Ташкент
logo
SavatKirish

ESMIYA tabletkalari 5mg N28

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Vengriya
Kategoriya:Tanosil tizimi
Faol modda:Ulipristal
Ishlab chiqaruvchi:Gedeon Richter PLC
ATX kodi:G03XB02
Barcha Esmiya dorilari
17 ta dorixonada bor
Narxi 1 420 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 17 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

ESMIYA tabletkalari 5mg N28 o'xshash dorilari

PROSTANIK kapsulalar  80 mg N30
Retseptli
PROSTANIK kapsulalar 80 mg N30
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm, OOO
LYUTEINA tabletkalari 100mg N30
Retseptli
LYUTEINA tabletkalari 100mg N30
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Adamed Limited Liability Company, Polsha proizvedeno: Pharmaceutical Works Adamed Pharma Joint Stock Company
•2 ta dorixonada bor
Narxi
144 000 so'm dan
Kandivag
Retseptli
Kandivag
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
“Avantika Medeks Pvt. Ltd.”
LYUTEINA tabletkalari 200mg N30
Retseptli
LYUTEINA tabletkalari 200mg N30
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Adamed Limited Liability Company, Polsha proizvedeno: Pharmaceutical Works Adamed Pharma Joint Stock Company
•1 ta dorixonada bor
Narxi
200 000 so'm dan

ESMIYA tabletkalari 5mg N28 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

14 tabletkalar PVX/PE/PVDX – alyumin folgali blisterda.

2 yoki 6 blisterlar tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.

Farmakodinamikasi

Ulipristal atsetati qisman to'qimadagi spesifik antiprogesteron samara bilan ifodalanib, ichga qabul qilinganida progesteron reseptorlarining faol sintetik selektiv modulyatori hisoblanadi. 

Endometriy

Ulipristal atsetati endometriyga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Agar hayz ko'rish tsikli davomida preparatni 5 mg dozada har kuni qabul qilish boshlansa, ko'pchilik ayollarda (shu jumladan, miomasi bo'lgan pasientlar) navbatdagi hayz ko'rish saqlanib qoladi, keyingilari esa davolash to'xtatilmagunicha yuz bermaydi. Davolash tugaganidan keyin hayz ko'rish tsikli (odatda 4 hafta davomida) qayta tiklanadi.  

Endometriyga bevosita ta'siri preparating bu sinfi uchun endometriyda PAEC (progesteron reseptorlarining modulyatori bilan bog'liq bo'lgan endometriydagi o'zgarishlar) deb nomlanuvchi spesifik gistologik o'zgarishlarga olib keladi. Odatda, gistologik ko'rinish stroma va epiteliyning o'sishini asimmetriyasi bilan birga kechuvchi faol bo'lmagan va kuchsiz proleferasiyalovchi epiteliydan iborat bo'lib, bu epiteliyga aralash estrogen (mitotik) va progestagen (sekretor) ta'sir bilan bezlarni yaqqol kistoz kengayishiga olib keladi. Bunday o'zgarishlar 3 oy davomida ulipristal atsetatini qabul qilgan taxminan 60% ayol pasientlarda aniqlangan. Ular qaytuvchan bo'lib, davolash to'xtatilganidan keyin yo'qoladi. Bunday o'zgarishlarning aniqlanishiga endometriyning giperplaziyasi deb noto'g'ri baxolanmasligi kerak.

Hayz ko'rishda qon ketishlarining og'ir darajali shakllari bo'lgan bola tug'ish yoshidagi taxminan 5% pasientlarda endometriyning qalinligi 16 mm dan oshadi. Ulipristal atsetatini qabul qilayotgan 10-15% pasientlarda dastlabki 3 oylik davolanish davomida endometriy qalinlashishi (> 16 mm) mumkin. Davolashning takroriy kurslarida endometriy qalinlashishi kam teztezlikda (davolashning ikkinchi kursidan keyin 4,9% va to'rtinchi kursidan keyin 3,5% pasientlarda) kuzatilgan. Bu qalinlashishi davolash to'xtatilganidan va hayz Ko'rishlar tiklanganidan keyin yo'qoladi. Agar davolash to'xtatilganidan va hayz Ko'rishlar tiklanganidan keyin 3 oy davomida endometriyning qalinlashishi saqlanib qolsa, boshqa kasalliklarni istisno qilish uchun qo'shimcha tekshirishni o'tkazish kerak.

Bachadon fibromiomasi

Ulipristal atsetati hujayra proliferasiyasini bostirish va apoptoz induktsiyasi orqali bachadon o'lchamini kichraytirib, uning fibromiomasiga bevosita ta'sir qiladi.

Gipofiz

Ulipristal atsetatini har kuni 5 mg dozada qabul qilinganida ko'pchilik pasientlarda ovulyasiyani bostirilishi kuzatiladi, bu progesteron kontsentrasiyasini taxminan 

0,3 ng/ml darajasida tutib turilishidan dalolat beradi.

Ulipristal atsetati 5 mg dozada har kuni qabul qilinganida, follikulostimullovchi gormonining (FSG) darajasi qisman pasayadi, lekin ko'pchilik pasientlarda qon zardobida estradiolning kontsentrasiyasi o'rtacha follikulyar bosqich darajasida tutib turiladi va plasebo guruhidagiga muvofiq keladi.

Ulipristal atsetati qon zardobida tiroksin bog'lovchi globulin (TBG), adrenokortikotrop gormoni (AKTG) va prolaktinning kontsentrasiyasiga ta'sir qilmaydi.

Klinik samaradorligi va xavfsizligi

Operasiyadan oldingi davrda qo'llanilishi:

Ulipristal atsetatining 5 mg va 10 mg kuniga 1 marta dozalarining samaradorligi 

III bosqich 13 haftalik ikki randomizasiyalangan ikki yoqlama yashirin tadqiqotlarda baholangan, ularga bachadonning fibroz o'smasi bilan bog'liq bo'lgan og'ir darajali ko'p hayz ko'rish qon ketishlari bo'lgan pasientlar kiritilgan. 

Plasebo bilan solishtirganda, ulipristal atsetatini qabul qilgan pasientlarda hayz ko'rishda qon ketishining ko'rsatkichlarini pasayishidagi statistik ahamiyatli darajadagi farqlar kuzatilgan, bu temir preparatlari bilan monoterapiya bilan solishtirganda ulipristal atsetati anemiyani tezroq va samaraliroq bartaraf etishni ta'minlagan. Hayz ko'rish qon yo'qotilishini kamayishi ulipristal atsetati va gonadotropin-rilizing gormoni Agonisti (leyprorelin) qabul qilgan pasientlar guruhlari uchun o'xshash bo'lgan. Ulipristal atsetati qabul qilgan ko'pchilik pasientlarda qon ketishi davolashni birinchi haftasi davomida to'xtagan.

Bundan tashqari, ulipristal atsetetini qabul qilgan pasientlarda MRT natijalariga ko'ra mioma o'lchamlarini yaqqolroq kamayishi kuzatilgan.

Gisterektomiya yoki miomektomiya bajarilmagan pasientlarda uch eng katta miomalarning o'lchamlari ultratovush tekshirishlar (UTT) yordamida davolash kursining oxirida 

(13 hafta) va keyingi kuzatuvni (davolashsiz) 25 haftasi davomida baholangan. Avvaldan ulipristal atsetatini qabul qilgan pasientlarda, keyingi kuzatuv davri davomida mioma o'lchamlarining kamayishi saqlangan, lekin leyprorelin qabul qilgan pasientlarda, mioma o'lchamlarini biroz tiklanishi kuzatilgan.


1jadval: III bosqich klinik tadqiqotlarda samaradorlikni baholashni birlamchi natijalari va ikkilamchi baholashning tanlanma natijalari.

ko'rsatkich -

lari

1 ta o'rganish

2 ta o'rganish

Platsebo

N = 48

Ulipristal asetat kuniga 5 mg N=95

Ulipristal asetat kuniga
10 mg

N = 94

Leprorelin ham xuddi shunday
3,75 mg

N = 93

Ulipristal asetat kuniga
5 mg

N = 93

Ulipristal asetat kuniga
10 mg

N = 95

Menstrüel qon ketish

Oldindan davolashda o'rtacha RVAS

O'rtacha 13 hafta

o'zgarishlar

376

-59

386

-329

330

-326

297

-274

286

-268

271

-268

13-haftada amenoreya bilan og'rigan bemorlar

3 (6,3%)

69 (73,4%)1

76 (81,7%)2

74 (80,4%)

70 (75,3%)

85 (89,5%)

Oddiy hayzli qon ketishi bo'lgan bemorlar13-haftada

(RVAS<75)

9 (18,8%)

86 (91,5%)1

Nojo'ya samaralari

So'rilishi

5 mg yoki 10 mg bir marta ichga qabul qilinganidan keyin ulipristal atsetati tez so'riladi, preparat qabul qilinganidan so'ng taxminan 1 soatdan keyin erishiladigan Cmax mos ravishda 23,5±14,2 ng/ml va 50,0±34,4 ng/ml ni, AUC0-∞ esa mos ravishda 61,3±31,7 va 134,0±83,8 ng·soat/ml ni tashkil qiladi. Ulipristal atsetati tez farmakologik faol metabolitiga aylanadi, bunda qabul qilinganidan keyin 1 soat o'tgach Cmax mos ravishda 9,0±4,4 ng/ml va 20,6±10,9 ng/ml, AUC0-∞ 26,0±12,0 va 63,6±

30,1 ng·soat/ml ni tashkil etadi.

Ulipristal atsetatini 30 mg dozada ko'p yog'larni saqlovchi ertalabki nonushta bilan birga qabul qilish, och qoringa qabul qilish bilan solishtirganda, o'rtacha Cmax ni taxminan 45% ga, Tmax cho'zilishiga (mediana 0,75 soatdan 3 soatgacha o'zgaradi) va AUC0-∞ o'rtacha qiymatini 25% oshishiga olib keladi. Faol mono-N-demetillizasiya uchragan metaboliti uchun ham shunday natijalar olingan. Ovqatning bunday kinetik samarasi ulipristal atsetatining tabletkalarini har kuni qabul qilish uchun ahamiyatli sifatida baholanmaydi. 

Taqsimlanishi 

Ulipristal atsetati yuqori darajada (>98%) plazma oqsillari, shu jumladan albumin, α-1-kislotali glikoprotein, yuqori zichlikdagi lipoproteinlar va past zichlikdagi lipoproteinlar bilan bog'lanadi. 

Ulipristal atsetati va uning faol mono-N-demetillizasiyaga uchragan metaboliti ko'krak sutiga o'tadi; ulipristal atsetati uchun ko'krak suti/plazma uning AUCt nisbati 0,74+/-0,32 ni tashkil etadi.

Metabolizmi

Ulipristal atsetati tez mono-N - demetillizasiyaga uchragan va so'ngra Di-N - demetillizasiyaga uchragan metabolitiga aylanadi. In vitro sharoitda ma'lumotlar bu jarayon tsitoxrom R450 tizimida 3A4 (CYP3A4) izofermenti ishtirokida yuz berishini ko'rsatadi. Shundan kelib chiqib, ulipristal atsetatining metabolizmi tsitoxrom R450 orqali bo'ladi, ulipristal atsetatining chiqarilishiga jigar etishmovchiligining ta'siri kutiladi, bu uning ta'sirini oshishiga olib keladi.

Chiqarilishi

Chiqarilishining asosiy yo'li – ichak orqali, moddaning 10% dan kamrog'i buyrak orqali chiqariladi. 5 mg yoki 10 mg bir marta qabul qilinganidan keyin ulipristal atsetatining yakuniy yarim chiqarilish davri taxminan 38 soatni tashkil etadi, o'rtacha klirensi taxminan soatiga 100 l ni tashkil etadi. In vitro sharoitda ma'lumotlar, klinik ahamiyatli kontsentrasiyalarda ulipristal atsetati va uning faol metaboliti CYP1A2, 2A6, 2C9, 2C19, 2D6, 2E1 va 3A4 izofermentlarni susaytirmaydi va CYP1A2 izofermentini kuchaytirmaydi. Shunday qilib, ulipristal atsetatini qo'llash, ushbu izofermentlar ishtirokida metabolizmga uchraydigan dori preparatlarining klirensiga ta'sir qilmasligi kerak.

In vitro sharoitda ma'lumotlar, ulipristal atsetati va uning faol metaboliti 

R-glikoproteinning (AVSV1) substratlari emasligini ko'rsatadi.

Alohida guruh ayol pasientkalarning farmakokinetikasi

Shundan kelib chiqib, ulipristal atsetatining metabolizmi tsitoxrom R450 orqali bo'ladi, ulipristal atsetatining chiqarilishiga jigar etishmovchiligining ta'siri kutiladi, bu uning ekspozisiyasini oshishiga olib keladi. Jigar kasalligi bo'lgan pasientlarga Esmiya preparatini qo'llash mumkin emas.

Maxsus saqlash sharoitlari

Maxsus ogohlantirish va ehtiyotkorlik choralari

Ulipristal atsetati faqat sinchiklab tekshirishdan keyin buyuriladi. Davolashni boshlashdan oldin homiladorlikni istisno qilish kerak.

Kontratsepsiya

Noxush o'zaro ta'sirlar mumkinligi tufayli, faqat progestagen saqlovchi preparatlar, progestagen-rilizing tizimlari yoki majmuaviy peroral kontratseptivlarni yondosh qo'llash tavsiya qilinmaydi. Ulipristal atsetatining terapevtik dozalarini qabul qilayotgan ko'pchilik ayollarda garchi anovulyasiya kuzatilsa ham, davolash davomida qo'shimcha kontratsepsiyaning gormonal bo'lmagan usullarini ishlatish tavsiya qilinadi.

Endometriyni o'zgarishi

Ulipristal atsetati endometriyga spesifik farmakodinamik ta'sir ko'rsatadi. 

Ulipristal atsetatini qabul qilayotgan pasientlarda, endometriyning gistologik o'zgarishlari kuzatilishi mumkin. Bunday o'zgarishlar davolash tugatilganidan keyin qaytuvchandir.

Bu gistologik o'zgarishlar "progesteron reseptorlarining modulyatori (Raes) ni qabul qilish bilan bog'liq bo'lgan endometriydagi o'zgarishlar" sifatida belgilanadi va ular yanglishib endometriyning giperplaziyasi sifatida baholanmasligi kerak ("nojo'ya ta'sirlari" va "farmakodinamikasi" bo'limlariga qarang). 

Bundan tashqari, davolash davrida qaytuvchan endometriyning qalinligini oshishi aniqlanishi mumkin.

Takroriy davolash o'tkazish hollarida endometriy holatini vaqtivaqti bilan tekshirib turish tavsiya qilinadi. Bu davolashni to'xtatish davrida hayz ko'rish tiklanganidan keyin o'tkaziladigan har yilgi ultratovush yordamida tekshirishni o'z ichiga oladi. 

Agar davolash tugaganidan keyingi davrda hayz Ko'rishlar qayta tiklanganidan keyin yoki davolash kurslari tugaganidan keyin 3 oy o'tkach va/yoki qon ketishi xarakteri o'zgarishida ("qon ketishining xarakteri" ga qarang) endometriyning qalinligi saqlanib qolsa, boshqa kasalliklarni istisno qilish uchun, masalan endometriydagi xavfli o'sma, endometriy biopsiyani o'z ichiga olgan muvofiq tekshirishni o'tkazish kerak.

Giperplaziya hollarida (atipiyasiz) standart klinik amaliyot printsiplariga muvofiq monitoring (masalan, 3 oydan so'ngi nazoratli kuzatuv) o'tkazish tavsiya qilinadi. Atipik giperplaziya hollarida pasientni tekshirishni va kuzatishni standart klinik amaliyot printsiplariga muvofiq o'tkazish kerak. 

Har bir davolash kursining davomiyligi 3 oydan oshmasligi kerak, chunki davolash tanaffussiz amalga oshirilgan hollarda endometriyga noxush ta'sirini xavfi noma'lum.



Qon ketishining xarakteri

Pasientlar ulipristal atsetati bilan davolash, odatda davolashni birinchi 10 kuni davomida hayz ko'rish qon ketishi yoki amenoreyani ahamiyatli darajali pasayishiga olib kelishi xaqida xabardor qilingan bo'lishlari kerak. Haddan tashqari qon ketishlar saqlanganida pasient shifokorga murojaat qilish kerak. Odatda hayz ko'rish tsikli davolash kursi tugaganidan keyin 4 hafta davomida tiklanadi.

Bundan tashqari, takroriy davolash jarayonida qon ketishi jadalligini dastlabki kamayishidan keyin yoki amenoreya yuzaga kelganida qon ketishining o'zgargan turg'un yoki kutilmagan ko'rinishlarida (masalan, hayzlar orasida qon ketishi paydo bo'lishi) boshqa kasalliklarni (masalan, endometriydagi xavfli o'sma) istisno qilish uchun, endometriy biopsiyani o'z ichiga olgan muvofiq tekshirishni o'tkazish kerak.

Uzoq muddatli davolashning tekshirilgan maksimal davomiyligi 4 kurslik davolashni tashkil qiladi.

Buyrak etishmovchiligi

Buyrak etishmovchiligi ulipristal atsetatining chiqarilishiga ahamiyatli darajali ta'sir qiladi deb taxmin qilishga asos yo'q. Og'ir darajali buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda doimiy kuzatuvsiz ulipristal atsetatini qo'llash tavsiya qilinmaydi, chunki maxsus tadqiqotlar o'tkazilmagan.

Jigarni shikastlanishi

Postregistrasion qo'llanilishi vaqtida jigar shikastlanishi va jigar etishmovchiligi hollari qayd qilingan va bir nechta hollarda jigar transplantasiyasi o'tkazilgan ("qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar" bo'limiga qarang).

Davolashni boshlashdan oldin jigarning funktsional ko'rsatkichlarini tekshirish kerak. Agar transaminazalar faolligini (alaninaminotransferaza (Alt) yoki aspartataminotransferaza ast)) norma yuqori chegarasidan (NYUCH) 2 marta (alohida yoki bilirubin 2 x NYUCH miqdori yuqori bo'lishi bilan birga) yuqori bo'lsa preparatni qo'llash mumkin emas. Bo'lib-bo'lib o'tkaziladigan davolash kursida jigarning funktsional ko'rsatkichini davolashni birinchi ikkita kursi davomida xar oyda nazorat qilish kerak. Keyinchalik jigarning funktsional ko'rsatkichini davolash yangi kursini boshlashdan oldin va klinik ko'rsatmalarga qarab tekshiriladi. 

Agar pasientda jigar shikastlanishidan dalolat beruvchi simptomlar va belgilar (yuqori charchoqlik, asteniya, ko'ngil aynashi, qusish, o'ng qovurga ostida og'riq, anoreksiya, sariqlik) paydo bo'lsa, preparatni qabul qilishni to'xtatish, pasientni tezkorlik bilan tekshirish, shuningdek jigarning funktsional ko'rsatkichini aniqlash kerak.

Davolash vaqtida transaminazalar faolligi (Alt va ast) normasi yuqori chegarasidan 

3 marta yuqori bo'lsa, pasientlar preparatni qabul qilishni to'xtatib sinchkov nazorat ostida bo'lishlari kerak.

Preparatni qabul qilishni to'xtatilganidan 2-4 haftadan keyin jigarning funktsional ko'rsatkichlarini qo'shimcha nazorat qilish kerak.

Yondosh davolash

Ulipristal atsetati va CYP3A4 izofermentining o'rtacha ingibitorlarini (masalan, eritromisin, greypfrut sharbati, verapamil) yoki kuchli ingibitorlarini (masalan, ketokonazol, ritonavir, nefazodon, Itrakonazol, telitromisin, klaritromisin) birga qo'llash tavsiya qilinmaydi.

Ulipristal atsetati va CYP3A4 izofermentining kuchli induktorlarini (masalan, rifampisin, rifabutin, karbamazepin, okskarbazepin, fenitoin, fosfenitoin, fenobarbital, primidon, teshik dalachoy preparatlari, efavirenz, nevirapin,ritonavir – uzoq muddat qo'llash fonida) birga qo'llash tavsiya qilinmaydi.

Bronxial astma

Peroral glyukokortikoidlar bilan muvofiqlashtirishga berilmaydigan bronxial astmaning og'ir shakli bo'lgan ayollarda preparatni qo'llash tavsiya qilinmaydi.


Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi

Homiladorlik

Ulipristal atsetatini homiladorlikda qo'llash mumkin emas.

Ulipristal atsetatini homiladorlikda qo'llash bo'yicha ma'lumotlar yo'q yoki cheklangan. Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlar davomida teratogen potentsiali aniqlanmaganligiga qaramasdan, reproduktiv toksikligi bo'yicha ma'lumotlar etarli emas.

Emizish davri

Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda ulipristal atsetatini ko'krak suti bilan chiqarilishi ko'rsatilgan. Ulipristal atsetat ko'krak sutiga o'tadi. Chaqaloqlarga/kichik yoshdagi bolalarga preparatning ta'siri o'rganilmagan. Chaqaloqlarga/kichik yoshdagi bolalar uchun xavfni istisno qilib bo'lmaydi. Ulipristal atsetatini emizish davrida qo'llash mumkin emas.

Fertillik

Ulipristal atsetatini terapevtik dozalarda qabul qilayotgan ko'pchilik ayollarda anovulyasiya kuzatilgan. Lekin ulipristal atsetati davomli qo'llanganida fertillik o'rganilmagan.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri

Ulipristal atsetati avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga minimal ta'sir ko'rsatishi mumkin, chunki ulipristal atsetati qabul qilinganidan keyin engil bosh aylanishi kuzatilishi mumkin.

Qo'llanilishi

Ulipristal atsetati katta ayollarda bachadon miomasining o'rtacha va yaqqol darajadagi simptomlarini menopauza boshlanishidan oldin embolizasiya va/yoki jarrohlik davolashni qo'llash mumkin bo'lmaganda yoki samarasiz hollarda bachadon miomasini davolash uchun qo'llaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

ulipristal atsetati yoki har qanday yordamchi moddalaridan biriga o'ta yuqori sezuvchanlik;

- homiladorlik va emizish davri;

- qindan noma'lum etiologiyali yoki bachadon miomasi bilan bog'liq bo'lmagan sabablar bo'yicha qon ketishlar;

- bachadon, bachadon bo'yni, tuxumdonlar yoki sut bezining rakida;

- jigar kasalliklari bo'lganida qo'llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: buyrak etishmovchiligi, bronxial astma.

Ta'rifi

dumaloq, ikki yoqlama qavariq, oq yoki deyarli oq rangli, bir tomonida "ES5" gravirovkasi bo'lgan tabletkalar.

Dozirovkasi

Esmiya preparati bilan davolashni boshlash va qo'llash bachadon miomasini davolash va diagnostika tajribasiga ega shifokor nazoratida o'tkazish kerak.


Har biri 3 oydan ko'p bo'lmagan davomiylikdagi kurslarda kuniga 1 marta 5 mg bir tabletkadan ichga qabul qilinadi. Tabletkalarni ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar qabul qilish mumkin. 

Davolashni xayz ko'rish tsiklining birinchi haftasi davomida boshlash kerak:

davolashning birinchi kursini xayz ko'rish tsiklining birinchi haftasi davomida boshlash kerak;

takroriy davolash kursini davolashning birinchi kursi tugaganidan keyin hayz ko'rishning ikkinchi tsiklining birinchi haftasida iloji boricha boshlash kerak.

Davolovchi shifokor pasientga preparatni qo'llashdagi tanaffuslar haqida tushuncha berishi kerak.  

Uzoq muddatli davolashning tekshirilgan davomiyligi 4 kurslik davolashni tashkil qiladi. 

Doza o'tkazib yuborilgan holda ulipristal atsetati tabletkasini iloji boricha tezroq qabul qilish kerak. Agar qabul qilish 12 soatdan ko'proqqa o'tkazib yuborilgan bo'lsa, unda o'tkazib yuborilgan doza qabul qilinmaydi va odatdagi qabul qilish tartibini qayta tiklash kerak.

Ayol pasientlarning alohida guruhlari

Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan ayol pasientlar

Engil yoki o'rtacha darajali buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Og'ir darajali buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda, doimiy kuzatishning iloji bo'lmaganida, ulipristal atsetatini qo'llash tavsiya qilinmayli ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).

Bolalar

Ulipristal atsetatini bolalarda muvofiq ko'rsatmalar bo'yicha qo'llash ko'zda tutilmagan. Ulipristal atsetatining xavfsizligi va samaradorligi faqat 18 yoshdan oshgan ayollar uchun aniqlangan.

Dozani oshirib yuborilishi

Ulipristal atsetatining dozasini oshirib yuborilishi bo'yicha ma'lumotlar cheklangan.

200 mg gacha bir martalik dozalar va 10 kun davomidagi 50 mg har kungi dozalar, ko'ngillilarning cheklangan soniga buyurilgan, bunda og'ir darajali yoki jiddiy noxush reaktsiyalar aniqlanmagan.

ESMIYA tabletkalari 5mg N28 boshqa chiqarish shakllari

ESMIYA tabletkalari 5mg N84
Retseptli
ESMIYA tabletkalari 5mg N84
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Gedeon Richter PLC

ESMIYA tabletkalari 5mg N28 analoglari

ESMIYA tabletkalari 5mg N84
Retseptli
ESMIYA tabletkalari 5mg N84
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Gedeon Richter PLC

ESMIYA tabletkalari 5mg N28 savollari

ESMIYA tabletkalari 5mg N28 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil