11 000 s`om dan
Dorixonalardan izlash13 300 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish12 000 s`om dan
Bron qilishQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
PARASETAMOL
PARACETAMOL
Preparatning savdo nomi: Parasetamol
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): parasetamol
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: parasetamol – 200 mg yoki 500 mg;
yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali – 9,2 mg yoki 23,0 mg, stearin kislotasi – 1,7 mg yoki 4,3 mg, saxaroza (qand) – 8,0 mg yoki 20,0 mg, jelatin – 1,1 mg yoki 2,7 mg.
Ta‘rifi: yassi silindrik shaklli, faskali va riskali, oqdan och-sariq tusli oq ranggacha bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: analgezasiyalovchi nonarkotik vosita.
ATX kodi: N02BE01.
Farmakologik xususiyatlari
Parasetamol og‘riq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta‘sirlarga ega. Preparat og‘riq va termoregulyasiya markazlariga ta‘sir ko‘rsatib, asosan markaziy nerv tizimida siklooksigenaza I va II ni bloklaydi. Yallig‘langan to‘qimalarda xujayra peroksidazalari parasetamolning siklooksigenazaga ta‘sirini neytrallaydi, bu undan yallig‘lanishga qarshi samarasi deyarli butunlay yo‘qligini tushuntiradi. Preparat periferik to‘qimalarda prostaglandinlar sinteziga yo‘qligi tufayli, suv-tuz almashinuviga (natriy va suvni tutilishi) va me‘da-ichak yo‘llarining shilliq qavatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Metgemoglobin hosil bo‘lishi ehtimoli kam.
Qo‘llanilishi
O‘rtacha yoki kuchsiz yaqqollikdagi og‘riq sindromi (bosh, tish, migrenoz og‘riq, nevralgiya, mialgiya).
Shamollash va boshqa infeksion-yallig‘lanish kasalliklarida tana haroratini oshishida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ko‘p miqdordagi suyuqlik bilan 0,5 g–1 g dan sutkada 2-3 marta kamida 4 soatlik interval bilan ichga qabul qilinadi. Kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalar uchun maksimal bir martalik dozasi 1 g, sutkalik dozasi – 4 g ni tashkil qiladi. Jigar yoki buyrak funksiyasini buzilishi, Jilber sindromi bo‘lgan pasientlarda va keksa bemorlarda preparatni qabul qilish orasidagi interval kamida 8 soatni tashkil qilishi va sutkalik doza kamaytirilishi kerak.
Bolalarga tana vazniga 10-15 mg/kg dan sutkada 3-4 marta (ko‘pi bilan 3 kun) buyuriladi.
Og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida buyurilganda qabul qilish davomiyligi 5 kun va isitmani tushiruvchi vosita sifatida buyurilganda 3 kundan oshmasligi kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ehtiyotkorlik bilan – buyrak va jigar yetishmovchiligi, xavfsiz bilirubinemiyalar (shu jumladan Jilber sindromi, virusli gepatit, jigarni alkogolli shikastlanishlari), alkogolizm, homiladorlik, laktasiya davri, keksalar, glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Jigar mikrosomal oksidlanish stimulyatorlari (fenitoin, etanol, barbituratlar, rifampisin, fenilbutazon, trisiklik antidepressantlar) gidroksilizasiyaga uchragan faol metabolitlarini hosil bo‘lishini oshiradi, bu dozani biroz oshirib yuborilganda og‘ir intoksikasiya rivojlanishiga olib keladi. Etanol o‘tkir pankreatit rivojlanishiga olib keladi. Mikrosomal oksidlanish ingibitorlari (shu jumladan simetidin) gepatotoksik ta‘sir xavfini kamaytiradi.
Urikozurik preparatlarning samaradorligini kamaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Jigar va buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan bemorlarda, boshqa yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi vositalar, shuningdek antikoagulyantlar va markaziy nerv tizimiga ta‘sir ko‘rsatuvchi preparatlar bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan va shifokor nazorati ostida qo‘llanadi. Metoklpramid, domperidon yoki xolestiraminni qabul qilganda ham shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Plazmada siydik kislotasini miqdoriy aniqlaganda laborator tekshiruv natijalarini o‘zgartiradi.
Jigarni toksik shikastlanishidan saqlanish uchun parasetamolni alkogolli ichimliklar bilan birga, shuningdek alkogolni surunkali iste‘mol qilishga moyilligi bo‘lgan shaxslar tomonidan qabul qilinmasligi kerak.
Alkogolli gepatozi bo‘lgan bemorlarda jigarni shikastlanishi xavfi oshadi.
Preparatni uzoq vaqt qo‘llaganda periferik qon manzarasi va jigarning funksional holatini nazorat qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: teri qoplamalarini oqarishi, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish: gepatonekroz (nekrozning yaqqolligi dozani oshirib yuborilishining darajasiga bevosita bog‘liq). Kattalarda preparatning toksik ta‘siri parasetamol 10-15 g dan ortiq qabul qilgandan keyin kuzatilishi mumkin: “jigar” transaminazalari faolligini oshishi, protrombin vaqtini uzayishi, jigar shikastlanishining yaqqol klinik manzarasi 1-6 kundan keyin namoyon bo‘ladi. Kam hollarda jigar funksiyasini buzilishi yashin tezligida rivojlanadi va buyrak yetishmovchiligi (tubulyar nekroz) bilan asoratlanishi mumkin.
Davolash: preparatni qabul qilishni to‘xtatish, me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish. Keyingi davolash choralarini davolash muassasi sharoitida olib borish kerak: dozani oshirib yuborilgandan keyin 8-9 soat o‘tgach SH-guruhi donatorlari va glutation-metionin sintezi o‘tmishdoshlarini, 12 soat o‘tgach – N-asetilsisteinni yuborish. Qo‘shimcha davolash choralarini (metioninni keyingi yuborishlari, N-asetilsisteinni vena ichiga yuborish) zarurati qonda parasetamolning konsentrasiyasi, shuningdek uni qo‘llangandan keyin o‘tgan vaqtga bog‘liq.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar 200 mg va 500 mg.
10 tabletkadan polivinilxlorid plyonkali va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda.
10 tabletkadan qog‘oz asosidagi majmuaviy qadoqlovchi materialli kontur uyasiz o‘ramda.
1000 kontur uyali o‘ram yoki 600 kontur uyasiz o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.