynish xissi,arterial gipotenziya, taxikardiya.
Modda almashinuvi, metobalizm tomonidan: giperurikemiya, zo‘raygan podagra ( yuqori miqdorda uzoq vaqt qo‘llanilganda)
Umumiy buzulishlar: umumiy xolsizlik, yuborilgan joylarda o‘zgarishlar ( qichishish, giperemiya).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-Inozin yoki preparatning boshqa yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik;
-giperurikemiya;
– buyrak yetishmovchiligi;
-podagra.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Boshqa dori vositalari bilan birgalikda qo‘llanilganda:
geparin bilan: geparinning samaraliyligi oshib, ta‘sir davomiyligi uzayadi;
yurak glikozidlari bilan: aritmiyan yuzaga kelishini oldini oladi, inotrop ta‘sirni ijobiy kuchaytiradi.
β-adrenoblokatorlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda riboksinning samarasi kamaymaydi.
Nitroglisirin, nifedipin, furosemid, spirinolakton bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin.
Bir idishda alkaloidlar, kislotalar, spirtlar, og‘ir metall tuzlari, tanin, V6 vitamini (piridoksin gidroxloridi) bilan nomutanosib.
Maxsus ko‘rsatmalar
Terida giperemiya va qichish paydo bo‘lsa preparat bilan davolashni bekor qilish kerak. Davolash vaqtida muntazam ravishda qondagi siydik kislotasi miqdorini nazorat qilish lozim. Buyrak yetishmovchiligi preparatni qo‘llashda cheklanish hisoblanadi. Buyrak yetishmovchiligida preparatni buyurish shifokorning fikriga ko‘ra, kutilayotgan ijobiy samara qo‘llashdagi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgandagina maqsadga muvofiq.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi.
Ushbu guruh pasientlari uchun qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligining tadqiqotlari o‘tkazilmaganligi tufayli, xomiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Bolalar.
Qo‘llashning xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlarning yo‘qligi tufayli bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati.
Avtotransportni boshqarishda yoki murakkab mexanizmlar bilan ishlashda preparat salbiy ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Nojo‘ya ta‘sirlarning kuchayish extimoli bor.
Davolash. Preparatni qo‘llash bekor qilinadi, majmuaviy davolanadi
Nomutanosiblik
Preparatni bir shprisda yoki bir infuzion sistemada boshqa dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas.
Faqat tavsiya qilingan erituvchilarni ishlatish kerak ( “Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limga qarang).
Chiqarilish shakli
5 ml dan yoki 10 ml dan ampulalarda; 5 ml yoki 10 ml xajimli 5 ampula kontur uyali o‘ramda; 2 kontur uyali o‘ramdan qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, original o‘ramida saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.