Preparatga nojo‘ya reaktsiyalar kamayish tartibida quyidagi gradatsiyada tez-tezligi ko‘rsatilgan: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100, <1/10); tez-tez emas (≥1/1000, <1/100); kam xollarda (≥10000, <1/1000); juda kam xollarda (<1/10000), tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi).
Qon va limfatik tizimi tomonidan: juda kam xollarda – trombotsitopeniya, leykopeniya, anemiya (shu jumladan gemolitik va aplastik anemiya), agranulotsitoz.
Immun tizim tomonidan: kam xollarda – o‘ta yuqori sezuvchanlik, anafilaktik va anafilaktoid reaktsiyalar (shu jumladan gipotenziya va shok); juda kam xollarda – angionevrotik shish.
Ruhiy buzilishlar: juda kam xollarda – dezoriyentatsiya, depressiya, uyqusizlik, tungi dahshatlar, ta'sirchanlik va boshqa ruhiy buzilishlar.
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi; kam xollarda – uyquchanlik, toliqish; juda kam xollarda – paresteziya, xotirani buzilishi, tirishishlar, xavotirlik, tremor, aseptik meningit, ta'm bilishni buzilishi, insulьt, tez-tezligi noma'lum – ongni chalkashishi, gallyutsinatsiyalar, sezuvchanlikni buzilishi, umumiy lohaslik.
Ko‘rish a'zosi tomonidan: juda kam xollarda – ko‘rishni buzilishi, ko‘rishni xiralashishi, diplopiya; tez-tezligi noma'lum – ko‘ruv nervi nevriti.
Eshitish a'zosi va labirint tomonidan: tez-tez – vertigo; juda kam xollarda – quloqlarda shang‘illash, eshitishni buzilishi.
Yurak tomonidan: juda kam xollarda – yurak urishini his qilish, ko‘krakda og‘riq, yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti.
Qon tomir tizimi tomonidan: juda kam xollarda – arterial gipertenziya, arterial gipotenziya, vaskulit.
Respirator, torakal va mediastinal buzilishlar: kam xollarda – astma (shu jumladan dispnoe); juda kam xollarda – pnevmonit.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya, qorindagi og‘riq, meteorizm, anoreksiya; kam xollarda – gastrit, ichak qon ketishlari, qon aralash qusish, gemorragik diareya, melena, qon ketishi yoki perforatsiya bilan yoki u siz me'da yoki ichak yarasi; juda kam xollarda – kolit (shu jumladan gemorragik kolit, yarali kolit yoki Kron kasalligini zo‘rayishi), qabziyat, stomatit (shu jumladan yarali stomatit), glossit, qizilo‘ngach tomonidan buzilishlar, ichakning membranali strikturalari, pankreatit.
Gepatobiliar buzilishlar: tez-tez –transaminazalar darajasini oshishi, kam xollarda – gepatit, sariqlik, jigar funktsiyasini buzilishi; juda kam xollarda – yashin tezligidagi gepatit, gepatonekroz, jigar yetishmovchiligi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: tez-tez – toshma; kam xollarda – eshakemi; juda kam xollarda – bullyoz toshma, ekzema, eritema, ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), eksfoliativ dermatit, sochlarni to‘kilishi, fotosezuvchanlik reaktsiyalari, purpura, allergik purpura, qichishish.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan: juda kam xollarda –o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, gematuriya, proteinuriya, nefrotik sindrom, interstitsial nefrit, buyrak papillyar nekrozi.
Umumiy buzilishlar va preparatni yuborish joyidagi buzilishlar: tez-tez – in'ektsiya joyida reaktsiya, og‘riq, zichlashish; kam xollarda – in'ektsiya joyida shish, nekroz, juda kam xollarda – in'ektsiya joyida abstsess.
Reproduktiv tizimi tomonidan: juda kam xollarda – impotentsiya.
Klinik tadqiqotlar ma'lumotlari va epidemiologik ma'lumotlar diklofenakni qo‘llash bilan bog‘liq, xususan yuqori terapevtik dozalarda (sutkada 150 mg) va uzoq vaqt qo‘llaganda trombotik asoratlar (masalan miokard infarkti yoki insulьt) ning yuqori xavfidan dalolat beradi.