×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Nimesulid ATM

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Нимесулид
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- M01AX17 Нимесулид
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KETOROL tabletkalari 10mg N20 Dr.Reddy's Laboratories Limited Hindiston
15 000 s`om dan
MIG 400 tabletkalari 400mg N10 Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH Germaniya
21 500 s`om dan
IBUKLIN LEDI tabletkalari 400mg+80mg N10 Dr.Reddy’s Laboratories Ltd. Hindiston
30 335 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Nimesulid ATM qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NIMESULID

NIMESULIDE

Preparatning savdo nomi: Nimesulid

Ta‘sir etuvi modda (XNP): Nimesulid

Dori shakli: Suspenziya tayyorlash uchun kukun.

Tarkibi:

faol modda: Nimesulid – 100 mg.

yordamchi moddalar: saxaroza, qand-rafinad, maltodekstrin, ovqat xushbo‘yi, limon kislotasi, makrogolsetostearil efiri.

Ta‘rifi: Oqdan to sariq tusli oq rangligacha bo‘lgan, maxsus xushbo‘y xidli, shirin ta‘mli kukun.

Farmakoterapevtik guruxi: Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar.

Farmakologik xususiyatlari

Nimesulid – metansulfonanilidlar guruhi nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositasi (NYAQV), yaqqol yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Terapevtik samarasi uning araxidon kislotasining metabolizmiga ta‘siri va yallig‘lanish o‘chog‘ida prostaglandinlarni biosintezini, SOG ni ingibirlash yo‘li orqali pasayishi bilan bog‘liq. SOG-2 ga selektiv ta‘siri hisobiga, preparat me‘da shilliq qavatida sitoprotektor samaraga ega bo‘lgan prostaglandinlar sintezini buzmaydi, bu nojo‘ya samaralarining rivojlanishi xavfini pasaytiradi. Bundan tashqari, preparat gemostazga va fagositozga ta‘sir qilmasdan, lipidlarning perekisli oksidlanishini susaytiradi, shuningdek neytrofil granulositlar tomonidan superoksid anionlarning hosil bo‘lishini kamaytiradi va yallig‘lanishda hosil bo‘ladigan erkin radikallarning hosil bo‘lishini susaytiradi.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganidan keyin me‘da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Qon plazmasida maksimal konsentrasiyasiga (Smax) 1-2 soatdan keyin erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 95%. Yarim chiqarilish davri (T1/2) 2-3 soatni, ta‘sir davomiyligi esa, taxminan 6-8 soatni tashkil qiladi. Jigarda to‘qima monooksigenazalari tomonidan biotransformasiyalanadi. Asosiy metaboliti bo‘lib farmakologik faol gidroksinimesulid hisoblanadi. Preparatning taxminan 98% organizmdan asosan buyraklar orqali 24 soat davomida chiqariladi. Uzoq muddat qo‘llanganida organizmda to‘planmaydi.

Qo‘llanilishi

Revmatoid artrit, osteoartrit, osteartroz, sinovit, bursit, tendinit, tendovaginit, spondiloartrit, Bexterov kasalligi, og‘riqlar (shu jumladan bosh, tish, operasiyadan keyingi va jarohatlardan keyingi og‘riqlar), isitma sindromi (infeksion- yallig‘lanish, ginekologik, urologik va tomirli kasalliklaridagi). Shuningdek yumshoq to‘qimalarni va tayanch harakat apparatini travmatik yallig‘lanish, nevralgiya, mialgiya, algodismenoreyada qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozasi

Preparatni kattalarga ichga ovqatdan keyin buyuriladi. Paketchaning ichidagisi bir stakan suvda eritiladi. O‘rtacha bir martalik doza 100 mg sutkada 2 martani tashkil qiladi. Keksa pasientlarda preparatning dozasi shaxsiy tanlanadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatni odatda yaxshi o‘zlashtiriladi, ammo davolash kursining boshida yoki katta dozalarda quyidagi buzilishlar kuzatilishi mumkin.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: kam – bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, ensefalopatiya, (Reye sindromi), qo‘rquv hissi, asabiylik, dahshatli tush ko‘rishlar. Doza kamaytirilganida va keyinchalik doza yanada ehtiyotkorlik bilan oshirilganida bu holatlar o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi.

Me‘da-ichak yo‘llarining a‘zolari tomonidan: kam – diareya, ko‘ngil aynishi, qusish; ba‘zida – qabziyat, meteorizm, gastrit; juda kam – dispepsiya, moysimon axlat, me‘da-ichakdan qon ketishlar, me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yarasi va perforasiya.

Nafas a‘zolari tomonidan: kam- hansirash, bronxospazm.

Yurak-tomir tizimi tomonidan: kam- taxikardiya, gipertenziya, gemorragiya.

Sezgi a‘zolari tomonidan: juda kam-ko‘rishni buzilishi.

Teri qoplamalari tomonidan: giperergik reaksiyalar (qichishish, terini qizarishi, teri toshmasi), terlash, kam-eritema, dermatit, juda kam-eshakemi, yuzni shishi, Stivens-Djonson sindromi, angionevrotik shish.

Jigar va o‘t-safro chiqarish tizimi tomonidan: kam-gepatit, sariqlik, xolestaz, jigar fermentlarining ko‘rsatkichlarini oshishi mumkin.

Buyraklar va siydik-chiqarish tizimi tomonidan: kam-dizuriya, gematuriya, siydikni tutilishi, juda kam-buyrak yetishmovchiligi, oliguriya, interstisial nefrit.

Qon yaratish tizimi tomonidan: kam- anemiya, eozinofiliya, juda kam-trombositopeniya, pansitopeniya, purpura.

Preparatning barcha nojo‘ya samaralari to‘g‘risida shifokorga xabar qilish lozim.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • O‘ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan preparatning har qanday komponentiga, asetilsalisil kislotasiga yoki boshqa NYAQV larga);
  • O‘tkir me‘da-ichak qon ketishlari;
  • Me‘da yoki o‘n ikki barmoq ichakning zo‘rayishi bosqichidagi yara kasalligi;
  • Bosh miyaga qon quyilishlari;
  • Aspirinli astma;
  • Buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi (KK) 30 ml/mindan kam);
  • Qon ivishini og‘ir buzilishlari;
  • Jigar yetishmovchiligi;
  • 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
  • Homiladorlik;
  • Laktasiya davri (ko‘krak bilan emizish);

Extiyotkorlik bilan: arterial gipertenziya, yurak yetishmovchiligi, II tur qandli diabet.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparatni ko‘pchilik dori vositalarini plazma oqsillari bilan bog‘lanish joyidan siqib chiqarishi va qonda erkin fraksiyalarni oshishi oqibatida ularning samaradorligi va toksikligini oshirishi mumkin (muntazam shifokor nazorati kerak).

Preparat bilan bir vaqtda qo‘llanganida qon ivishini kamaytiruvchi dori vositalarining samaralari kuchayadi, bunda litiyning qon plazmasidagi konsentrasiyasini oshishi kuzatiladi.

Preparatni qo‘llash furosemidning ta‘sirini pasaytirishi mumkin. Shuningdek metotreksat qabul qilinganida nojo‘ya ta‘sirlarni yuz berishi extimolini oshishi kuzatilishi mumkin.

Nimesulidni plazma oqsillari bilan yuqori darajasida bog‘lanishi tufayli, bir vaqtda gidantoin va sulfanilamidlar bilan davolanayotgan pasientlar, qisqa vaqt oralig‘ida tekshirishdan o‘tgan holda shifokorning kuzatuvi ostida bo‘lishlari kerak.

Preparat siklosporinning nefrotoksik ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Keksa yoshdagi pasientlarda, yurak-tomir kasalliklarida, shu jumladan arterial gipertenziyada, qon ketishga moyillikda, me‘da-ichak yo‘llarining yuqori bo‘limini buzilishlarida, buyraklar faoliyatining buzilishlarida (dozani kamaytirish tavsiya qilinadi), antikoagulyantlar va antiagregantlar bilan davolash fonida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Ko‘rishni buzilishi paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni darhol to‘htatish va okulistga murojaat qilish lozim. Uzoq muddat qo‘llanganida jigar va buyraklarning faoliyatini muntazam nazorat qilish kerak.

Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar va past kaloriyali parhezga rioya qiladigan pasientlar preparatning tarkibiga saxaroza kirishini hisobga olishlari kerak.

Transport vositalarini haydovchilari va kasbi diqqatni yuqori jamlash bilan bog‘liq odamlarda ishlash vaqtida extiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Belgilari: apatiya, letargiya, uyquchanlik, ko‘ngil aynishi, qusish (odatda bemorlarga tutib turuvchi parvarish ko‘rsatilganda qaytuvchi), epigastriya sohasida og‘riqlar, me‘da-ichak qon ketishlari, arterial gipertenziya, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, nafasni susayishi, anafilaktik reaksiyalar, koma.

Davolash: maxsus antidoti yo‘q. Agarda dozani oshirib yuborilishi ohirgi 4 soat davomida yuz bergan bo‘lsa, qusishni chaqirish, faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish (katta odam uchun 60-100 g), osmotik surgilarni qo‘llash kerak. Jadallangan diurez, gemodializ preparatni oqsillar bilan yuqori bog‘lanishi tufayli samarasiz. Simptomatik va tutib turuvchi davolash o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

Oral eritmani tayyorlash uchun kukun 2 g dan qog‘oz paketchalarda.

Paketlar 5-10 ta qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Nimesulid ATM dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Nimesulid ATM dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Nimesulid ATM dori vositasi ATM-Pharm tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Nimesulid ATM dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Nimesulid ATM dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
EMERON gel 50g 2%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Makedoniya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: REPLEK FARM Ltd. Skopje, Македония.
  • Vakil: VEGAPHARM
Narh: 63 400 so'mdan Batafsil
Avisil granulalari 100 mg N30
EMETRON tabletkalari 100 mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Makedoniya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Vegapharm LLP., Великобритания произведено: Replek Farm Ltd. Skopje
  • Vakil: VEGAPHARM
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
NIMID tabletkalari 100mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 78 176 so'mdan Batafsil
NIMESIL granuli 100mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Laboratori Guidotti S.p.A. (Menarini Group), Италия произведено: Fine Foods Pharmaceuticals N.T.M. S.p.A.
Narh: 99 400 so'mdan Batafsil
NIMESIL granuli 100mg N15
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Laboratori Guidotti S.p.A. (Menarini Group), Италия произведено: Fine Foods Pharmaceuticals N.T.M. S.p.A.
NIMESIL granuli 100mg N9
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Laboratori Guidotti S.p.A. (Menarini Group), Италия произведено: Fine Foods Pharmaceuticals N.T.M. S.p.A.
NIMESIL granuli 2g N9
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Laboratori Guidotti S.p.A (Menarini Group) Италия производитель: Laboratorios Menarini S.A.Испания
NIMESIL granuli 100mg N15
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Laboratori Guidotti S.p.A (Menarini Group) Италия производитель: Laboratorios Menarini S.A.Испания
NIMELID granuli 100mg 100 mg/2 g N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: S.C.Rompharm Company S.R.L.
NAYZ gel 20g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Ltd
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
NOVIRUS granuli 2,0g N10
NIMESUL poroshok 100mg 100 mg/2 g N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dentafill Plyus, ООО
NIMESULID poroshok 100mg 100 mg/2 g N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, НПП
NIMESIM tabletkalari 100mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Samarkand England Ecomedical, СП, ООО (упаков.) East African (India) Overseas, Индия (произ.)
APONIL tabletkalari 100mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Kipr
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medochemie Ltd
FRENAG gel 30g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Helba Pharmaceuticals Inc. Co., Турция произведено: Merkez Laboratory Pharmaceutical and Trade Co.
PROLID tabletkalari 100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Protech Biosystems Pvt. Ltd
NIMID gel 30 g 10 mg/g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
NIMESULID ATM granuli 2g N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ATM Pharm, OOO
NIMELID granuli 100mg 100 mg/2 g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: S.C.Rompharm Company S.R.L.
SUARON tabletkalari 100mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
SUARON poroshok 100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
Narh: 23 000 so'mdan Batafsil
NIMID tabletkalari 100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 7 000 so'mdan Batafsil
NIMID granuli 2g N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
NIMESIL granuli 100mg N9
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Laboratori Guidotti S.p.A (Menarini Group) Италия производитель: Laboratorios Menarini S.A.Испания
NAYZ tabletkalari 100mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Ltd
Narh: 31 400 so'mdan Batafsil
NIMESAN tabletkalari 100mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Шрея Лайф Саенсиз Пвт Лтд
Narh: 15 060 so'mdan Batafsil
NIMULID 0,1 tabletkalari 0,1g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Панацея Биотек Лтд
Ishlab chiqaruvchining dorilari
AZASIN kapsulalar 500mg N3
NIFUROKSAZID ATM kapsulalar 200mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: ATM-Pharm
Narh: 20 500 so'mdan Batafsil
AZASIN kapsulalar 250mg N6
ASSEIN poroshok 600mg N20
ASSEIN poroshok 200mg N20
FLUOKSETIN ATM kapsulalar 20mg N20
OMEPRAZOL ATM kapsulalar 20mg N30
FLUKONAZOL ATM kapsulalar 150mg N1
FLUKONAZOL ATM kapsulalar 50mg N7
LOPERAM kapsulalar 2mg N10
Другие формы препарата
NIMESULID 0,1 tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Изварино Фарма,ООО
NIMESULID 0,1 tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Makedoniya / Rossiya
  • Faol modda: Нимесулид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Реплек Фарм ООО Скопье/Березовский фармацевтически
Nimesulid ATM
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9